“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarning tuman-shahar-respublika bosqichlari o‘tkazilishi belgilandi
12.09.2024
“Yil ayoli” tanlovi 11 ta nominatsiya, “Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi, “Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi, “Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli” nominatsiyasi, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi, “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasi, “Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi, “Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi, “Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori” nominatsiyasi, “Yilning eng yaxshi IT - dasturchi ayoli” nominatsiyalari orqali barcha xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida gender tenglikni ta’minlashda yuqori natijalarga erishgan, ushbu yo‘nalishda jamiyat rivoji yo‘lida tashabbus ko‘rsatayotgan, xotin qizlar xuquqlarini himoya qilish, o‘z sohasiga tegishli yo‘nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirlik va idoralar, NNT, hokimliklar, tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishlari belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizdan ushbu tanlovlarda ishtirok etish istagini bildirgan munosib nomzodlarning tegishli hujjatlarini 2024-yilning 16-sentabriga qadar Mirzo Ulug‘bek tumani oila va xotin-qizlar bo‘limiga (Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi, 1-qavat, 121-xona ) taqdim etilishi so‘raladi