International Projects

                                                                                                                     

                          Change Academy project (Oliy Ta’limda Bandlik, Oliy Ta’limni O‘qitishda Sifat, Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishdagi yutuqlar)- 87-03-4626

Loyiha muddati: 2019-2022

Advance HE, Britaniya Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xalqaro loyihasi

O‘zbekiston Respublikasidagi hamkorlar:

Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti va O‘zbekistonning 9 ta Oliy O‘quv Yurtlari

TIQHMMI dan koordinator: Prof. Mirzaev B.S

A’zolar : Xodjaev D., Kattakulov F., Begov F., Nulloev U., Mamatkulov Z.,Eshchanova G., Reymov M.

Change Academy bu bitiruvchilarning erishgan natijalari, yetakchilik va boshqarishga yo‘naltirilgan moliyaviy, akademik va tashkiliy avtonomiyaga yo‘naltirilgan oliy o‘quv yurtlari (OTMlar) uchun salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan loyihasidir. Bu har qanday yoshdagi va professional va akademik xizmatdagi 8 kishidan iborat jamoalarga mo‘ljallangan. Change Academy intensiv ravishda 2,5 kunlik seminar-treninglarni (LEAPs) ish asosidagi loyihalar, veb-seminarlar va boshqa masofadan qo‘llab-quvvatlash va milliy ko‘rgazma tadbirlarini birlashtiradi, professional tarmoqlar va virtual o‘quv muhiti ham shular jumlasidandir.


                                         

Bu loyixa orqali qatnashuvchilar Buyuk Britaniyaning Oliy Ta’limni qo‘llab-quvvatlash agentligi Advance HE mutaxassislari bilan, Buyuk Britaniya OTMlaridagi tajribali hamkasblarimiz tarmog‘idan va O‘zbekistondagi biznes va akademiyalardan mutaxassislar bilan ishlashga yaxshi imkoniyatini berdi. Change Academy ning tamoyili shundaki, u tizimli, barqaror, kuchli o‘zgarish yakka maqsadlar bilan bog‘langan bo‘lib, ammo shaxsiy mutaxassislik doiralaridagi jamoalar bilan avtonom tarzda tarmoqlar orqali ishlashda ham samara beradi. Institutsional o‘zgarish o‘rta va tashqi tomondan yo‘naltirilgan bo‘lib, u yaxlit va shaffofdir. O‘zgarish asosiy strategiyaning bir qismi bo‘lishi kerak; xatti-harakatlar, munosabat va amaliyotni o‘zgartiradigan yangi pozitsiyani va insonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan tizimlar, tuzilmalar va jarayonlarning rivojlanishi ma’nosini anglatuvchi operatsion tizim bo‘lishi lozim.

Nima uchun aynan Shange Academy ? Loyihaning maqsadlari

  • Change Academyning maqsadi (tanlangan) davlat oliy o‘quv yurtlari guruhiga tashkiliy, moliyaviy va akademik barqarorlikka erishish uchun tegishli (etakchilik, boshqaruv) imkoniyatlarini berishdir:
  • Bitiruvchilarni yaxshi ish bilan ta’minlab berish, ishga joylashish va tadbirkorlik uchun tanlov va natijalarga erishish uchun biznes va oliy o‘quv yurtlarining yaxlit ishlashiga ko‘maklashish yetakchilik, boshqaruv va tashkiliy rivojlanishni yaxshilash maqsadida davlat, xususiy va xalqaro institutlarlarni umumiy o‘rganish va o‘sishni ta’minlashdir.

Ta’kidlash kerakki, 2019 yil 11-13 dekabr kunlari Britaniya Kengashi Xalqaro Biznes Markazida Change Academyning (Oliy ta’limda ish bilan ta’minlanganlik) loyihasi doirasida xalqaro seminar tashkil etildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan vazir o‘rinbosari U.Begimkulov va Britaniya Kengashi direktori Richel Irland tomonidan kirish so‘zlari bilan boshlandi. Ular o‘z chiqishlarida loyiha maqsadlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berishdi va loyiha g‘oliblarini tabriklashdi. TIQHMMIni o‘z ichiga olgan ushbu xalqaro loyiha uchun 10 ta institut tanlandi.

                                                        

Seminar kun tartibiga muvofiq OTMlarda ta’lim sifatini oshirish, bandlik muammolari, bitiruvchilarning ish qobiliyatini rivojlantirish, samarali o‘qitish, sifat nazorati, 21-asr ko‘nikmalari, SWOT va PESTLE ko‘nikmalarini oshirish faoliyatlarga qaratildi. Britaniya Kengashining oliy o‘quv yurtlaridagi loyihalaridagi tajribalari ham tahlil qilindi. Savol-javoblar davomida mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashning ahamiyati, o‘qitishning modernizatsiyasi va ta’limda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ushbu loyihada TIQHMMI ning 8 a’zosi faol ishtirok etishdi. Seminar-treningda samarali va qiziqarli bo‘ldi, chunki Oliy Ta’lim imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga bir qator yechimlar taklif qilindi. Loyihada orttirilgan tajriba va fikrlar bilan o‘rtoqlashish, loyihaning keyingi bosqichlarini aniqlashga xizmat qildi.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot: ://www.britishcouncil..uz/en/programmes/education/higher-education-employability.

http://youtu.be/rfmMeWMzgWM  English as a Medium Instruction.

