Komputer maktabi
Innovatsion dasturlar va muhandislik dasturiy ta'minotlari
Talabalarning amaliy ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan kompyuter modellashtirish va muhandislik kurslari
ArcGIS Erdas Imagine
Yerni masofadan zondlashda innovatsion texnologiyalar
Geodeziya va geoinformatika yo'nalishida zamonaviy dasturlardan foydalanib masofadan zondlash, axborot tizimlarini tahlil qilish hamda amaliy tajribalar o'tkazish kursi.
Mo'ljallangan: 3-kurs (313-314) talabalari uchun
SolidWorks CAD/CAM/CAE 3D Print
Loyihalash asoslari va 3D injenerlik dizayni
Objektlarning uch o'lchovli modellarini qurish, yig'ish, animatsiya, simulyatsiya, tahlil hamda render qilish. Modellarni 3D printerida chop etishga tayyorlash.
Mo'ljallangan: KXM (2-kurs), SXITUF (2-kurs), SXMIM (2, 3 va 4-kurslar)
ANSYS ABAQUS Plaxis 3D GTS NX
Inshootlar va konstruktsiyalar simulyatsiyasi
Konstruktsiyalarni 2D/3D modellashtirish, kuchlanish, deformatsiya va mustahkamlikni tahlil qilish. Gidrotexnika va gruntli to'g'onlarda filtratsiya hamda kuchlanish holatlarini hisoblash.
Yo'nalishi: Qurilish va Gidrotexnika inshootlarini hisoblash
Texnik ta'minot: Mashg'ulotlar o'tilayotgan har bir kafedrada zamonaviy kompyuter va dasturiy vositalar bilan jihozlangan maxsus xonalar mavjud.