PEDOGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4732 sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 273-sonli qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 26 sentyabrdagi 373 – sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Markazning asosiy vazifalari:

Malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘quv jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, turdosh oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari tarkibi va o‘quv-yordamchi xodimlar malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish, muhandis-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlarining malakasini oshirish, o‘quv jarayonining sifatini yaxshilash, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha respublikani tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, tarmoqdagi innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy qilish, pedagog kadrlarga tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Markazda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlari:

 

Yo‘nalish nomi

Maqsadi

1.

Suv xo‘jaligi va melioratsiya 

Suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasi uchun yuqori malakali zamonaviy kadrlarni tayyorlashda ishtirok etadigan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik kadrlariga irrigatsiya va melioratsiya suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini loyihalashda qurilish me’yorlari va qoidalari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni shuningdek sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish, sug‘orish texnologiyalari va usullarini; gidromeliorativ tizimlarni; sug‘orish tarmoqlarining konstruksiyalarini; sug‘orish texnikasini gidravlik hisoblash va qirqimlarini loyihalashni; irrigatsiya eroziyasi va unga qarshi kompleks tadbirlarni; suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi, usuli va texnikasi elementlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish.

2.

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Zamonaviy gidrotexnika inshootlari, ulardan barqaror va samarali foydalanish, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligi va havfsizligini ta’minlash usullari hamda moslamalari va qurilmalarining tuzilishi, ishlamay qolish sabablari va uni bartaraf etish usullari, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha olingan natijalarga ishlov berishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha mos malakaviy bilimlarni shakllantirish.

3.

Er tuzish va yer kadastri

Dunyoda va mamlakatimizdagi yer munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalarni xorij tajribalariga tayangan holda boyitish, yerdan foydalanishning ko‘p maqsadli xarakterda bo‘lishida yer resurslaridan foydalanishning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy holatini xarakterlovchi turli-tuman va sifatli axborotlarga nisbatan jumladan yer kadastrini axborot ta’minoti bo‘yicha mos malakaviy bilimlarni shakllantirish.

4.

Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish

Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zamonaviy elektr uskunalarini jixozlarini va ularni asosiy energetik ko‘rsatgichlari, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish xonalarini atrof muxit sharoiti va elektr toki bilan shikastlanish xavfi bo‘yicha kategoriyalarga bo‘linishi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida lokal energetik tizimlarni shakllantirish prinsiplarini, elektr energiya sifati va energiya bilan ta’minlash ishonchliligini ko‘rsatgichlarini, lokal va avtonom energiya ta’minoti sistemalrini tarkibiy elementlarini va ularning asosiy ko‘rsatgichlari, turli xil ekspluatatsiya sharoitiga mos keluvchi elektrotexnik qurilma, o‘tkazgich va himoya vositalarini tanlash, hisobiy quvvatini aniqlash va uning asosida transformator va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tanlash, elektr energiya sifatini baxolash va energiya bilan ta’minlash ishonchligini aniqlashbo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish.

5.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

Qishloq xo‘jaligi mobil energetik vositalarining dvigatellari va boshqa qismlari tuzilishidagi yangi yechimlar va ularning ishlashini o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo‘lish, yerlarga asosiy va ekish oldidan ishlov berish, ekish va o‘tqazish, o‘simliklarni kasalliklardan, zararkunandalardan va begona o‘tlardan himoyalash, g‘alla yig‘ishtirish texnologiyalari va mashinalari hamda yem tayyorlash mashinalari, chovachilikda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar asosi, loyihalash, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish tizimlari, energetik vositalar mexanizmlari va tizimlari ishini tekshirish, ularni sinash va rostlash bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish.

Aloqalar va hamkorlik:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va uning Bosh ilmiy- metodik markazi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Shveysariyaning “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish” milliy loyihasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va respublikaning barcha tarmoq markazlari bilan aloqalar o‘rnatilgan.

Tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar:

                           

             Amaliy mashg‘ulot xonasi                                                                    Ma’ruza xonasi

                           

            Kompyuter sinfi                                                                     Ekskvator-simulyator trenajyor o‘quv xonasi

                           

            Tinglovchilar uchun turar joy                                                                      Oshxona