                                                                                                                                 

                                                             Britaniya Kengashining va Norvich Til O‘qitish Instituti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorligidagi xalqaro loyixasi

Hamkor davlatlar:

O‘zbekiston, Kozog‘iston, Armeniya, Azerbayjon, Gruziya, Ukraina va Turkiya

Loyixa muddati: 2019-2022

O‘zbekiston Respublikasidan Hamkorlar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Ta’lim Vazirligi, Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Instituti, O‘zbekistonning 17 ta nofilologik Oliy Ta’lim Muasasalari

TIQHMMI dan koordinator : Prof. Mirzaev B.S

A’zolar : Eshchanova G., Boyirov R., Choriev J.

Ma’lumki, Britaniya kengashi ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi va bir nechta oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda Maxsus Fanlarni Ingliz tilida maqsadli o‘qitishga yo‘naltirilgan EMI- English as a Medium Instruction (Ingliz tili Maxsus Instruksiyalar orqali) loyixasini amalga oshirib kelmoqda. O‘quv dasturlarini maxsus maqsadlarda o‘qitishda xorijiy tajribaga tayangan holda o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, Buyuk Britaniyadan mutaxassislar ishtirokida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan maslaxat uchrashuvlar, vebinar va seminarlar tashkil etish loyiha ning asosiy maqsadlaridan xisoblanadi. Loyiha ishtirokchilari Norvich Til O‘qitish Institutining platformasida https://mycourses.nile.elt.com/ NILE forum kursiga a’zo bo‘lishgan.

                                                        

Ta’kidlash kerakki, 2019 yil 14-15 oktyabr kunlari Britaniya Kengashi Xalqaro Biznes Markazida EMI - English as a Medium Instruction - Ingliz tili Maxsus Instruksiyalar orqali (Maxsus Fanlarni Ingliz tilida o‘qitish) loyihasi doirasida xalqaro seminar tashkil etildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan vazir o‘rinbosari U.Begimkulov va Britaniya Kengashi direktori Richel Irland tomonidan kirish so‘zlari bilan boshlandi. Ular o‘z chiqishlarida loyiha maqsadlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berishdi va loyiha g‘oliblarini tabriklashdi. TIQHMMIni o‘z ichiga olgan ushbu xalqaro loyiha uchun 18 ta institut tanlandi.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nofilologik oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan ingliz tilini o‘qitish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan loyixani xamkorlikda amalga oshirish asosiy masalalardandir. Loyixa doirasida Institut kutubxonasiga Britaniya Kengashi xalqaro tashkiloti tomonidan mutaxassislikni o‘rgatishga qaratilgan zamonaviy va xorijiy adabiyotlar tagdim etilish arafasida.

                                                       

Maxsus Fanlarni Ingliz tilida maqsadli o‘qitishga yo‘naltirilgan loyixa doirasida Institut kutubxonasiga Britaniya Kengashi xalqaro tashkiloti tomonidan mutaxassislikni o‘rgatishga qaratilgan zamonaviy va xorijiy adabiyotlar tagdim etilish arafasida. Ushbu loyiha Norvich Til O‘qitish Instituti ekspertlarining boy tajribasini Maxsus Maqsadlar uchun Mutaxassis fan o‘qituvchilariga fanlarini ingliz tilida o‘qitishlari uchun kasbiy rivojlanishlarida yordam berish, O‘zbekiston va chet el mamlakatlarida aloqa o‘rnatish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Loyiha haqida to‘liq ma’lumot:// http://www.gazeta.uz/ru/2019/10/18/higher-ed/

 https://mycourses.nile.elt.com/      www.britishcouncil.org.uz

                                                                                                                     

             EnSPIRE-U English for Specific Purposes Integrated Reforms in Uzbekistan)- Maxsus Maqsadlarda Ingliz tili O‘zbekistonda Interallashgan Reformalar 87-04-1622

                                                                                                   Britaniya kengashining xalqaro loyixasi

Loyixa muddati: 2015-2019

O‘zbekiston Respublikasidan Hamkorlar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Ta’lim Vazirligi, Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Instituti, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti xuzuridagi Respublika Ilmiy Amaliy Innovatsion Markazi, O‘zbekistonning 33ta nofilologik Oliy Ta’lim Muasasalari

Loyiha ishtirokchilari : Begov F., Eshchanova G.

