Tanlov asosida ishga qabul qilish

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qaroriga asosan tanloq asosida ishga qabul qilinadi

TANLOVDA IShTIROK  ETISh UChUN QUYIDAGI  XUJJATLAR TOPShIRILIShI LOZIM:

- Ariza (rektor nomiga);

- Shaxsiy varaqa (so‘rovnoma);

- 2 dona 3x4 o‘lchamdagi fotosurat;

- Ilmiy va uslubiy ishlar ro‘yxati;

- Diplomlardan nusxalar;

-Malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikat nusxalari (oxirgi 5 yillik);

- Pasport nusxasi.

Arizalar matbuotda e’lon chiqqan kundan boshlab bir oy muddatgacha qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashishni xoxlovchilar Toshkent shahri Qori-Niyoziy ko‘chasi 39-uyda joylashgan «Kadrlar bo‘limi»ga  murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: 237-19-49, 237-09-85.