“Perevod” uchun pul to‘lanadimi?
21.07.2025
Bunda 2 xil qoida bor:
- Agar “tashqi perevod” bo‘lsa, ya’ni xorijdan yoki o‘zimizdagi nodavlat oliygohlardan davlat oliygohiga ko‘chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 187 ming 500 so‘m miqdorida to‘lov qilinadi, chunki ular testga kiradi;
- Agar “ichki perevod” bo‘lsa, ya’ni bir davlat oliygohidan boshqa bir davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsa, unda hech qanday to‘lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.
Yana ham oson tushunish uchun:
✅ my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to‘lov qilinadi;
❌ transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to‘lov qilinmaydi.
Chunki:
Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz orqali;
Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.
❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo‘q