Ilmiy tadqiqot faoliyati

Bugungi kunda institutimizda 484 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ularning 42 nafari fan doktorlari, professorlar, 173 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 269 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir. Professor-o‘qituvchilar tarkibida O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademigi 1 nafar, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining muhbir a’zosi 1 nafar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari 1 nafar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimlari 2 nafar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigatorlar 2 nafar, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari 3 nafar bo‘lib, asosiy shtatlar bo‘yicha ilmiy salohiyat 44,4 % ni tashkil etadi.

Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, olingan va erishilayotgan natijalar ishlab chiqarishga, o‘quv jarayoniga tadbiq etilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ular 7 ta ustuvor ilmiy yo‘nalish muammolariga bo‘lingan:

1. Sug‘orish suvini tejaydigan texnologiyalar, gidromeliorativ tizimlardan samarali foydalanish va sug‘oriladigan yerlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

2. Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish, hisoblash, loyihalash va xavfsizligini ta’minlash asoslarini ishlab chiqish;

3. Gidromeliorativ ishlarni bajarish texnologiyalari, mashina va jihozlarini modernizatsiyalash, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, resursini tiklash va ta’mirlash;

4. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash texnologiya va texnikalarini mukammallashtirish;

5. Qishloq va suv xo‘jaligida energiya samaradorlik va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish texnologiyalari;

6. O‘zbekiston Respublikasi yer resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish uslublarini takomillashtirish asoslarini ishlab chiqish;

7. Sug‘orma dehqonchilikda yer va suv resurslaridan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

 

Davlat ilmiy-texnika dasturlari va xo‘jalik shartnomalari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

Institutning 2018 yilgi ilmiy-tadqiqot rejasida Respublikamiz agrar sohasi uchun bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan 7 ta ilmiy muammolarga asosan olib boriladi. Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining 3 ta fundamental, 17 ta amaliy, 1 ta innovatsion hamda 2 ta yosh olimlar amaliy grant loyihalari, 3 ta boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik hamda xo‘jalik shartnomalari, 59 ta Davlat byudjeti hisobidan tashabbuskor ilmiy ishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. 19 ta Davlat granti asosidagi amaliy tadqiqotlar, umumiy qiymati 1436,558 mln.so‘m, 3 ta Davlat granti asosidagi fundamental tadqiqotlar, umumiy qiymati 187,387 mln.so‘m, 1 ta Davlat granti asosidagi innovatsion loyihalar, umumiy qiymati - 100,0 mln.so‘m, 3 ta boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy tadqiqotlar, umumiy qiymati - 100 mln.so‘m. Jami 2018 yilda ilmiy-tadqiqot ishlariga institutda 1823,945 mln.so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘ jalb etilgan.