Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli qarorining 7-bandi hamda 2017 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3207-sonli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi boʻlimi Nizomi va har yili institut rektori tomonidan tasdiqlangan boʻlimining yillik ish rejasiga muvofiq yuritadi. Institut Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshiradi:

Boʻlimning asosiy maqsadlari:

- institut iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy loyiha va grantlarga keng jalb etishni tashkil etish boʻlimidir;

- iqtidorli talabalar va magistrantlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini taʼminlash;

- kafedralar, fakulʼtetlarda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarish;

- kalabalarga oʻz iqtidorini roʻyobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash;

- kafedralarda olib borilayotgan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishiini taʼminlash;

-“Eng yaxshi talaba ilmiy ishi” tanlovini tashkil qilish va oʻtkazish;

- iqtidorli talabalarni doimiy ragʻbatlantirib borish va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stependiyasi uchun oʻtkaziladigan tanlovga yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish;

- kasbiy tayyorgarlik boʻyicha ularning ijodiy, intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatga keng ilmiy jamoatchilikni jalb qilish;

- talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish va boshqalar.

Boʻlim quyidagi vazifalarni bajaradi:

- ilmiy faoliyatga qiziqqan mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-oʻqtuvchilarga biriktirish;

- iqtidorli talabalarni ilmiy va yaratuvchanlikka oʻrgatish va maxsus stipendiyaga tavsiya etish;

- talabalar orasida yangi startaplar, tanlovlar uchun maqola va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash hamda chop etishning muhim jihatlari boʻyicha talabalar ishtirokida ilmiy seminarlarni tashkil etish;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Navoiy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va chet tili fanlaridan qoʻshimcha darslarni tashkillashtirish

- institut boʻyicha iqtidorli talabalarni aniqlash boʻyicha monitoring oʻtkazish, talabalar ilmiy jamiyatlari faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish

- iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni “Iqtidorli talabalar” markazi qoshida birlashtirish

- Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun oʻtkaziladigan tanlovga 30-yoshgacha boʻlgan yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish

- iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish

- iqtidorli talabalar uchun chet tili, informatsion texnologiya va internetdan foydalanish boʻyicha maxsus mashgʻulotlarni tashkil etish.

- oʻqishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida monitoring oʻtkazish

- fakultet va kafedralarning tasdiqlangan Talabalar ilmiy jamiyati ish rejasini umumlashtirish

- talabalar ilmiy jamiyati ilmiy rahbarlari va fakultet dekanlari tavsiyalari bilan iqtidorli talabalardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stependiyalari tanlovi ishtirokchilari guruhini shakllantirish

- iqtidorli talabalar faoliyati boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish

- har chorakda fakultet kesimida TIJ anjumanini oʻtkazish “Eng yaxshi talaba ilmiy ishi” tanlovi gʻolibini aniqlash va uni ragʻbatlantirish

Temirova Zoxida

Ilxomjon qizi

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi  metodisti


Telefon: (+99871) 237-19-78, (+99871) 237-09-46

Elektron manzil: tiiame.iqtidorli.talaba@umail.uz