“101128871-DEBSEUz-ERASMUS-EDU-2023-CBHE. Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan”
Yevropa
Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida “Oliy ta’lim potentsialini oshirish”
yo’nalishida 2023-yilda o’tkazilgan xalqaro tanlovda Milliy tadqiqot
universitetimiz tomonidan milliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda taqdim
etilgan “101128871-DEBSEUz-ERASMUS-EDU-2023-CBHE. Development of the
targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan” (O’zbekistonda
Quyosh energetikasi bo’yicha bakalavrlar uchun
maqsadli o’quv dasturini ishlab chiqish) mavzusidagi loyiha g’olib deb topildi.
Loyihaning
asosiy maqsadi: O’zbekistonda
“Quyosh energetikasi” yo’nalishida bakalavrlar va mutaxassislarni kasbiy qayta
tayyorlash bo’yicha innovatsion o’quv reja hamda dasturlar ishlab chiqishdan
iborat.
Loyiha
nomi: O’zbekistonda
Quyosh energetikasi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar uchun maqsadli o’quv
dasturlarini ishlab chiqish.
Loyiha
akronimi: DEBSEUz
Loyiha
sayti: https://debseuz.showcase.uz/en/
Loyiha
davomiyligi:
01-11-2023 dan 31-10-2026 gacha
Grant
holder: Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti (O’zbekiston)
Xamkorlar:
Italiya: Turin
Politexnika Universiteti
Portugaliya: Evora Universiteti
Ispaniya: Madrid Politexnika Universiteti
Uzbekiston: “TIQXMMI" Мilliy tadqiqot
universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Jizzax
politexnika instituti, Farg’ona politexnika instituti, Andijon davlat
universiteti, Berdaq nomidagi Qaraqalpoq davlat universiteti hamda “Oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar” vazirligi ishtirok etadilar.
Ushbu
loyiha orqali Yevropa universitetlari tajribasini e’tiborga olgan holda
bakalavr yo’nalishi talabalari uchun 12 ta yangi fan dasturlari yaratiladi va
O’zbekistondagi 7 ta OTMlarining har birida innovatsion laboratoriyalar tashkil
etiladi. Shuningdek, har
yili o’quv-ilmiy
konferensiyalar o’tkaziladi hamda 69 nafar professor-o’qituvchi va
mutaxassislar Yevropaning hamkor universitetlarda
malaka oshiradilar.
Loyihaning
umumiy natijalari:
- Yevropa universitetlari
tajribalari asosida quyosh energetikasi muhandislari, shuningdek quyosh
energiyasidan foydalanish tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish va ulardan
foydalanish sohasi mutaxassislari uchun takomillashtirilgan o'quv
standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish;
- Quyosh energetikasi sohasi
bakalavr ta’lim yo’nalishlari kurslari uchun o'quv dasturlari va ularni
xalqaro standartlar asosida o'qitish uslubiyatini ishlab chiqish;
- Quyosh energetikasi
tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish bo’yicha
bakalavrlar tayyorlash o'quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni
xalqaro standartlar asosida o'qitish usulini ishlab chiqish;
- Quyosh energetikasi sohasiga
mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash
o'quv kurslarini tashkil qilish;
- Yevropa universitetlari
tajribasini o'rganish asosida quyosh energetikasi sohasi bo’yicha i va
quyosh energetikasi tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish hamda ularni
ishlatish bo'yicha o'quv kurslarining o'quv-uslubiy materiallarini
tayyorlash;
- Ishlab chiqilgan o'quv
dasturlari, materiallari va usullarini tajriba-sinovdan o'tkazish,
moslashtirish va o’quv jarayoniga amaliy qo’llash;
- Quyosh energetikasi bo'yicha
kurslarni amaliy o'zlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik materiallar va
zamonaviy ma'lumotnomalar to'plamlarini ishlab chiqish hamda nashr etish;
- Quyosh energiyasi manbalari
bo’yicha energetik mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
uchun yaratilgan laboratoriya asosida o'quv markazini tashkil etish va
o'quv markazning muntazam ravishda samarali faoliyatini ta’minlash;
- O'quv kurslari va dasturlarida ishtirok etish uchun ayollar, ishsizlar hamda ijtimoiy nochor qatlam vakillarini jalb qilish.
