TIQXMMI dunyo nigohida

TIQXMMI dunyo nazarida (Institut faxriy mehmonlari kitobidan ko‘chirma - SARALANGAN)

T/R

F.I.Sh

Sana

Davlat

OTM/Tashkilot nomi

Lavozimi

Bildirilgan fikr

Kozlov Dmitriy Vyacheslavovich

18.02.2012

Rossiya

Moskva davlat atrof-muhit muxandisligi  universiteti

Rektor

Xurmatli O‘zbekistonlik do‘stlarim! Rossiyalik gidrotexnik hamkasblaringiz nomidan o‘zimning samimiy tilaklarimni yo‘llashga ijozat bergaysiz. Gidrotexnika hamda melioratsiya tarmoqlaridagi uzoq yillik boy tajribangizni yoshlarga o‘rgatayotganingiz va uni saqlab kelayotganingiz uchun sizlar bilan fahrlanaman. Ilm sohasida taraqqiy etib kelayotgan bugungi O‘zbekistonga ulkan zafarlar, yangi muvofaqqiyatlar va sohamiz bo‘yicha yangi yuqori salohiyatga ega kadrlarni tayyorlashda omadlar tilab qolaman. Eng samimiy va ezgu tilaklar bilan  Moskova davlat atrof-muhit muxandisligi  universiteti rektori.

Yuriy Shterk

18.01.2013

Evro Ittifoq

O‘zbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqining

Evropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiya raxbari

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutidagi mening qadrdon do‘stlarim! Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan muhim loyihaning O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari hususan sizning institutingiz bilan boshlayotganimdan va mustahkam aloqalarni o‘rnatish arafasida turganimdan juda mamnunman. Hamkorlikda boshlagan ishlarimizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Jeremiy Byord (Jeremy Bird)

21.03.2013

Shri Lanka

Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti

Mutaxassis

Markaziy Osiyo xalqlari manfaati uchun barqaror suv resurslarini boshqarishda umumiy maqsad yo‘lida harakat qilayotgan TIMI va IWMI o‘rtasida davomiy va mustaxkam hamkorlik aloqalarini tilab qolaman. Sizning mehmondo‘stligingiz va men bilan bo‘lishgan ma’lumotlaringiz uchun tashakkur.

Yoxanes Xolzner (Johannes Holzner)

Germaniya

Vaynshtefan-Trizdolf universiteti

Qishloq xo‘jaligi kafedrasi professori

Xurmatli Prof.Umurzakov!

Sizning mexmondo‘stligingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Kelgusida OTM larimiz o‘rtasida mustaxkam do‘stona aloqalarni bo‘lishiga tilakdoshman. Vaynshtefan-Trizdolf universitetining eshiklari Siz va sizning jamoangiz uchun hamisha ochiqdir.

AAron Vulf

(Aaron Wolf)

3.04.2013

AQSh

Oregon davlat universiteti

Professor

Va nihoyat dunyoga mashhur bo‘lgan bu dargohga tashrif buyurish baxti nasib etdi. Institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvni intizorlik bilan kutmoqdaman hamda kelgusida birgalikda amalga oshiradigan ishlarimiz haqida o‘ylamoqdaman. Iliq qarshi olganingizdan minnatdorman.

Xubert Gizen (Hubert Gijzen)

Jakarta

YuNESKO

YuNESKONING Jakartadagi rahbari

Eng mashhur hamda yuqori salohiyatga ega bo‘lgan institutingizga taklif qilganingiz uchun tashakkur. Suv barqaror kelajakni qurish uchun mudofaa masalasi bo‘ladi. Shunday qilib, sizning institutdahamda ilm-ta’lim sohasida olib borayotgan ishlaringiz barqaror rivojlanishning asosi hisoblanadi. Bunday ishlarni bardavom bo‘lishini tilab qolaman. Mehmondo‘stligingiz uchun tashakkur aytaman.

