ICHKI NAZORAT VA MONITORINGT BO‘LIMI

Monitoring va ichki nazorat

bo‘limi boshlig‘i S.Umarov

tel: 99871-237-09-83

elektron pochta: timinazorat@inbox.uz

 

«Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi 1997 yil tashkil topgan. Bo‘limga 1997-1998 yillarda professor  S.Avezbaev; 1998-2000  y y. prof. S.Sulaymonov; 2001 y. - dos. R.Abduraupov; 2001-2003 yy. dos. A.Muxammedov, 2003-2015 yy. dos. X.Shukurlaev, 2015-2017 y. X.Lapasov, 2017 yil iyun oyidan dotsent S.Umarov rahbarlik qilmoqda.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z faoliyatini:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-sonli qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqdash haqida»gi 140-sonli qarori;

- Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28 avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan);

- O’zDSt 1157-2008, USD SORD Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablarga muvofiq tuzilgan bo‘lib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilish hamda bo‘limning Nizomiga qat’iy amal qilgan holda olib boradi.

«Monitoring va ichki nazorat» bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va Hay’at qarorlarining bajarilishi, fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalar hamda institut Ilmiy kengashining qarorlari, institut rektorining buyruqlarini o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabul xonasi va institut rektorining virtual qabul xonalariga tushgan murojaatlar monitoringini olib boradi.