Loyiha nomi |
Koordinator
Universitet- EC/UZ |
Loyiha hamkorlari |
Loyihalarning maqsadi |
Jami byudjet (EUR) |
DEBSEUz- O’zbekistonda Quyosh energiyasi bo’yicha bakalavrlar uchun maqsadli
o’quv dasturini ishlab chiqish |
Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti (koordinator, O'zbekiston) |
Turin
Politexnika Universiteti (POLITO), Italiya; De
Evora Universiteti (EVORA), Portugaliya; Madrid
Politexnika Universiteti (UPM), Ispaniya; “TIQXMMI” Milliy
tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU), O’zbekiston; Toshkent
shahridagi Turin Politexnika universiteti (TTPU), O’zbekiston; Jizzax
Politexnika instituti (JizPI), O’zbekiston; Farg'ona
Politexnika instituti (FerPI), O’zbekiston; Andijon davlat universiteti (ADU), O'zbekiston; Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti (QDU), O'zbekiston |
Ushbu
Loyixa quyosh energetikasi tizimini tashkil etish va boshqarish bo'yicha yuqori
malakali va
tajribali ixtisoslashgan
mutaxassislarni Respublikada yetishmasligi muammolarini hal etishga qaratilgan. O'zbekiston
Respublikasida quyosh energetikasi tizimlari
va ularning tarkibiy qismlarini ishlatish hamda ularga texnik xizmat ko'rsatish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanib, quyosh energetikasi
bo'yicha bakalavrlar tayyorlash uchun zamonaviy o’quv dasturlari va o'quv materiallarini ishlab chiqishdan iborat. Loyihaning
umumiy natijalari: -
bakalavrlar va malaka oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari uchun
takomillashtirilgan o'quv majmualari, o'quv dasturlari va didaktik
materiallarni ishlab chiqish; - quyosh energetikasi sohasida
nazariy va amaliy faoliyat olib borish uchun innovatsion trening
materiallar ishlab chiqish, shuningdek quyosh energetika tizimlariga texnik
xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanishda qo’llaniluvchi meyoriy xujjatlar ishlab
chiqish; -
quyosh energetikasi bo'yicha nazariy va amaliy tayyotgarlikga bo’lgan
mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha
o'quv kurslarini ishlab chiqish; -
quyosh energetikasi bakalavrlari, magistrlari va soxa mutaxassislari
uchun o'quv va hamkorlik markazini tashkil etish. |
676
962,00 |
Loyihaning
kutilayotgan asosiy natijalari:
- Qayta tiklanadigan energiya manbalari
(quyosh energetikasi tizimlari)
bo'yicha bakalavrlar uchun
3 ECTSga mos keluvchi o'quv dasturlarini shakllantirish;
- Hamkor OTMlarning energetika
soxasi bakalavr yo’nalishlarining mavjud o’quv dasturlari yangilanadi;
- Bakalavr dasturidagi 12 ta
yangi kurslari uchun o’quv-uslubiy materiallar ishlab chiqiladi (72 ECTSga
mos keluvchi);
- O'quv-uslubiy materiallari,
amaliy hamda laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha qo’llanma va
ko'rsatmalarni (shu jumladan video materiallar) joylashtirish uchun
veb-platforma ishlab chiqiladi;
- Quyosh energetikasi tizimida
qo’llashga mo’ljallangan uskunalar va avtonom elektr ta'minoti qurilmalari
bilan jihozlangan innovatsion laboratoriya xonasi yaratish va ishga
tushirish;
- Quyosh energetikasining turli
qurilmalarini yaratish, ishlab chiqish va amalliyotga joriy etishga
asoslangan hamda loyihalar bajarishga yo'naltirilgan talabalar va
mutaxassislarning hamkorlik markazini faoliyatini tashkil etish;
- Qayta tiklanadigan energiya
mandali elektr ta'minoti tizimlari mutaxassislari jamiyati tusish, shu
jumladan energetika sohasi professor-o'qituvchilari va bitiruvchilari
hamjamiyatini tashkil etish;
- Quyosh energetikasi va ushbu
sohaga oid o'quv jarayonlari bo'yicha xar yili ilmiy - amaliy
konferentsiya, anjumanlar, semenetlar treninglar tashkil etish,
tajriba-amaliyot materiallarini ochiq nashrda chop etish.
Milliy
tadqqot universitetida amalga oshirilayotgan DEBSEUz loyihasini amalga oshirish
Yevropa universitetlari professor o’qituvchilari va tashkilotlari xodimlari -
hamkorlarning ijobiy tajribasini hisobga olgan hamda qo'llab-quvvatlangan holda
O'zbekiston Respublikasining kelajak avlodlari uchun uzluksiz, sifatli, arzon,
ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya bilan ta'minlash borasidagi ulkan
vazifalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Shu bilan birga, Loyixa mamlakatning
quyosh energetikasi tizimlari professor-o’qituvchilari,
mutaxassis-muhandislarini Yevropa ko’rsatrkichlari darajasida tayyorlash uchun
oliy ta'limning sezilarli rivojlanishiga yordam beradi.