Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi​​

Bo‘lim boshlig‘i

Sarimsaqov Maqsudxon Mo‘sinovich

Tel: 71 237 19 61

 

 


IIIT bo‘limini tashkil etish:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3698-sonli qarorining 1 va 3 bandlari ijrosini hamda O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 5 iyuldagi 594-sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida institut rektorining 2018 yil 3 avgustdagi 600 A/F-sonli buyrug‘i bilan ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda 601 A/F-sonli buyrug‘i bilan Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘lim Nizomi tasdiqlangan.

IIIT bo‘limi Nizomi:

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi mablag‘larini jalb etish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash, tanlab olish va Innovatsion rivojlantirish vazirligiga taklif kiritish hamda iqtisodiyot tarmoqlariga tijoratlashtirish tartibini belgilaydi.

Innovatsion Kengash:

Ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik ish hamda innovatsion ishlanmalar natijalarini iqtisodiy aylanmaga (fuqarolik muomalasi) ga kiritish.

Qishloq va suv xo‘jaligi, uni mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, suv xo‘jaligi hamda yer resurslarini boshqarish va iqtisodiyoti, gidritexnika qurilishi va gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash mutaxassisliklari bo‘yicha texnika fanlarini rivojlanishini ta‘minlash talablaridan kelib chiqqan holda ustuvor, istiqbolli va ilg‘or ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni belgilash, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yich ilmiy tadqiqot ishlarining bazasini shakllantirishni amalga oshirish, institute professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish bo‘yich jamoaviy tuzilma hisoblanadi.

IIIT bo‘limining maqsadi, vazifalari:

- ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishini tashkil etish va muvofiqlashtish;

-innovatsion jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovini tashkillashtirish;

- ilmiy laboratoriyalarni moddiy-texnik ta‘minlash (ilmiy-laboratoriya uskunalari, harajat materiallari va komplektlarni sotib olish);

- institutning innovatsion faoliyati doirasida yaratilgan, mualliflik huquqi (patent) asosida xorijda ham rasmiylashtiriladigan mahsulot va xizmatlar, shu jumladan intellectual mulk ob‘ektlari ro‘yxatini ishlab chiqish;

- innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy tadqiqot va eksperimintlar o‘tkazish, maxsus uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun nufuzli ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlarida, shu jumladan xorijda qisqa muddatli (1 oygacha) ilmiy stajirovkalarni o‘tkazishda tadqiqotchi va talabalarni tanlab olish;

- innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, granular va hayriya mablag‘larini tijoratlashtirishdan tushadigan mablag‘larni jalb qilish;

- bank depozitiga innovatsion fond mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan ularni boshqarish;

jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun tizimli monitoring olib boorish.

- institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni sohaning iqtisodiy tarmoqlarga joriy qilish va tijoratlashtirishni tashkil etish;

- byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;

- tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;