Imtiyozli ta’lim kreditlari

27.09.2024

Mazkur ta’lim krediti 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.


Kredit shartlari:


• yillik stavka – 13,5% (MB asosiy stavkasida)*;


• miqdori – oliy ta’lim muassasasida shartnoma asosidagi yillik kontrakt miqdorida**; 


• muddati – o‘qishni tugatgandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7-yil muddatga.


❗️Talaba xotin-qizlar ta’lim krediti foizlarini to‘lashdan ozod etiladi!***


Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?


• shaxsni tasdiqlovchi hujjat;


• oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;


• ta’minot hujjatlari.


✅ Ta’lim krediti rasmiylashtirish uchun arizalarni bank ofislarida va Talim-krediti.mf.uz (http://talim-krediti.mf.uz/) portali orqali qoldirish mumkin.


* Agar Markaziy bank asosiy stavkasi pasaysa, imtiyozli ta’lim krediti foiz stavkasi ham pasaytiriladi, agar asosiy stavka oshirilsa, kredit stavkasi ko‘tarilmaydi.


** Birinchi bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past  bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratilishi belgilangan.


*** Xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga to‘lab beriladi.