Bo'lim haqida

"Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash  va monitoring" bo'limi mudiri

Hayitov Xolmurod Jamardovich

+998-71-237-09-85

E-mail: x.xayitov@tiiame.uz

 

 


«Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring» bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, amaldagi Mehnat Kodeksi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib ish ko‘radi.

«Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring» bo‘limining maqsadi

Ta’lim xizmatlari bozorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini is’temolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

«Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring» bo‘limining faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazoratga olish

  1. «Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring» bo‘limining faoliyati Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori tasarrufida bo‘ladi.
  2. «Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring» bo‘limi o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi.
  3. «Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring» bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
  4. «Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring»bo‘limi faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinadi.

“Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash  va monitoring” boʻlimi 

Choriyeva Shaxlo Eshnazarovna

Тел: +998-71-237-09-85

 

 

 

“Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash  va monitoring” boʻlimi 

Djoniqulova Barno Musulmonqulovna

Тел: +998-71-237-09