Yair Shamir

(Yair Shamir)

27.06.2014

Izroil

Qishloq xo‘jaligi va rivojlanish vazirligi

Qishloq xo‘jaligi va rivojlanish vaziri

Mazkur ta’lim muassasasida bir necha soatgina bo‘lganimga qaramay menda juda katta ta’surot qoldirdi. Bu xuddiki issiq kunda muzdak suv ichkanday misoli. Isroil kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotganingiz hamda texnologiyalaridan foydalanayotganingiz uchun sizlardan minnatdorman.

Mixail Brodi (Michael Brody)

20.12.2014

AQSh

Vashington amerika universiteti

Atrof muhit fanlari kafedrasi professori

Institutingiz laboratoriyalari hamda talabalari bilan uchrashishga muvofaq bo‘lganimdan hamda ularga taqdimot o‘tkazganligimdan juda ham mamnunman. Kelgusida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatilishiga ishonchim komildir.

Viktor Duxovniy

Ilmiy ma’lumot markazi rahbari

Professor

Mazkur institutning tarixi nafaqat O‘zbekiston balki butun Markaziy Osiyo suv resurslarini rivojlanishiga borib taqaladi. Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda yosh olimlar yaratgan bu maktab O‘zbekistonda suv xo‘jaligi uchun muhim rol o‘ynaydi. Ana shunday o‘ziga hos bo‘lgan bu dargohga omad tilab qolaman.

Naytxart Xyofer-Vissing

8.06.2016

Germaniya

Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi

Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi

Institutingizda meni iliq kutib olganligigizdan juda ham minnatdorman. Bu yerda ko‘rganlarimdan juda ham hayratlandim. Elchixona hamisha Sizga hamda mazkur dargohga yerdam berishga tayyordir. Kelgusida bardavom hamkorlik hamda ishlaringizga ulkan muvofaqqiyatlar tilab qolaman.

Yan Vi Matxi

(Ian Wi Mathi)

Kolumbiya

Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI)

IWMI Kolumbiya filiali rahbari

Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslrini boshqarish bo‘yicha bildirilgan taklif hamda yechimlar uchun barchangizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Mazkur dargoh O‘zbekiston hamda boshqa davlatlar uchun irrigatsiya tarmoqlari bo‘yicha yangi yuqori salohiyatga hamda bilimga ega bo‘lgan yosh kadrlarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.

Markus Tuukkanen (Markus Tuukkanen)

3.12.2016

Finlandiya

Finlandiya suv forumi

Finlandiya suv forumi ijrochi direktori

Yuqori tajriba va malakali xodimlarga ega mazkur dargohga tashrif buyurganimdan boshim osmonga yetdi. Institutingiz ilmiy salohiyatini yoritib beruvchi ko‘rsatilgan taqdimot meni bu bilim dargohi bilan hamkorlikda ishlash uchun katta turtki berdi. 

Niklas Lindkvist (Niklas Lindqvist)

28.03.2017

Finlandiya

Finlandiya davlatining O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalaridagi elchixonasi

Muhtor elchi

O‘zbekiston Respublikasiga hususan mazkur institutga tashrif buyurganimdan juda ham mamnunman. Mamlakatlarimiz o‘rtasida mustahkam do‘stona aloqalarni o‘rnatilishiga tilakdoshman.

Yaroslav Siro

06.04.2017

Chexiya

Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi

Elchi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga tashrif buyurganimdan boshim osmonga yetdi. Umid qilamanki kelgusida olib borayotgan xamkorligimiz mustahkam hamda bardavom bo‘ladi.

Mixail Valeriy Leonidovich

18.04.2018

Rossiya

Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti

Rektor

Institutdagi hamkasblarimga eng samimy va ezgu tilaklarimni tilab qolaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik abadiy bo‘lsin, ta’lim hamda ilm-fandagi hamkorlikda erishib kelayotgan yutuqlarimiz ko‘payaversin.

Xuan Fan

(Xuaan Fan)

12.01.2018

Shvesiya

Texnologiya Qirollik instituti (Royal Institute of Technology)

Geodeziya va kosmik aniqlik kafedrasi dotsenti

Men doim O‘zbekistoning yetakchi OTM biri bo‘lgan TIQXMMIga kelishimdan zavq olaman. Men davomli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tarafdoriman.

Badarx Dendev

(Badarch Dendev)

O‘zbekiston

YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi

Ijtimoiy transformatsiya va intellektual dialog bo‘limi boshlig‘i

Suv – hayot manbai. Ushbu institut nafaqat O‘zbekistonda, balki regionda ham muhim oliy ta’lim dargohi hisoblanadi. Men O‘zbekistonning tinchlik va farovonligi yo‘lida institutning jahon standardlariga mos ta’lim va tadqiqot faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolaman! Hurmat ila Badarx Dendev.

Tlektes Yespolov

Qozog‘iston

Qozog‘iston davlat agrar universiteti

rektor

TIQXMMIning yosh olimlari bilan uchrashuv menda yaxshi taassurot qoldirdi. Bo‘lajak hamkorliklarimiz haqida bo‘lishimiz uchun minnatdorchilik bildiraman. QozDAU qoshida yaratilgan agrotexnologik XAB institutingiz bilan samarali va davomli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha umid qiladi. Hurma ila QozDAU rektori

Kizyaev Bori Mixaylovich

23.05.2018

Rossiya

A.N. Kostyakova nomidagi Butun Rossiya gidrotexnika va melioratsiya ilmiy tadqiqot institut

(RAN akademigi)

Ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha rahbar (Ilmiy rahbar)

TIQXMMIning mutaxassis tayyorlash maktabi Rossiya va butun dunyo irrigatorlar jamiyatida yuqori qadrlanadi. A.N. Kostyakova nomidagi Butun Rossiya gidrotexnika va melioratsiya ilmiy tadqiqot institut tadqiqotchilari nomidan TIQXMMI professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilariga ulkan zafarlar va ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. TIQXMMIning 1962 yil bitiruvchisi sifatida faxrlanaman.

Guang Z.Chen(Guang Z.CHEN)

AQSh

Jahon banki

Bosh direktor

Maftunkor mamlakatingizga birinchi tashrifimda TIQXMMIga iashrif buyurish men uchun ulkan zavq bag‘ishladi. Sizlarga dunyodagi barcha ezgu tilaklarni tilab qolaman

Jason Krutz

(Jason Krutz)

AQSh

Mississippi shatati universiteti

Suv resurslari tadqiqoti instituti direktori

Yuqori salohiyatga ega bo‘lgan bunday oliy dargohga tashrif buyurish men uchun katta sharafdir. Institutingizga ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib to‘g‘risi juda taa’jubga tushdim. Kelgusida birgalikda ilmiy va ta’lim bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borishimizga tilakdoshman.

Volkov Andrey Anatolevich

20.04.2019

Rossiya

Moskva davlat qurilish universiteti

Rektor

Mehmondo‘st o‘zbek yerida bugungi hamkorlikdagi ishlarimizni chuqur hurmat hamda quvonch bilan boshlanganligidan juda ham mamnunman. Ishonch bilan ayta olamani bu dargox bilan xamkorligimiz uzoq yillar davlm etadi.

Fatima Guadamillas Gomez

(Fatima Guadamillas Gomez)

08.05.2019

Ispaniya

Kastila La Mancha universiteti

Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor

Institutlarimiz o‘rtasida imzolangan bugungi o‘zaro anglashuv memorandumi kelgusida kuchli va mustahkam aloqa vazifasini bajarishiga ishonchim komildir. Suv resurslarini boshqarish sohasida biz bilan ulashgan boy tajribangizni o‘zimizning mamlakatda boshqalar bilan ham o‘rtoqlashamiz.

Juli Dordan

(Julie B. Jordan)

14.05.2019

AQSh

Mississippi shatati universiteti

Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor

Mississippi shatati universiteti mazkur bilim dargohi bilan hamkorlik aloqalarini boshlash arafasida turganidan bag‘oyatda xursanddir! Boshlayotgan hamkorligimizni bardavom bo‘lishini tilab qolaman. Mexmondo‘stligingiz uchun minnatdorman.

Ovchinnikov Aleksey Semenovich

18.06.2019

Rossiya

Volgagrad davlat agrar universiteti

Rektor

OTMlarimiz o‘rtasida erishilgan do‘stona aloqalar va hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Institutni yanada yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilishini tilayman. Ilm-fan hamda ta’lim unisversitetlarimizni kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.