Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi

21.07.2025

Prezidentning tegishli farmoyishiga (PF–43-son, 18.07.2025 y.) binoan, 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • ▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
  • ▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
  • ▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
  • ▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • ▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
  • ▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
  • ▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
  • ▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

📝 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.