O'tkazilgan ochiq ma'ruzalar

2018-2019 o‘quv yili kuzgi davrasi uchun  “OCHIQ MASHG‘ULOTLAR” davri boshlandi.

Har o‘quv yilining kuzgi va bahorgi davralarida “Ochiq mashg‘ulotlar” e’lon qilinadi hamda institutimizning professor-o‘qituvchilari tomonidan reja asosida o‘tkazilib kelinadi.

Xo‘sh, “Ochiq mashg‘ulotlar” larning o‘tkazilishidan qanday maqsad ko‘zlangan?

Institutda ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik mahoratini ommalashtirishdan iborat.

Shu bilan birgalikda, ta’lim olayotgan talabalar zamonaviy usullarda, sifatli bilim olishlari, innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot muxokama maydoniga aylanishi, mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritib borish ham nazarda tutiladi.

“Ochiq mashg‘ulotlar”larda nafaqat professor-o‘qituvchilar va talaba, balki yosh olimlar va soha mutaxassislari, qiziquvchilar ham taklif etiladi. Boshqa oliy ta’lim muassasasidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar o‘zaro fikr almashadilar. An’anaviy dars uslublari o‘zgaradi, bu esa talabalarning qiziqishi oshishiga ko‘maklashadi.

Quyida bugun 02 oktyabr 2018 yil institutimizda bo‘lib o‘tgan Ochiq ma’ruzalarni keltirib o‘tamiz:

1-juftlikda “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti Ikbal Muxamedjanovna Maxmudova “O‘zbekiston davlat standartlari” va qurilish me’yorlari va qoidalari kelib chiqqan holda Suv manbasini tanlash. Ichimlik suv sifatiga qo‘yiladigan talablar. Yer usti suvini olish inshootlar turi.” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

2-juftlikda “Umumtexnik fanlar” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Irgashev Aripjan Akramovich “Mexanik uzatmalar haqida umumiy tushunchalar” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada ishlab chiqarish korxonalari vakillari, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda qiziquvchilar ishtirok etishdi. Xohlovchilarni keyingi darslarimizda ishtirok etish uchun taklif etib qolamiz.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti


Boshqaruvchilik qobiliyatini shakillantirish - birinchi bosqichdan boshlanadi!

Bugun 03 oktyabr 2018 yil to‘rtinchi juftlikda “Menejment” kafedrasi assistenti Shermuxamedov Akmal Komiljonovich 1-bosqich talabalariga “Hozirgi zamon psixologiyasining predmeti va metodlari” mavzusida ochiq dars o‘tib berdi. Ma’ruzada “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani Olimjon Ko‘charov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi Maftuna Toshevalar ishtirok etishdi.

Dars jarayonida talabalar kichik guruhlar bo‘linib o‘zaro muloqot orqali qizg‘in dars jarayonini boshlashdi. O‘qituvchi talabalarga Prezidentimiz Shavkat Mirzieyovning Xindistonga rasmiy tashrifihaqida tayyorlangan vediolavha taqdim qildi hamda yurtboshimizning boshqaruv uslubi, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, boshqaruv qobiliyatlari haqida o‘zaro fikr almashdi.

Shundan so‘ng, har bir guruhdan kelishilgan holda vakil chaqirilib, mavzu yuzasidan savollar berildi hamda javoblar o‘qituvchi tomonidan to‘ldirib borildi.

Talabalarning boshqaruvchilik qobiliyatini rivojlantirish hamda yutuq va kamchiliklarini to‘g‘ri baholay olishlari uchun “Swot-tahlil” o‘tkazildi. Har bir talaba o‘zi mustaqil ravishda o‘tkazgan tahlil bo‘lajak  rahbarlar uchun bir umrlik esda qolarlik jarayon bo‘lib qoldi desak mubolog‘a bo‘lmaydi.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti


Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash

Bugun 03 oktyabr 2018 yil birinchi juftlikda Umumtexnik fanlar kafedrasi dotsenti, t.f.n. Turkmenov Xasan Ishimovich “Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash” mavzusida 2 bosqich talabalariga ochiq ma’ruza o‘qidi. Ochiq ma’ruzada “Traktor va avtomobillar” kafedrasi mudiri Mansur Amanov, Qishloq xo‘jaligi mashinalari kafedrasi mudiri Komil Astanaqulov hamda institut professor-o‘qituvchilari va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’ruzani o‘qituvchi talabalarning o‘tgan darsda olgan bilimlarni mustahkamlash hamda qisqa savol-javob orqali talabalarni baholash bilan boshladi.  Talabalar darsga kirishib olishganlaridan so‘ng, Kimyoviy termik ishlash mavzusida ma’ruza boshlandi.

Ma’ruza jarayonida talabalar bilan birgalikda formulalalr yordamida mavzu tushintirildi.Dissotsiatsiya, adsorbsiya, diffuziya jarayonlari tushintirilib berildi. Dars qizg‘in tarzda o‘tdi. Ushbu ma’ruza nafaqat talabalar uchun, balki tashrif buyurgan mehmonlar uchun ham qiziqarli bo‘ldi.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti