Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi tanlovi
06.08.2025
❗️ “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi”ga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
✅ Stipendiya suv xo‘jaligi sohasiga kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot ishlarida faol, texnik va ixtirochilik qobiliyatiga ega bo‘lgan, fan olimpiadalari g‘oliblari, turli tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallagan hamda ta’lim muassasasi ijtimoiy faoliyatida ishtirok etib o‘zlarini namoyon etgan 3 va 4-bosqich talabalarida 4 nafardan, jami 8 nafar eng munosib bakalavriat talabalariga bir yil davomida beriladi.
✅ Stipendiyaning bir oylik miqdori O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan iborat.
Vazir stipendiyasi tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:
- – a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
- – sohaga oid konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
- – O‘zbekiston tarixi haqida bilimlarga ega bo‘lish;
- – davlat tilini va kamida bitta xorijiy tilni bilish;
- – o‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishiga mos mavzuda kamida ikkita e’lon qilingan ishlari (maqola, tezis yoki asarlar)ning mavjudligi.
✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun stipendiyaga talabgorlarning hujjatlari joriy yilning 15- avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
Vazir stipendiyasi sovrindori bo‘lgan talabalar o‘qishi davrida o‘quv va ilmiy amaliyotlari hamda stajirovkalarini Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarida o‘taydilar, shuningdek xo‘jalik shartnomalarida mehnat faoliyatini olib boradilar.
✅ Sovrindor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatgandan so‘ng Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarida kamida 2 yil mobaynida ishlash majburiyatini oladilar. Bunda, stipendiya sovrindori bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatgandan so‘ng Suv xo‘jaligi vazirligi tizimlariga istiqbolli yosh kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda ushbu talabalarga vazirlik tizimlariga ishga qabul qilishdagi tanlovlarda ustuvorlik beriladi.