Xotin-qizlar bolimi

Xotin – qizlar qo‘mitasi raisi

Xafizova Zulfiya Xolmuradovna

“Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Tel: 237-19-47

Pochta: hotin-qizlar@e-tiiame.uz

 


Toshkent  irrigatsiya  va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti xotin-qizlar qo‘mitasi professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlar tomonidan ixtiyoriylik asosida rayosat yig‘ilishi qarori bilan tashkil etiladigan o‘zini o‘zi boshqaruvchi tashkilotdir.

Qo‘mita o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat, notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni va nodavlat, notijorat tashkilotlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar, shuningdek Xotin-qizlar qo‘mitasining Nizomiga muvofiq olib boradi.

Qo‘mita faoliyatiga hech qaysi davlat organi va hech qaysi nodavlat organi aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo institut, hamda fakul’tetlarning oliy organi hisoblangan ilmiy kengashga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish majburiyati bundan mustasno.

 

            XOTIN – QIZLAR QO‘MITASINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Qo‘mita professor – o‘qituvchi, xodimlar, hamda, talaba qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash, kasbiy mahoratini oshirish, milliy va ma’naviy qadryatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tuziladi.

 

XOTIN – QIZLAR QO‘MITASI ISh FAOLIYaTINING ASOSIY YO‘NALIShLARI

Ayollarning jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mehnat faolligini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash ishlarini olib borish;

Xotin - qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi, milliy va madaniy qadryatlarimiz, an’analarimiz asosida qizlarni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashga qaratilgan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminar –treninglar, konferensiyalar o‘tkazish;

Xotin - qizlarning huquqlarini himoya qilish, ma’naviy intelektual va kasbiy salohiyatini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borish orqali ayollarga nisbatan har qanday shakldagi kamsitishlarni bartaraf qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

 “Qizlar klublari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli qizlarni “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga, Prezident, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek nomidagi stipendiyalarga tavsiya etish;

Mehnat munosabatlarini takomillashtirish, bitiruvchi qizlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, xotin-qizlar ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, kam ta’minlangan, chin yetim qizlarni “Mashhura”, “Iffatli kelin” o‘quv kurslari bilan kelishilgan bitimga asoslangan xolda ularga hunar o‘rgatishni tashkillashtirish;

Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularni madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqish hamda ehtiyojini, munosib ravishda ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni institut “Sog‘lom avlod” markazi hamda “Ibn Sino” markazi bilan hamkorlikda amalga oshirish;

Professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm, missionerlik g‘oyalarining tarqalishini oldini olish, milliy-diniy urf-odatlarni to‘g‘ri targ‘ib etilish;

Xalqimizning ruhiyatiga, turmush tarziga yot bo‘lgan ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy tadbirlar o‘tkazib borish;

Kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, yakka-yolg‘iz ayollarga ko‘maklashish.

 

XOTIN – QIZLAR QO‘MITASI INSTITUTNING 7 TA FAKULTET XOTIN – QIZLAR KENGAShLARI ASOSIDA TUZILGAN

  1. Gidromelioratsiya fakulteti x.q.u raisi–

Madazizova Dilfuza tel: (91)163-46-53, G bino,  201 xona

  1. Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirish va elektrlashtirish x.q.u raisi –

Sanbetova Amangul tel: (97)741-37-51, V bino,  604 xona

  1. Yerdan foydalanish va yer kadastri x.q.u raisi –

Xafizova Zulfiya tel: (90)328-36-89, A bino,  218 xona

  1. Iqtisodiyot va menejment x.q.u raisi –

Qodirova Ra’no tel: 348-47-49, A bino, 121 xona

  1. Gidrotexnika qurilishi x.q.u raisi –

Yunusova Faridatel: (90)992-40-23, B bino, 317 xona

  1. Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash x.q.u raisi –

Botirova Xalima tel: (90)939-07-23, B bino,  223 xona

  1. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash x.q.u raisi –

Temirqulova Nargiza tel: 921-40-43, V bino, 303 xona