Hujjat yuborish
Mahalliy talabgorlar uchun talab
qilinadigan hujjatlar:
Tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchi, mustaqil
izlanuvchilikga (PhD):
1.
Ariza.
2.
Qisqacha
biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha
shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda
tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki
klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot
(mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek
ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
7.
Pasport
nusxasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat
stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
9. IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy
taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/)
orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Doktorantura,
mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga :
1.
Ariza.
2.
Qisqacha
biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha
shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda
tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD)
yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi
toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori
(DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi
rejasining batafsil loyihasi.
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek
ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
7. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
8.
Pasport
nusxasi.
9.
Ilmiy yutuqlari
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
10. IELTS, TOEFL
yoki boshqa tan olingan sertifikatlar
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy
taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/)
orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Hujjatlar 2025 yilning
5 noyabriga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Qori-Niyoziy
ko‘chasi, 39.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari
instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Ma’lumot uchun telefonlar: (8-371) 237-09-46, 237-22-67.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshiruvchi talabgorlar uchun Qo‘llanma, Video qo‘llanma
OneId tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun Video qo‘llanma