Talabalarining 20 mln 600 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi
06.08.2025
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida tahsil olayotgan talabalarning to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (20.600.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘mga oshirildi.
Faqat quyidagi toifiga kiradigan talabalarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi:
- ➖ Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
- ➖ Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
- ➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
- ➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
- ➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlagan o‘quvchi-talaba;
- ➖ Oila a’zolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
- ➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
- ➖ Oilasi kam ta’minlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
✔️ Bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida
✔️ Magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlarga to‘lab beriladi.
❌ Quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:
- ➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
- ➖ qo‘shma ta’lim dasturlari;
- ➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ariza berish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilish, yoshlardaftari.uz sayti orqali onlayn ariza yoki 1093 raqami orqali bog‘lanish mumkin.