Ma’lumki Britaniya kengashi ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda ingliz tilini maqsadli o‘qitishga yo‘naltirilgan EnSPIRE-U loyixasini amalga oshirib kelmoqda. O‘quv dasturlarini va o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, Buyuk Britaniyadan mutaxassislar ishtirokida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan maslaxat uchrashuvlar va seminarlar tashkil etish loyixaning asosiy maqsadlaridan xisoblanadi.

                                                        

Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nofilologik oliy ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan ingliz tilini o‘qitish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan loyixani xamkorlikda amalga oshirish asosiy masalalardandir. Ushbu xalqaro loyihada Ingliz tili kafedrasi mudiri F.Begov katta o‘qituvchi G.Eshchanovalar “Mashinasozlik” va “Menejment” yo‘nalishlari bo‘yicha sillabuslarni xalqaro ekspertlar ko‘magida yaratishdi va OO‘MTVga taqdim etishdi. Loyixa doirasida Institut kutubxonasiga Britaniya Kengashi xalqaro tashkiloti tomonidan mutaxassislikni o‘rgptishga qaratilgan zamonaviy va xorijiy adabiyotlar tagdim etildi.

                                                             

Loyiha haqida to‘liq ma’lumot://  english.edu.uz/ESP course  www.britishcouncil.org.uz

                                                                                                                                                         

                                                               O‘rta Osiyo Agro o‘rmon xo‘jaligida Teraklar - ekish materiallaridan foydalanishgacha

                                               ICRAF (Butunjahon Agroo‘rmonxo‘jaligi Markazi) xalqaro loyihasi GIZ/BEAF orqali BMZ tomonidan moliyalashtirilgan

Hamkor davlatlar: Germaniya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston

Loyihaning muddati: 2019-2021

O‘zbekiston Respublikasidagi sheriklar: Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti, Toshkent O‘rmon xo‘jaligi Instituti

TIQXMMIdan koordinator: Prof.Mirzaev B.S.,

A’zolari: Nulloev U., Eshchanova G.

Ma’lumki, teraklar Markaziy Osiyoning agro-o‘rmonchilik tizimidagi asosiy daraxt turlaridan biri hisoblanadi. O‘rta Osiyoning barcha mamlakatlari o‘rmondan kambag‘al mamlakatlar bo‘lganligi sababli, o‘zlarining ichki yog‘och ehtiyojlarining katta qismini tez o‘sadigan daraxtlar, teraklar, shuningdek Paulovniya, agro o‘rmonchilik tizimida yoki plantatsiyalarda bo‘lishiga qaramay, tobora ko‘proq e’tiborni jalb qilmoqda. Yaqin o‘tmishda O‘rta Osiyo mintaqasi uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yangi terak klonlari ishlab chiqarildi. Shu sababli, 2017 yilda Butunjahon Agroo‘rmonxo‘jaligi Markazi, Markaziy Osiyo vakolatxonasi bilan, ularning o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir qator klonlarni o‘rganishni boshladi. Endi bu dasturlar GIZ/BEAF granti orqali BMZ tomonidan 2019 va 2020 yillarda moliyalashtiriladi.

                                                  

Bundan tashqari, ushbu “ O‘rta Osiyo agro o‘rmon xo‘jaligida teraklar - ekish materialidan foydalanishgacha ” loyihasi doirasida daraxtzorlarning shamollari buzilishi sharoitida ularning ishlashini sinab ko‘rish uchun mavjud maydonlardan bir qator daraxtlarni qishloq xo‘jaligi landshaftiga olib chiqish rejalashtirilgan. Ushbu seminar davomida tadbir uchun rejalar tuziladi, oxir-oqibat, teraklardan olish mumkin bo‘lgan mahsulotlar taxlil qilinadi va teraklar paydo bo‘lishi ko‘rib chiqiladi.

                                                       

Ta’kidlash joizki, 2019 yil 7-9 oktyabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahri, Baytiq Baatir ko‘chasi, 34/1 “Siti” mehmonxonasida ushbu xalqaro loyixa doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarning maqsadi xamkorlarni birlashtirish va birinchi navbatda turli tajriba uchastkalarida olingan o‘sish sur’atlari, hosil berish potentsiali va boshqa tegishli tajribalarni taqdim etish edi, shunda barcha ishtirokchilar uchastkalarda klonning ishlashi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishdi. Buning asosida istiqbolli klonlar guruhlari oldindan belgilandi va 2020 va undan keyingi yillarda uchastkalarni boshqarish rejalari ishlab chiqildi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun : //http://www.worldagroforestry.org/country

                                                                                                                                                       

                 

UzTESPING project (Uzbekistan Teachers of English for Specific Purposes Integrated Networking Group )- O‘zbekistonda Maxsus Maqsadlar uchun Ingliz tili O‘qituvchilarining Integrallashgan Tarmoqlar guruhi) 87-04-2472

Loyixa muddati 2018-x.v.

