Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi

 

Imomov Shavkat Jaxonovich  

Bo'lim boshlig'i

тeл: +99871 237 19 61

 

 

ITI va IPKT bo‘limning maqsadi, vazifalari:

- ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishini tashkil etish va muvofiqlashtish;

- qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi mavjud ilmiy-texnik muammolarni hal qilishda institut olimlari ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga keng jalb etish yo‘li bilan institutda tayyorlanayotgan mutaxassislar saviyasini oshirishga ko‘maklashi;

- institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etish;

- byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;

- ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilishi;

- tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;

- institut kadrlar tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida doktorantlarning faoliyatini yagona dastur asosida rivojlantirib, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.

Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida ma’lumot

Institutning 2018 yilgi ilmiy-tadqiqot rejasida Respublikamiz agrar sohasi uchun bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan 7 ta ilmiy muammolarga asosan olib boriladi. Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 3 ta fundamental, 17 ta amaliy, 1 ta innovatsion hamda 2 ta yosh olimlar amaliy grant loyihalari, 3 ta boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik hamda xo‘jalik shartnomalari, 59 ta Davlat byudjeti hisobidan tashabbuskor ilmiy ishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Ilmiy-uslubiy ishlar

Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida institut olimlari tomonidan jami 8 ta monografiya, 6 ta darslik, 32 ta o‘quv qo‘llanma, 52 ta uslubiy ko‘rsatmalar, 35 ta tavsiyanoma chop etilib, 17 ta patent va avtorlik guvohnomalari olinib, 12 ta ishlanmaga talabnomalar rasmiylashtirilgan. Chop etilgan ilmiy maqolalar soni 545 ta bo‘lib, shundan respublika jurnallarida 115 ta, chet el ilmiy jurnallarida 87 ta, xalqaro anjumanlar 243 ta, respublika anjumanlar to‘plamlarida 101 tani tashkil etadi.

Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2017 yildagi 4958-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 22.05.2017 yil 304-sonli Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida institutda ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda Institutda 32 nafar jumladan, 1-kursda 13 nafar, 2-kursda 9 nafar va 3-kursda 10 nafar doktorantlar faoliyat yuritishmoqda. Shuningdek 45, yoshgacha bo‘lgan o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 147 nafarga yaqin yosh o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha yo‘l xaritalari tasdiqlandi.

 

 

 

 

2015-2018 yillarda institutimizda 18 ta fan doktori va 20 ta PhD dissertatsiyalari himoya qilindi:

1. Sultanov Taxirjon Zakirovich, 05.23.07 va 01.02.03 ixtisosliklari bo‘yicha “Inshootning fazoviy va chiziqsiz deformatsiyalanishini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullari”.

2. Murodov Rustam Anvarovich, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “Suv iste’molchilari uyushmalarida irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida foydalanishning texnologik asoslari”.

3. Mirzaev Baxadir Suyunovich, 05.07.01 ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston sharoitida tuproq eroziyasiga qarshi ishlov beradigan texnologiyalar va texnik vositalarni takomillashtirish”.

4. Isaqov Abdusaid Jalilovich, 05.05.07 ixtisosligi bo‘yicha “Agrosanoat kompleksini qayta tashkil etish sharoitida energetik servis”.

5. Abduvaliyev Abdukaxor Abdulxayevich, 05.02.04 va 05.11.01 ixtisosliklari bo‘yicha “Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish, o‘lchash yagonaligini ta’minlash va muvofiqligini baholash tizimlarini takomillashtirish”.

6. Omarova Galiya Edilbekovna, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik ekinlarini GATdan foydalangan holda sug‘orishning resurstejamkor usullari, texnikasi va texnologiyasining ilmiy asoslari (Qozog‘iston Respublikasi janubiy va janubiy-sharqiy hududlari misolida)”.

7. Yangiev Asror Abdixamidovich, 05.09.06 ixtisosligi bo‘yicha “Yuqori bosimli gidrouzellarda uyurma shaxtali suv tashlagichlar konstruksiyasini, hisoblash asoslarini takomillashtirish va ularning foydalanish davridagi ishonchliligi”.

8. Radkevich Mariya Viktorovna, 11.00.05 ixtisosligi bo‘yicha “Avtomobil-yo‘llar kompleksining havo muhitiga ta’sirini baholash”.

