Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi

Bo‘lim boshlig‘i

G‘oziyev G‘iyosiddin Ibrogim o‘g‘li

Тел:+998-90-904-09-58

Email: g.goziev@mail.ru

 

 


Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi 2018-2020 yillarda institutni xalqaro e’tirof etilgan: “QS World University Rankings”, “QS regional rankings”, “World ranking Web of universities” reytinglar bo‘yicha birinchi 1000 talik o‘ringa kiritishni rejalashtirish va ko‘zlangan maqsadga erishish maqsadida tashkil etilgan.

Bo‘limning maqsadi va vazifalari:

Bo‘lim institut faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni jamlash va uni muvofiqlashtiradi va jamlangan natijalar va ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida tegishli reyting tashkilotlariga sifatli va aniq manzilli yetkazish bilan shug‘ullanadi.

Bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

- reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi parametrlarni doimiy nazorat qilish va ularning holati bo‘yicha institut rahbariyatini ogohlantirib borish;

- fakultetlar va kafedralar kesimida institutning xalqaro reytinga qo‘shayotgan hissasi ko‘rsatkichlarini aniqlab borish;

- doimiy ravishda kafedralar, bo‘limlarning xodimlarini xalqaro reyting tizimi talablari bilan tanishtirib borish hamda seminarlar tashkil etish;

- institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar sonini hisoblash uchun statistika hisobotlarini tayyorlash;

- xorijiy professor-o‘qituvchilar sonini hisoblash uchun statistika hisobotlarini tayyorlash;

- institutda faoliyat yuritayotgan  fan doktori, fan nomzodi hamda PhD darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar sonini hisoblash uchun statistika hisobotlarini tayyorlash;

- institutda tahsil olayotgan maxalliy va xorijiy bakalavriatura talabalari sonini hisoblash uchun statistika hisobotlarini tayyorlash;

- institutda tahsil olayotgan mahalliy va xorijiy magistrantlar sonini hisoblash uchun statistika hisobotlarini tayyorlash;

- institutda tahsil olayotgan maxalliy va xorijiy doktorantlar sonini hisoblash uchun statistika hisobotlarini tayyorlash;

- yillik bitiruvchilarning ishga joylashganlik holatini aniqlash;

- “Academic reputation”, “Employer reputation”, “Research citations per paper” kriteriyalari bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va ma’lumotlarni QSga taqdim etish;

Institutning professor-o‘qituvchilarining talabalarga nisbatini  sonini hisoblash uchun statistika hisobotlarini tayyorlash;

- Webometrics ranking kriteriyasi bo‘yicha institutning veb sahifasini ma’lumotlar bilan boyitilishini nazorat qilish;

- QS Graduate Employability Ranking kriteriyasi bo‘yicha bitiruvchilarning ish beruvchi muassasalarga nisbati, bitiruvchilarning soni, har bir fakultetning ish beruvchi muassasalar bilan hamkorligini nazorat qilish;

Erishilgan natijalar

Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi tashkil etilganidan ko‘p vaqt o‘tmay Quacquarelli symonds (QS) xalqaro reyting kompaniyasining portalida institutning profili O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers nomi bilan yaratildi hamda institut haqidagi barcha ma’lumotlar ushbu profilga joylashtirildi.

Bo‘lim tomonidan QSning Fan, Dunyo Universitetlari reytinggi, Rivojlanayotgan Yevropa hamda Markaziy Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytinglariga qatnashish uchun savolnomalarni to‘ldirilib topshirildi.

Bundan tashqari, Times Higher Education (THE) reyting kompaniyasini yillik “Eng yaxshi universitetlarning ro‘yxati”da qatnashish uchun, mazkur kompaniya portalida institutning profili yaratildi hamda savolnomalar to‘ldirilib topshirildi.

Scopus hamda ScienceDirect xalqaro ilmiy-texnik bazasida instituning profili yaratilib, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrant hamda talabalaringing mazkur ma’lumotlar bazalaridan foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratildi. Bu borada 6 marta seminar-treninglar o‘tkazilib, xodimlarning malakasi oshirilib kelinmoqda.

2019 yilning 14-15 yanvar kunlari “Universitetlar va xalqaro reytinglar: rivojlanish strategiyasi” mavzusidagi Birinchi xalqaro konferensiya (1st International Conference “Universities and Rankings: Strategy Building”) bo’lib o‘tdi. Tadbirda Webometrics kompaniya direktor Isidro Aguillo (Ispaiya), QS ning Mintaqaviy directori Zoya Zaitseva (Buyuk Britaniaya), 5-10 loyihasi vakillari (Rossiys Federatsiyasi) hamda QozMU va QozMAU prorektorlari (Qozog‘iston Respublikasi) ishtirok etdilar.

2018 yilning 23 noyabr sanasida, O‘zbekistonlik olimlarni taqdirlashga bag‘ishlangan 1-ilmiy forum «Scopus Award-2018» taqdirlash marosimida institutimiz 2 ta nominatsiyaga loyiq deb topildi:

“Breakthrough of the Year” (Yil kashfiyoti) nominatsiyasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

Institutning EkoGAT markazi rahbari, texnika fanlari nomzodi, dotsent Pulatov Alim Salimovich “Qishloq xo‘jaligi fanlarida eng faol olim” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.