Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayoni — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi;

22.05.2017 yil № 304-sonli Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

                                                                               Qarori

Yuqoridagi hujjat orqali Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining Davlat Talablari, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim  to‘g‘risidagi Nizom bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2017 yildagi № 4958-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekistonda ikki pog‘onali Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi ko‘zda tutilgan: falsafa doktori va fan doktori. Bunga ko‘ra ta’lim jarayoni: bazaviy doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka bo‘linadi.

Doktoranturaga kirish jarayonida muhim yangilik sifatida kirish imtihonlari suhbatga almashtirilganligidir. Bazaviy doktoranturaga kirishda esa chet tili va mutaxassislik imtihonlari saqlanib qolgan.

Ayni vaqtda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 27 doktorant 10 turdagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘qitilmoqda.

Institutda doktorantura va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Institut rahbariyati yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni, doktorantlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish orqali, samarali tayyorlash uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga intilmoqda,

Doktorantlar har yili ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda. Bundan tashqari, ular xalqaro  anjuman va seminarlarda ham faol ishtirok etishmoqda.

Doktorant va mustaqil izlanuvchilar Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadigan individual rejaga muvofiq ravishda ta’lim oladilar.

Individual reja oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida o‘qishning butun davri uchun tuziladi.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda ularga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Kollegial organ qarori bilan:

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilariga ilmiy rahbarlar tayinlanadi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilariga ilmiy konsultantlar tayinlanadi (mazkur bandning oltinchi bandi bundan mustasno).

Ilmiy rahbarlar etib, faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktori, shuningdek, ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan nomzodi yoki falsafa doktorlari (PhD) tayinlanishi mumkin.

Faol tarzda ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib boruvchi fan doktorlari ilmiy konsultantlar bo‘lishi mumkin.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini, izlanuvchining xohishiga ko‘ra, ilmiy konsultantsiz ham olib borish mumkin.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishda dissertatsiya himoyasiga qadar izlanuvchilar:

ixtisoslik hamda chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirishi;

dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokama qilinishini ta’minlashi;

OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan dissertatsiyasining asosiy natijalarini aks ettiradigan kamida uchta (shu jumladan, bittasi xorijda) ilmiy maqolaga ega bo‘lishi shart.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qilishgacha izlanuvchilar:

dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokama qilinishini ta’minlashi;

OAK tomonidan belgilangan ilmiy jurnallarda chop etilgan dissertatsiyasining asosiy natijalarini aks ettiradigan kamida o‘nta (shu jumladan, bittasi xorijda) ilmiy maqolaga ega bo‘lishi shart.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar dissertatsiya natijalari bo‘yicha monografiya chop etgan bo‘lishi lozim.

Magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

05.00.00 –  Texnika fanlari:

05.01.01 – Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi

05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi

05.09.07 –  Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi

06.00.00 – Qishloq xo‘jalik fanlari:

06.01.02 –  Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari bo‘yicha)

06.01.10 – Yer tuzilish, kadastr va yer monitoringi

08.00.00 – Iqtisod fanlari:

08.00.04 –  Qishloq xo‘jaligi  iqtisodiyoti

11.00.00 – Geografiya fanlari:

11.00.05 – Atrof–muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari bo‘yicha)

13.00.00 – Pedagogika fanlari:

13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi

Tasarrufida OTM va ITMga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda OTM va ITMdagi izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi bo‘yicha monitoring olib boradilar.

Monitoringni olib borish uchun ishchi guruh tuziladi, uning tarkibi tasarrufida OTM va ITM mavjud bo‘lgan tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

a) o‘qishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan shaxsiy rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;

ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;

OTM yoki ITM seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;

b) o‘qishning ikkinchi yilida:

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan tarmoq ilmiy jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;

OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobot berish;

v) o‘qishning uchinchi yilida:

jurnallarda, shu jumladan, xorijiy jurnallarda soni OAK talablariga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;

OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

a) o‘qishning birinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblari tayyorligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalar materiallarida kamida bitta ma’ruza tezisi chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy konferensiya yoki seminarda ma’ruza qilish;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy sharh natijalari bo‘yicha seminarda so‘zga chiqish;

b) o‘qishning ikkinchi yilida:

dissertatsiyaning uchinchi va to‘rtinchi boblari tayyorligi;

OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida to‘rtta ilmiy maqola e’lon qilinganligi (jumladan, bittasi xorijda);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalar materiallarida chop etilgan kamida bitta ma’ruza tezisining mavjudligi;

dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazish;

konferensiya yoki seminarda ma’ruza bilan qatnashish (kamida bir marta);

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha shaxsiy rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot;

v) o‘qishning uchinchi yilida:

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan jurnallarda kamida uchta ilmiy maqola e’lon qilinganligi;

dissertatsiya natijalari bo‘yicha (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha) chop etilgan monografiyaning mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi va avtoreferatning mavjudligi;

dissertatsiya yoki avtoreferatni OTM yoki ITM ilmiy-tashkiliy bo‘linmalarida ko‘rib chiqilganligi va muhokama etilganligi.

Monitoring natijalari Kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shaxsiy rejalarini bajarmagan izlanuvchilarga nisbatan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Shaxsiy rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. OTM yoki ITMning ichki tartibi va qoidalarini buzganligi uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.

Shaxsiy ish rejalarini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi.

Quyidagilar oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini belgilaydigan asosiy talablar hisoblanadi:

a) falsafa doktorlari uchun (PhD):

umumilmiy va aniq tarmoq tadqiqotlarining metodologiyasini egallagani, muammoni malakali tarzda aniqlashi va asoslay olishi, ilmiy ma’lumotlar va materiallarni maqsadli tarzda izlay olishi, tahlil qilishi, tizimlashtirishi va umumlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

tadqiqot natijalariga asoslanib muammo mazmunini bayon qila bilishni, ilmiy xulosalar va tavsiyalarni aniq va lo‘nda ifodalay olishi;

ilmiy natijalarni amaliyotda joriy etish uchun taqdim qila olishi;

b) fan doktorlari uchun (DSc):

ixtisoslik bo‘yicha chuqur fundamental bilimlarga ega bo‘lishi;

fundamental tadqiqotlarni yuqori saviyada bajara olishi va muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ilmiy-amaliy muammolarni yecha olishi;

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari (PhD) ro‘yhati

      №

   Familiyasi, ismi,                      sharifi

Tug‘ilgan      yili

                                Ixtisosligi

           Ilmiy maslahatchi

1-bosqich

doktorantlar

      1.

       Irisov Xusniddin                  Doniyorovich

1979

05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ”

B.P. Shaymardanov

texnika fanlari doktori, professor

       2.

   Abdumuminova Diana          Temurlan  qizi

1991

05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ”

Sh.U.Yuldashev

texnika fanlari doktori, professor

       3.

        Yarashov Javlon                Adamboevich

1985

05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”

T.Z.Sultanov

texnika fanlari doktori, dotsent

      4.

Adjimuratov Dilmurad  Serikxanovich

1986

05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”

A.A.Yangiev

texnika fanlari doktori, dotsent

       5.

O‘ljaev Faroxiddin Baxridinovich

 

1988

05.09.07 – “Gidravlika va muxandislik gidrologiyasi”

D.R.Bazarov

texnika fanlari doktori, professor

      6.

Norkulov Bekzod  Eshmirzaevich

1983

05.09.07 – “Gidravlika va muxandislik gidrologiyasi”

D.R.Bazarov

texnika fanlari doktori, professor

      7.

Urazbaev Ilxom Kenesbaevich

1989

06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

M.X.Xamidov

qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor

     8.

Eshmatov Sirojiddin  Keldiyarovich

1981

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

O‘.P.Umurzakov

iqtisod fanlari doktori, professor

      9.

Razzakov Ruslan  Ishkulovich

1983

11.00.05 – “Atrof–muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

A.T.Saloxiddinov

texnika fanlari doktori, professor

     10.

Mukimova Dilrabo Inatovna

1975

13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi”

Z.K.Ismailova

pedagogika fanlari doktori, professor

mustaqil izlanuvchilar

1.

Choriev Bekzod Siddikovich

 

1985

05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar”

A.Muxammadiev

texnika fanlari doktori, professor

2.

Raupov Turgun Abduvaitovich

 

1985

05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”

B.P. Shaymardanov

texnika fanlari doktori, professor

3.

Xuramova  Xadicha  Mamadovna

 

1971

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

F.Nazarova

iqtisod fanlari doktori, professor

4.

Kim Sergey Robertovich

 

1990

11.00.05 – “Atrof–muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

A.T.Saloxiddinov

texnika fanlari doktori, professor

5.

