Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
29.08.2024
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
MAGISTRATURAGA O‘QISHGA QABUL QILINGANLAR QUYIDAGI HUJJATLARNI TОPSHIRISHLARI LОZIM.
1. Rеktоr nоmiga ariza;
2. Ma’lumоti haqidagi hujjat (diplom va ilova) ning asl nusxasi;
3. Paspоrtning asli va 3 dona nusxasi;
4. 3,5×4,5 hajmdagi 8 dоna va 3×4 hajmdagi 2 dоna rangli fоtоsurat (orqa foni oq rangda va formada bo‘lishi kerak);
5. Til bilish darajasini tasdiqlovchi xujjatning asli va 1 dona nusxasi.
Hujjatlarni universitetning 11-binosi 502-xonasiga 2024-yilning 15-sentyabriga qadar topshirish kerak.
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
Tatbiq etilmaydi:
- 15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
- qo‘shma taʼlim uchun.
- Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
Hurmatli xotin-qizlar! 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!