She’riyat va adabiyotga qiziquvchi talabalar diqqatiga
12.02.2025
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi
stipendiya uchun tanlov e’lon qilindi.
Mazkur tanlovda universitetimizning 1,2,3
bosqich talabalari, shuningdek 1-bosqich magistrantlari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovga hujjatlar joriy yilning 25-aprel sanasiga qadar fakultetning
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga yig‘ma jild shaklida
taqdim qilinishi lozim.
Imkoniyat doim o‘z vaqtida beriladi, undan
o‘z vaqtida foydalana olish esa faqatgina o‘zingizga bog‘liq.
“ABDULLA ORIPOV” NOMIDAGI MAXSUS STIPENDIYA TO`G`RISIDAGI
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari universiteti” milliy tadqiqot universiteti (Keyingi o`rinlarda
- universitet)ning talabalariga “Abdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiya (keyingi
o`rinlarda — maxsus stipendiya) tayinlash va to`lash, shuningdek, “Abdulla Oripov” nomidagi ko`krak nishoni (keyingi o`rinlarda — ko`krak nishoni) bilan taqdirlash
tartibini belgilaydi.
2. Maxsus stipendiya universitetda Abdulla
Oripov hayoti va ijodini o`rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq
qilish hamda targ`ib etish yo`nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik
ko`rsatgan o`qituvchi va talabalarni rag`batlantirish maqsadida ta`sis etiladi.
2-bob. Adiblar nomidagi maxsus stipendiyalarni tayinlash tartibi
va mezonlari
3. Maxsus stipendiya kvotasi universitetdagi fakultetlar sonidan kelib chiqib, har bir fakultet bo`yicha bittadan alohida-alohida
ajratiladi.
4. Maxsus stipendiya quyidagi mezonlarga javob beradigan davlat oliy ta`lim
muassasalari kunduzgi ta`lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatining 1, 2 va 3-bosqich hamda magistraturasining
1-bosqich talabalariga belgilanadi:
maxsus stipendiya nomiga ta`sis etilgan A.Oripovning hayoti va ijodini o`rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy
tadqiq qilish va targ`ib etish yo`nalishida izlanish olib borish;
adabiyot va kitobxonlikni keng targ`ib qilish yo`nalishida alohida faollik ko`rsatish;
adabiyot va kitobxonlikka doir konferensiyalarda (tanlovlarda)
qatnashish;
nashr etilgan ishlarning (asarlarning) mavjudligi.
5. Maxsus stipendiya tayinlanishida talabgorlarning ushbu
Nizomning
4-bandida belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ijodiy tayyorgarlik
darajasini sinovdan o`tkazish maqsadida universitet:
maxsus stipendiyaga talabgorlar orasidan tanlab olish uchun
ta`lim yo`nalishlari va adabiyot sohasidagi mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasini
(keyingi o`rinlarda — Tanlov komissiyasi) tuzadi va uning ish tartibini belgilaydi;
A.Oripov hayoti va ijodi
bo`yicha test sinovlari (keyingi o`rinlarda — test sinovi) savollarini tasdiqlaydi.
6. Talabgorlar dastlabki ko`rib chiqish uchun fakultet
ilmiy kengashiga har yili 25 aprelga qadar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
sinov daftarchasidan ko`chirma (o`zlashtirish ko`rsatkichi);
kafedra tavsiyanomasi;
ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud
bo`lsa);
bakalavriatning 1-, 2-, 3-kurs talabalari uchun ta`lim-tarbiya
maslahatchisi (marabbiy)ning, magistratura bosqichining 1-kurs magistrantlariga
mutaxassislik kafedrasi mudirining fikr-mulohazalari;
A.Oripov hayoti va ijodi
hamda faoliyatini (ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa)
targ`iboti bo`yicha materiallar;
A.Oripov hayoti va ijodini, faoliyatini tadqiq qilish bo`yicha respublika
va xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar,
o`tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi);
o`z sohasi bo`yicha xalqaro yoki respublika darajasidagi
ko`rgazma, biennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi
ishtiroki va natijalarga erishganligi (mavjud bo`lsa) to`g`risida tasdiqlovchi hujjat.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, har bir nusxasi alohida
jildga joylangan holda taqdim qilinadi. Har bir jild muqovasida taqdim qilayotgan
fakultetning nomi, talabgorning ismi va familiyasi, ishning nomi ko`rsatilgan bo`ladi.
7. Fakultet har yili 10 mayga qadar talabgorlar tomonidan
taqdim etilgan hujjatlarni ko`rib chiqib, maxsus stipendiyaga nomzodlarni tavsiya
etish, nomzodlikka talabgorlarning o`qishdagi va ijodiy (ilmiy) faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini
baholash uchun muhokamaga qo`yadi.
Muhokamadan so`ng yashirin ovoz berish yo`li bilan eng
munosib talabgorlar tanlab olinadi. Bunda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda
ishtirok etgan kengash a`zolarining uchdan ikki qismidan ortig`i ovoz berganda,
nomzod talabalar ma`qullangan hisoblanadi va ularning nomzodini fakultet ilmiy kengashi
Tanlov komissiyasiga kiritish maqsadida fakultet dekanatiga taqdim etadi.
Fakultet dekanati har yili 15 mayga qadar nomzodlarning hujjatlarini Tanlov komissiyasiga taqdim
etadi.
8. Tanlov
komissiyasi:
har yili 1 iyunga qadar talabgorlarning taqdimotini o`tkazadi;
har yili 15 iyunga qadar maxsus stipendiya
tayinlash uchun tavsiya etish to`g`risidagi qarorni oliy ta`lim muassasasi ilmiy
kengashiga taqdim etadi.
9. Tanlov komissiyasining maxsus stipendiyani tayinlash
to`g`risidagi qarori asosida har yili 20 iyulga qadar oliy ta`lim muassasasi ilmiy kengashining qarori qabul qilinadi.
Universitet ilmiy kengashining maxsus stipendiyani tayinlash to`g`risidagi
qarori rektor buyrug`i asosida kuchga kiradi.
10. Maxsus stipendiyaga sazovor bo`lgan talabalarga har
yili 20 sentabrga qadar “Abdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiya
sovrindori” guvohnomasi (keyingi o`rinlarda — guvohnoma) beriladi.
11. Maxsus stipendiya talabalarga har yili, bir o`quv yili
uchun 1 sentabrdan boshlab belgilangan miqdorga qat`iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
Maxsus stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020 yil
31 yanvardagi 59-son qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq
belgilanadi.
12. Talaba o`qishini boshqa oliy ta`lim muassasasiga ko`chirganda
yoki akademik ta`til olganda maxsus stipendiya to`lanmaydi. 4-bosqich talabalariga
maxsus stipendiya o`qigan davri uchun to`lanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Kundalik darslarni
o`zlashtirmaydigan, o`quv intizomini va odob-axloqni buzgan talabalarni o`quv yili
mobaynida fakultet kengashining tavsiyasiga binoan universitet rektori buyrug`i asosida
maxsus stipendiyadan mahrum qilinishi mumkin.