Fayzullaeva Malika  Nigmatulla kizi

 

1990

11.00.05 – “Atrof–muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

A.Ramazanov

qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor

2-bosqich

doktorantlar

1.

Rixsibaeva Xurshida Mirkamilovna

1985

05.01.01– “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi”

D.F.Kuchkarova

texnika fanlari doktori, professor

2.

Axmedov Islombek G‘ulomjonovich

1988

05.09.07 – “Gidravlika va muxandislik gidrologiyasi”

A.M.Arifjanov

texnika fanlari doktori, professor

3.

Nosirov Farxod Erkinovich

1968

06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

B.S.Serikbaev

texnika fanlari doktori, professor

4.

Yunusov Iskandar Orifovich

1980

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

U.P.Umurzakov

iqtisod fanlari doktori, professor

5.

Xoliyorov Umirzoq Ergashovich

1983

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

X.A.Baxretdinova iqtisod fanlari doktori, professor

6.

Reymov Mamanbek Polatovich

1990

11.00.05 – “Atrof–muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

7.

Mustafoeva Durdona Asilovna

1975

13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi”

Z.K.Ismailova

pedagogika fanlari doktori, professor

8.

Qurbonboev To‘lagan Omarboevich

1982

05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar”

A.Yusubaliev

texnika fanlari doktori, profesor

9.

Axmedov Sherzodbek Anvarxon o‘g‘li

1984

05.07.01– “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ”

A.A.Axmetov

texnika fanlari doktori, ppofessor

mustaqil izlanuvchilar

1.

Sultanov Mansur

1981

05.07.01– “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ”

K.A.Sharipov

texnika fanlari doktori, professor

3-bosqich

doktorantlar

1.

Achilova Dilnoza Axmatovna

1984

05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi”

D.F. Kuchkarova

texnika fanlari doktori, professor

2.

Choriev Jamshid Muzaffarovich

1977

05.09.06 – “Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi”

M.R. Bakiev

texnika fanlari doktori, professor

3.

Ishchanov Javlonbek Kurbanbaevich

1989

06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

M.X.Xamidov

qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor

4.

Shaymanov Nizomiddin Omankulovich

1979

06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

F.A.Baraev

texnika fanlari doktori, professor

5.

Jumanov Azamat Norbutaevich

1981

06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

F.A.Baraev

texnika fanlari doktori, professor

6.

Xamidov Fayzullo Ramazanovich

1965

06.01.10 – “Er tuzilishi, kadastr va yer monitoringi”

S.Avezbaev

iqtisod fanlari doktori, professor

7.

Raxmataliev Muzaffar Eshdavlatovich

1984

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

S.Umarov

iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

8.

Fayzullaev Rustam Xamraevich

1974

13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi”

Z.K.Ismailova pedagogika fanlari doktori, professor

mustaqil izlanuvchilar

1.

Juraev Umid Anvarovich

1984

06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

M.X.Xamidov

qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor

2.

Urakov Sayfiddin Muxiddinovich

1964

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

O‘.P.Umurzakov

iqtisod fanlari doktori, professor

3.

Umurzakov Sardor O‘ktamovich

1977

08.00.06- “Ekonometrika va statistika”

B.A.Begalov

iqtisod fanlari doktori, professor

4.

Qambarova Nigora Anvarovna

1968

05.07.02-“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash”

M.Toshboltaev

texnika fanlari doktori, professor

 

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari (DSc) ro‘yhati

Familiyasi, ismi, sharifi

Tug‘ilgan yili

Ixtisosligi

Ilmiy maslahatchi

1-bosqich

doktorantlar

1.

Boqiev  Abdujalol Abdulxamitovich

1960

05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar”

A.Radjabov

texnika fanlari doktori, professor 

2.

Shafkarov Baxrom Xudoyberdievich

1981

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

U.P.Umurzakov

iqtisod fanlari doktori, professor 

3.

Pulatov Baxtiyor  Alimovich

1985

11.00.05 – “Atrof–muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”

3-bosqich

doktorantlar

1.

Li Marina Rudolfovna

1977

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

2.

Pirimov Odil Juraevich

1978

05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar”

A.Yusubaliev

texnika fanlari doktori, professor

mustaqil izlanuvchilar

1.

Atakulov Tuxtamurod Umarovich

 

1973

08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”

Sh.A.Toshmatov

iqtisod fanlari doktori, professor

2.

Xamidov Axmadxon Muxammadxonovich

 

1982

06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”

A.T.Saloxiddinov texnika fanlari doktori, professor