REP-24112021/32 «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orishning avtomatlashtirilgan tizimi»
Loyihaning nomi:REP-24112021/32 «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orishning
avtomatlashtirilgan tizimi»
Loyihaning
rahbari: dotsent
Majidov Taxir Shadmanovich
Loyihaning
davomiyligi: 10.08.2022-10.08.2024
yy.
Loyihaning
budjeti: 420 000
AQSh dollari.
Loyihaning
maqsadi: qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda, avtomatlashtirilgan
kompleks tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish orqali, suv va energetik
resurslarni tejash, qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘z vaqtida samarali suv bilan
ta’minlashdir. Natijada, qo‘shimcha qishloq xo‘jalik yerlarini o‘zlashtirish
imkoniyati tug‘iladi, hosildorlik oshadi, mehnat xarajatlari kamayadi,
aholining daromadlari oshishi natijasida qashshoqlik kamayadi, shunindek,
mamlakatda/mintaqada oziq-ovqat xavfsizligining barqarorligi ta’minlanadi.
Loyihani
joriy qilish ob’ektlari. Loyiha, Qaraqalpog‘iston
Respublikasi (Qaraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining «Suvchilar
bog‘i» yordamchi xo‘jaligi, Taxiatosh tumani) hamda Buxoro (Buxoro
«Tabiiy resurslardan foydalaninsh» institutining «O’quv ilmiy markazi», Kogon
tumani), Qashqadaryo (Qarshi magistral kanallardan foydalanish
boshqarmasining bog‘i), Namangan («Samarqand tilla tolasi» fermer xo‘jaligining
bog‘i, Yangi Namangan tumani), Surxondaryo («Minal agro» MChJning bog‘lari,
Sariosiyo tumani) va Xorazm («Elyor Mirjalol» feremer xo‘jaligining
bog‘lari, Bog‘ot tumani) viloyatlaridagi suv iste’molchilarining bog‘larida
amalga oshiriladi. Kelajakda loyiha, O’zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo
davlatlarining barcha bog‘dorchilik xo‘jaliklarida ham amalga oshiriladi.
Loyihaning
joriy qilish ob’ektlari O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmalari hamda tumanlar Irrigatsiya bo‘limlari yordamida tanlab
olindi.
Loyihaning
asosiy bajaruvchilari:
Tursunov
Muxamad Nishanovich
- loyihaning hamrahbari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
“Fizika-texnika” instituti qoshidagi «Yarim o‘tkazgichli quyosh
elementlari» laboratoriyasining mudiri, t.f.d.
Kan
Eduarda Klimentevich – loyihaning Ijrochi menedjeri, «TIQXMMI» MTU ”Suv
energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Abdullayev
Zafar Sayfutdinovich – loyihaning dasturiy ta’minoti bo‘yicha mutaxassisi, «TIQXMMI» MTU “Axborot texnologiyalari” kafedrasi
mudiri, f-m.f.n.
Bozorov
Elmurad – loyihaning
avtomatik boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish
mutaxassisi, «TIQXMMI» MTU “Texnologik
jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining
dotsenti, t.f.n.
Djalilov
Axmadjan –
loyihaning tomchilatib sug‘orish bo‘yicha mutaxassisi, ekspert O’zbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligi qoshidagi Toshkent shahri va Toshkent viloyati
Ekspertiza boshqarmasining eksperti (o‘rindoshlik asosida).
Buvabekov
Baxtiyor Ibroximovich – loyihaning tadqiqotchisi, «TIQXMMI» MTU tayanch
doktorantura doktoranti.
Turdiyev
Akbarali Usmonovich -
loyihaning tadqiqotchisi, «TIQXMMI» MTU «Gidravlika i gidroinformatika» kafedrasining magistri.