O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti xuzuridagi Respublika Ilmiy Amaliy Innovatsion Markazi va Britaniya kengashining xalqaro loyixasi

O‘zbekiston Respublikasidan Hamkorlar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Ta’lim Vazirligi, Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muxandislari Instituti, O‘zbekistonning 29 nofilologik Oliy Ta’lim Muasasalari

TIQHMMI dan koordinator : Prof. Mirzaev B.S

A’zolar: Begov F., Nulloev U., Eshchanova G.

Ma’lumki, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti xuzuridagi Respublika Ilmiy Amaliy Innovatsion Markazi va Britaniya kengashining ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi va boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda ingliz tilini maqsadli o‘qitishga yo‘naltirilgan UzTESPING loyixasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu loyiha Maxsus Maqsadlar uchun Ingliz o‘qituvchilariga kasbiy rivojlanishlarida yordam berish, O‘zbekiston va chet el mamlakatlarida aloqa o‘rnatish uchun imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan. UzTESPING loyihasi bizning milliy islohotlarimiz talablariga javob berib, uchta yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Materiallarni tayyorlash, Maxsus Maqsadlar uchun Ingliz bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va shu maqsaddagi o‘qituvchilar ehtiyojlariga javob berish.

                                                                  

Loyiha Maxsus Maqsadli Ingliz tili o‘qituvchilarining ehtiyojlari uchun treninglar, uchrashuvlar va vebinarlarni tashkil etishdan iborat bo‘lib, u nafaqat butun O‘zbekiston bo‘ylab, balki chet el mamlakatlarida ham aloqa o‘rnatish uchun imkoniyat yaratadi.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, 2019 yil 20-noyabr kuni Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Institutida (TIQXMMI) UzTESPING (O‘zbekistonda Maxsus Maqsadlar uchun Ingliz tili O‘qituvchilarining Integrallashgan Tarmoqlar guruhi) loyihasi doirasida xalqaro seminar tashkil etildi. Halqaro anjumanni institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Prof.Bahodir Mirzaev ochiq deb e’lon qilib, rahbar o‘z nutqida TIQXMMIdagi fakultetlar, Maxsus Maqsadlar uchun Ingliz tili mutaxassisliklari, erishilgan ulkan yutuqlar va xalqaro loyihalar haqida ingliz tilidagi batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Prorektor UzTESPING loyihasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Respublika Ilmiy-Amaliy Innovatsion Markazi (RIAIM) va Britaniya kengashi tomonidan tashkil etilganligini ta’kidlab, seminarga tashrif buyurgan mehmonlar va loyiha ishtirokchilari bilan tanishtirib o‘tdi. Halqaro seminarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Respublika Ilmiy-Amaliy Innovatsion Markazi (RIAIM) Bo‘lim boshlig‘i Prof.Abbos Iriskulov, RIAIM loyiha menejeri va treneri Svetlana Xan, Britaniya Kengashidagi ta’lim va ingliz loyihalari koordinatori Saida Irgasheva, Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universitet katta o‘qituvchisi Mandana Arfa va 30 ga yaqin Maxsus Maqsadlar uchun Ingliz tili institutlari qatnashdilar

                                                      

Kun tartibiga binoan, Maxsus Maqsadlar uchun Ingliz tilini samarali o‘qitish, 21-asr mahoratlari, Britaniya Kengashining oliy o‘quv yurtlarida olib borayotgan loyihalari, Flipped Learning, Blended Learning, Maxsus Maqsadlarda Ingliz tilini o‘qitishdagi muammolar va yechimlar, AKT sohasidagi ilg‘or tajribalar va shu maqsaddagi o‘qituvchilar uchun imkoniyatlar mavzularida taqdimotlar tinglandi. Savol-javoblar jarayonida hozirgi kun mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashning ahamiyati, Maxsus Maqsadlarda Ingliz tilini o‘qitish tizimini modernizatsiyalash va ta’limga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Seminarning yakuniy bosqichida muvaffaqiyatli taqdimotchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.TIQXMMIdagi halqaro seminarda Maxsus Maqsadlarda Ingliz tilini o‘qitishdagi mavjud muammolarga bir qator yechimlar taklif etilganlini anjumanningsamarali va muvaffaqiyatli o‘tkazilganligidan dalolat beradi. Seminar jarayonidagi orttirilgan tajriba va fikrlar almashinuvi halqaro loyihaning keyingi bosqichlarini aniqlab olishga yaqindan yordam berdi.

Loyiha haqida to‘liq ma’lumot:  //www.uscpic.uz.