Boshlang'ich tashkilot yetakchisi

Berdimurodov Akmaljon Azamat oʻgʻli

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi Akmaljon Berdimurodov 1992 yil Samarqand viloyati Narpay tumanida tavallud topgan.

Dastlabki mehnat faoliyatini 2011 yil Narpay tumani MTP da mexanik yordamchisi sifatida boshlagan. 2013-2014 yillarda muddatli harbiy xizmatni oʻtab, 2014 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Iqtisodiyot va menejment” fakultetining 1 bosqichiga oʻqishga qabul qilingan. 2017 yil 23 sentyabrdan to hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Boshlangʻich tashkiloti yoshlar yetakchisi, institut rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelmoqda. 2018 yil sentyabrdan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi birinchi bosqich magistranti.

Telefon: +99871 237-19-33

+99897 720 99 92