Pedogog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi (KMO va QTM) malaka oshirish fakulteti sifatida faoliyat olib borish uchun 1966 yilda tashkil topgan. 1997 yildan Halqaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish markazi sifatida faoliyat yurita boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 30 martdagi “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 150-sonli va 2004 yil 3 sentyabrdagi “Respublika qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 415-sonli Qarori hamda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining 2004 yil 13 sentyabrdagi 187 A/F buyrug‘i bilan “Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi” etib qayta tashkil etilgan va faoliyat olib borgan.

KMO va QTM ushbu yillarda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-son farmoni, 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 242-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 16 iyundagi 213-sonli buyrug‘i, institut (TIMI)ning 2015 yil 10 oktyabrdagi 404 A/F-buyrug‘i bilan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazi etib qayta tashkil etildi va faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–5789-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarori asosida faoliyat olib bormoqda. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish tarmoq markaziga o‘tgan yillar davomida dotsent O.S.Po‘latov, dotsent T.N.Tursunov, dotsent D.Nazaraliev, dotsent B.Matyakubov, dotsent B.Eshmatovlar rahbarlik qilgan. 2017 yil may oyidan boshlab tarmoq markaziga dotsent G‘.Bekmirzaev rahbarlik qilib kelmoqda.

Hozirgi kunda tarmoq markazi Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilarini quyidagi 11ta yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda:

  1. Cuv xo‘jaligi va melioratsiya;
  2. Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish;
  3. Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish;
  4. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;
  5. Yer tuzish va yer kadastri;
  6. Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish;
  7. Suv ta’minoti muhandislik tizimlari;
  8. Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish;
  9. Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari;
  10. Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
  11. Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis.

Bundan tashqari tarmoq markazida respublikamizda mavjud suv xo‘jaligiga ixtisoslashgan kasb-xunar kollejlarining maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab – chiqarish ta’limi ustalarining malakasi oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi tashkilotlarning rahbar xodimlarini malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha barcha sarf-xarajatlar (smeta) hisoblanib tasdiqlab olindi. Vazirlik tizimidagi Suv qurulish invest DUK direktorlari, Meliorativ ekspeditsiya rahbarlari, Nasos stansiyalari boshliqlari, Suv omborlari rahbarlari, Tuman irrigatsiya bo‘limlari boshliqlari va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlarini malakasiini oshirish uchun o‘quv reja va dasturlar tasdiqlanib bugungi kunda malaka oshirish kurslari tashkil qilingan.

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) bilan “Suv resurslarini boshqarish: nazariya, amaliyot va tadqiqotlar integratsiyasi” mavzusidagi yozgi maktab kursi tashkil qilindi. O‘zbekiston - Shveysariya “O‘zbekistonda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” IV faza loyihasi doirasida 2015 yildan buyon hamkorlikda “Mintaqaviy kasbiy tayyorganlik markazlarida suv ta’minoti tizimlari mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari samaradorligini oshirish” bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tarmoq markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun 43 ta internet tizimiga ulangan zamonaviy kompyuterlar va videoproektor bilan jihozlangan 2 ta kompyuter xonalari va elektron doskalar bilan jihozlangan 2 ta o‘quv auditoriyalari, “Ekskovator simulyator” va Nasos stansiya” lobaratoriya qurilmalaridan foydalnib ma’ruza va amaliy darslar olib boriladi. Tinglovchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 28 o‘rinli turar joy ajratilgan.