IPhO 2025: Maktabimizdan navbatdagi xalqaro g‘alaba!

24.07.2025

📍Parij, Fransiya

➡️55-marotaba o‘tkazilayotgan Nufuzli ilmiy bellashuvda dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan eng iqtidorli yosh fiziklar qatnashib, Terma jamoamiz a’zolari 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi! 

G‘oliblarimiz bilan tanishing:

  • 🥉Elbek Uroqov - 😁“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - Bronza medal
  • 🥉Nozimjon Shavkatjonov - Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanidagi 1-IDUMning o‘quvchisi - Bronza medal

Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi: 

3-o‘rin uchun:

➖ o‘quvchilarga — 375 mln so‘m (1 ming baravar).

✅Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO) — bu nafaqat murakkab nazariy va eksperimental masalalarni yechish, balki xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashish, yoshlar o‘rtasida fan orqali do‘stlik rishtalarini mustahkamlash imkoniyatidir.

🏅Ushbu yutuq yurtimiz iqtidorli o‘quvchilari uchun yangi marralarga yo‘l ochadi va xalqaro miqyosdagi keyingi g‘alabalarga zamin yaratadi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!