Sirtqi bo'lim

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish TARTIBI tasdiqlangan.

Tasdiqlangan tartibgamuvofiqkamidabesh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishiuchun tavsiyonoma beruvchi vazirlik, idoravayirikxo`jalikbirlashmalariro`yxatiO‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidantasdi`qlanadi.

Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot (vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab berilishi ta’minlanadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan har yili 1 iyuldan20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

- pasportning nusxasi;

- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;

- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;

- abiturientning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;

- tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar tomonidan pasport qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar bilan suhbatlar 10 avgustdan 20 avgustga qadar o‘tkaziladi.

 

Ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish uchun abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2008 yil 13 avgustdagi 15-son bayoni bilan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-avgustda 1844-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidaNIZOMtasdiqlangan.

Ushbu Nizomga asosanikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar quyidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olishlari mumkin:
  • bakalavr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha;
  • magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va turdosh magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bo‘yicha kadrlar tayyorlash huquqiga ega ta’lim muassasalari ro‘yxati hamda oliy ta’lim muassasalarida ularning qabul ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abituriyentlar qabulini ta’lim muassasasi qabul komissiyasi amalga oshiradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
  • 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
  • № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-iyuldan 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Ta’lim muassasasining qabul komissiyasi kiruvchilarning bilim darajasini baholash maqsadida shakli va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishiladigan sinovlar o‘tkazish huquqiga ega.