9. Isaev Sabirjan Xusanbaevich, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “G‘o‘za va g‘allani subirrigatsiya usuli bilan sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish”.

10. Imamov Shavkat Jahonovich 05.05.06 va 05.07.01 ixtisosliklari bo‘yicha “Qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan biogaz va o‘g‘it olish jarayoninig texnologik asoslari” (DSc).

11. Jo‘raev Umid Anvarovich, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “Kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasini biologik usulda pasaytirish va undan sug‘orma dehqonchilikda foydalanish” (PhD).

12. Sherov Anvar Gulamovich, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “Sug‘orma dexqonchilikda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suvdan tejamli foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish” (DSc).

13. Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich, 01.02.04 ixtisosligi bo‘yicha “Katta deformatsiyalarni e’tiborga olgan holda o‘zgaruvchi qalinlikka ega bo‘lgan qovushqoq-elastik yupqa qobiqli konstruksiyalarning dinamik hisobi nazariyasi va usullarini rivojlantirish” (DSc).

14. B.Po‘latov – 12.06.2015 y. (Shvesiyaning Lund Universiteti) (PhD).

15. Q.Nurmetov – 26.06.2015 y. (Slovakiyaning Nitra universiteti) (PhD).

16. A.Xamidov – 07.2015 y. (Germaniyaning Gumbolt universiteti) (PhD).

17. G‘.Bekmirzaev – 18.02.2017 y. (Fransiyaning Lill universiteti) (PhD).

18. Umarov Suhrob Rustamovich, 08.00.04 ixtisosligi bo‘yicha “Suv xo‘jaligi tizimida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish” (DSc).

19. Shukurova Sevara Egamkulovna, 05.09.06 ixtisosligi bo‘yicha “Uyg‘unlashgan damba bilan bir tomonlama siqilgan oqim qonuniyatlari” (PhD).

20. Qaxxorov O‘ktam Abduraximovich, 05.09.06 ixtisosligi bo‘yicha “Poymadagi ko‘ndalang dambalar bilan simmetrik siqilgan oqim qonuniyatlari” (PhD).

21. Raximov Qudratjon Tashbotirovich, 05.09.07 ixtisosligi bo‘yicha “Daryo cho‘kindilarining naporli tizimlardagi gidrotransporti” (PhD).

22. Axmedov Ulug‘bek Qamarbekovichning, 08.00.04 ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq joylarida uy xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish faoliyatini rivojlantirish” (PhD).

23. Igamberdiev Askar Kimsanovich, 05.07.01 ixtisosligi bo‘yicha “G‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekishni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnikaviy yechimi” (DSc).

24. Koshekov Rashit Majitovich, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “Suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning tashkiliy-texnologik asoslarini ishlab chiqish” (DSc).

25. Umurzakov Sardor Uktamovich, 08.00.14 ixtisosligi bo‘yicha “G‘aznachilik organlarining integrallashgan axborot tizimlari faoliyatini optimal tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish” (PhD).

26. Lakaev Shuxrat Saidaxmatovich, 01.01.01 ixtisosligi bo‘yicha “Panjaradagi ikki zarrachali sistemaga mos Shredinger operatori xos qiymati va rezonanslari” (PhD).

27. Egamberdieva Shaxnoza Abdurashidovna, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “Birgalikda yetishtirilayotgan g‘o‘za va dukkakli ekinlarning ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi va texnologiyasi (Andijon viloyati sharoitida)” (PhD).

28. Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovich, 08.00.04 ixtisosligi bo‘yicha “Himoyalangan yer sabzavotchiligini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish” (PhD).

29. Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, 13.00.05 ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi (Texnika oliy ta’lim muassasalarining “Kasb ta’limi” yo‘nalishlari misolida)” (DSc).

30. Xidirov San’atjon Quchqorovich, 05.09.07 ixtisosligi bo‘yicha “Suv chiqarish inshootlarining pastki beflaridagi mustahkamlash elementlariga oqimning gidrodinamik ta’siri” (PhD).

31. Fatxulloev Alisher Mirzotilloevich, 05.09.07 ixtisosligi bo‘yicha “Tuproq o‘zanli sug‘orish kanallarida oqim harakati dinamikasi” (DSc).

