Innovation in Hydraulic and Civil Engineering (IHCE) xalqaro ilmiy jurnali nufuzli bazalarda muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganini e’lon qilamiz.

09.08.2025

📈 Universitetimizda CONMECHYDRO konferensiya bazasida tashkil etilgan Innovation in Hydraulic and Civil Engineering (IHCE) xalqaro ilmiy jurnal birinchi bo‘lib, Rossiya Federatsiyasi ilmiy nashrlarning elektron kutubxonasi [eLIBRARY.ru] hamda Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi [РИНЦ] kabi nufuzli bazalarda muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganini e’lon qilamiz.

🔼Hozirda, ushbu ilmiy jurnalni yaqin yillarda SCOPUS bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tashkilotchilar va xalqaro ilmiy qo‘mita a’zolari ish olib borishmoqda. Albatta bu maqsadga erishishda Siz Aziz Mualliflarning yordami bizga juda ham zarur. 

📑 Innovation in Hydraulic and Civil Engineering (IHCE) xalqaro ilmiy jurnal Q1 maqolalarga qo‘yiladigan talab darajasida ingliz tilida yozilgan maqolalarni bepul nashr etadi. 

✔️ Belgilangan talablarga javob bergan maqolalar jurnal saytida 1 oy kalendar kunida onlayn tarzda chop etiladi va mualliflarga sertifikat taqdim etiladi. 

Hurmatli mualliflar, ushbu imkoniyatni o‘tkazib yubormang !!!

Batafsil: https://ice.org.uz/index.php/ojs