Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qabul qilish uchun “Olima ayollar” tanlovi e’lon qilinmoqda.

27.03.2025

  Tanlov Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonining 5.2-bandiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlari doirasida tashkil etilmoqda.

  Tanlov doirasida ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ilmiy loyihalar fan yo‘nalishari kesimida ajratiladigan kvotalar asosida saralab olinadi.

  Mazkur tanlov ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

  Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 20-martdan 20-aprelga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

  Ushub E’lon qilingan tanlov bo‘yicha 2 aprel 2025 yil soat 14:00 da VEBINAR tashkil qilinmoqda. Barcha Olima ayollarni ushbu vebinarga taklif etamiz.

  O‘tkazish joyi: B-bino "Turon bank" xonasi..