32. Ergashev Rustam Raximovich, 05.09.06 ixtisosligi bo‘yicha “Sug‘orish tizimlari nasos stansiyalarining gidromexanik jihozlari ishonchliligini ta’minlash” (DSc).

33. Lapasov Xurshid Olimjonovich, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “O‘tloqi – bo‘z tuproqlar sharoitida istiqbolli “Paxtakor-1” g‘o‘za navining suvtejamkor texnologiyasi (Jizzax viloyati misolida)” (PhD).

34. Rajabov Nurmamat Qudratovich, 06.01.02 ixtisosligi bo‘yicha “Tipik bo‘ztuproqlar sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali navlarini yetishtirishning maqbul agrotexnologiyalarini ishlab chiqish” (PhD).

35. Narbaev Sharafatdin Kengeshovich, 08.00.04 ixtisosligi bo‘yicha “Yaylovlardan foydalanish tizimini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi materiallari misolida)” (PhD).

36. Yuldoshev Baxtiyor Shodmonovich, 05.09.06, 01.02.04 ixtisosliklari bo‘yicha “Gruntning namligini va noelastik xususiyatlarini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini baholash va prognozlash usullarini ishlab chiqish” (PhD).

37. Hayitov Xolmurod Jamardovich, 05.09.06 ixtisosligi bo‘yicha “Bir tomonlama poymali daryolarda ko‘ndalang dambalarni hisobiy asoslash usullarini takomillashtirish” (PhD).

38. Xalikova Nargiza Abduvalievna, 05.07.02 ixtisosligi bo‘yicha “Motor moylarini oksidlanish mahsulotlaridan tozalash qurilmasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash” (PhD).

 

Institut talabalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar tanlovida qo‘lga kiritgan natijalari

2017-2018 o‘quv yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Navoiy va Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalari tanlovlarining 1 va 2-bosqichlarida talabalarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdilar:

2017 yilda Respublika bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Beruniy hamda Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalari tanlovlarining 2-bosqichida quyidagi natijalarga erishildi:

“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligi 2 bosqich magistranti Batirov Shavkat G‘afurovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi.

“Erdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti, “Er tuzish va yer kadastri” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich, 8-guruh talabasi Amankulova Xilola Vaxobjon qizi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibasi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich, 3-guruh talabasi Xusanbaeva Xusnora Sobirjonovna - Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi.

“Erdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti, “Er tuzish va yer kadastri” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich, 8-guruh talabasi Boyqulov Jo‘rabek Xaitmurodovich - Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sohibi.

“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti, “Menejment” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi 3 bosqich, 2-guruh talabasi Raxmatova Muxlisa Abdug‘ani qizi - Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibasi.

 

O‘quv yili davomida respublika miqyosida e’lon qilingan turli tanlovlarda ham talabalarning ishtiroki ta’minlangan. Jumladan,

“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti, “Iqtisodiyot” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishining 2 bosqich, 1-guruh talabasi Yo‘ldoshboev Baxtiyor Baratboy o‘g‘li - “Qori-Niyoziy” nomidagi stipendiyasi sohibi.

Yoshlar ittifoqi, institut kasaba uyushmasi, fakultetlar dekanatining qo‘llab quvvlatlashi bilan 2017 o‘quv yilida 6 nafar institutimiz talabalaridan:

“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti, “Menejment” (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishining 4 bosqich, 5-guruh talabasi Qo‘ldoshov Ikromjon Raxmat o‘g‘li;

“Iqtisodiyot va menejment” fakulteti, “Buhgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi, 4 bosqich, 3-guruh talabasi Tursunboev Ulug‘bek Shuxrat o‘g‘li;

“Gidromelioratsiya” fakulteti, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishining 4 bosqich, 8-guruh talabasi Ergashev Jamshid Zoid o‘g‘li;

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishining 4 bosqich, 3A-guruh talabasi Nurmaxamatov Nodirbek Rashidovich;

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti, “Gidrotexnika qurilishi” ta’lim yo‘nalishining 3 bosqich, 5-guruh talabasi Ulashov Shahzod Shokir o‘g‘li

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti, “Irrigatsiya tizimida suv energiyasidan foydalanish” ta’lim yo‘nalishining 2 bosqich, 8-guruh talabasi Xaydarov Javohir Ro‘ziqul o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmasi”ning stipendiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritishgan.