YURIST MASLAHATCHI

Yurist maslaxatchi

                      Muratova Umida Kurkmasovna

         tel: +99871 237-19-75

                                                 E-mail: lavyer@tiiame.uz.                                  

                                  Qabul kunlari: xar kuni (10:00-12:00)

 

Institut yurist maslaxatchisi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2733-sonli qarori  hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomi asosida olib boradi.

Yurist maslaxatchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, “Institut yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

Quyidagilar yurist maslaxatchi faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

institutning huquqiy qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

institut tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

institutning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

institut xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va axamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, institutning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya kilinishini ta’minlash;

professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga o‘qish, ish va shaxsiy masalalar yuzasidan huquqiy maslaxatlar berish.