Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori

Umurzakov O’ktam Pardayevich

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

(+998 71) 237-46-68

rektor@e-tiiame.uz

 

 

Umurzakov O‘ktam Pardayevich ko‘p yillardan beri o‘z ish faoliyati davomida institutimizning rivojlanishi uchun ulkan hisssalarini qo‘shib kelmoqda. 1974-yildan 1977-yilgacha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Mashinalar puxtaligi va remonti” kafedrasining kichik ilmiy xodimi, 1977-1980-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1980-1990-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi assistenti, 1990-1992-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Malaka oshirish fakulteti dekani, 1992-1996-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari tayyorlash markazi prorektori, 1996-1999-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani, 1999-2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektori, 2004-2011-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, 2011-2013-yillarda esa Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiningng O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, rektor vazifasini bajaruvchi, 2013-yildan hozirga qadar Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Suv xo‘jaligi iqtisodi” kafedrasi professori, 2017-yil 26-maydan hozirga qadar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining rektori lavozimida ishlab kelmoqda.