Sirtqi bo'lim1

Tabayev Azamat Zaripbayevich

Sirtqi bo`lim boshlig`i

azamattabaev123@mail.ru

 

 

 


Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Sirtqi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida tashkil etildi. Institutda sirtqi ta’lim kuyidagi shakllarda: sirtqi shakl hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklida olib boriladi.
Sirtqi bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari, institut rektorining buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.
Sirtqi bo‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
• Sirtqi ta’lim jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilishini ta’minlash;
• Sirtqi ta’lim shaklida iste’molchilarni talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash;
• Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadigan normativ-metodik ta’minotni takomillashtirish;
• Sirtqi bo‘limni institutning boshqa tuzilamalari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish va rivojlantirish;
• Fan, ta’lim va bozor munosabatlari talablarini o‘rgangan holda sirtqi ta’lim shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish va o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va boshqalar.
Sirtqi bo‘limda jami 381 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan, sirtqi ta’lim bo‘yicha 1- kursda 327 nafar, ikkinchi mutaxassislik sirtqi ta’lim 2-kursda 37 nafar, 3-kursda 17 nafar talaba. Sirtqi ta’limda talabalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olmoqdalar:

1

5450200

Suv xo‘jaligi va melioratsiya

2

5430100

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

3

5450300

Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish

4

5340700

Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida)

5

5450400

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

6

5311000

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida)

7

5230900

Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida)

8

5450600

Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari

9

5430500

Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti

10

5410700

Yer kadastri va yerdan foydalanish

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishni sirtqi shaklida esa talabalar quyidagi ta’lim shakllarida tahsil olmoqda:

1

5450200

Suv xo‘jaligi va melioratsiya

2

5430100

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

3

5340700

Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida)

4

5450400

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

5

5310200

Elektr energetikasi (suv xo‘jaligida)

6

5311000

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida)

7

5230100

Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida)

8

5230900

Menejment (suv xo‘jaligida)

9

5230900

Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida)

10

5410700

Yer tuzish va yer kadastri


1 курс ishchi o'quv reja

5230900-Бухгалтерия ҳисоби ва аудит (сув хўжалигида)

5311000-Технологик жараенлар ва ИЧ автоматлаштириш ва бошкариш

5340700-Гидротехника курилиши

5410700-Ер кадастри ва ердан фойдаланиш

5430100-Қишлоқ хўжалигини механизациялаштириш

5430500–Қишлоқ ва сув хўжалигида энергия таъминоти

5450200-Сув хўжалиги ва мелиорация

5450300-Сув хўжалиги ва мелиорация ишларини механизациялаштириш

5450400-Гидротехника иншоотлари ва насос станцияларидан фойдаланиш

5450600-Ирригация тизимларида гидроэнергетика объектлари

2 kurs ishchi o'quv reja

5230100 - Иқтисодиёт (сув хўжалигида)

5230200 - Менежмент (сув хўжалигида)

5230900 -Бухгалтерия ҳисоби ва аудит (сув хўжалигида)

5310200 - Электр энергетикаси (сув хўжалгида)

5340700 - Гидротехника қурилиши (сув хўжалигида)

5410700 - Ер тузиш ва ер кадастри

5430100 - Қишлоқ хўжалигини механизациялаш

5450200 - Сув хўжалиги ва мелиорация

5450400-Гидротехника иншоотлари ва насос станцияларидан фойдаланиш