Elektron kitob ko'rgazmalari

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan

ELEKTRON KO‘RGAZMA

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/zulfiya-001.jpg

2014 yil 31 oktyabr kuni Islom Karimov “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” qarorni imzoladi.

Qarorda shoiraning o‘zbek tilida “Saylanma” asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she’riy to‘plamlarini, “Zulfiya zamondoshlari xotirasida” kitobini chop etish hamda shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birgalikda, qarorda:

– O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida “Mustaqillik davri adabiyotida Zulfiya ijodining ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish;

– mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;

– 2015 yil mart oyida Toshkent shahridagi “Turkiston” saroyida ziyolilar, faol xotin-qizlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida shoira xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazish tadbirlari ko‘zda tutilgan.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklatilgan.

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/zulfiya-002.jpg

Zulfiyaning hayoti va ijodi

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi. O‘zbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabdan so‘ng pedagogika institutida va aspiranturada ta’lim olgan.


Tarjimai hol

Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharla’l Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda, hunarmand oilasida tug‘ilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931-1934) adabiy to‘garaklarga qatnashib, she’rlar mashq qiladi.
1935-1938 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.

1938-1948 yillarda nashriyotlarda muharrir, bo‘lim boshlig‘i, 1950-1953 yillarda esa «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat») jurnalida bo‘lim boshlig‘i, 1953-1980 yillarda esa bosh muharrir bo‘lib ishladi. Zulfiya 17 yoshida nashr etilgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.

Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil avgustida vafot etgan.

Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi.
Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo‘ldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o‘tkazilgan birinchi konferensiyasida qatnashib, mashhur «Mushoira» (1958) asarini yaratdi.

Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira N.A.Nekrasov, M.Yu.Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. U Mehnat Qaxramoni ham edi.

Faoliyati

Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi.
Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938) kabi poetik asarlarini ona Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni chog‘da, mazkur to‘plamlardagi she’rlari shoiraning mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.

Urush davrida «Uni Farhod derdilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning‘ peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu to‘plamdagi she’rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g‘alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir.

Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o‘rin olgan.

Shoiraning urushdan so‘nggi yillarda yaratilgan «Dalada bir kun» (1948), «Tong qo‘shig‘i» (1953) kabi she’rlar turkumi, shuningdek, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965) to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Uning «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) kabi ocherk va dostonlari Hamza, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotiralariga bag‘ishlangan.
Zulfiya H.Olimjonning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pesa va opera librettosini ham yaratgan.
Zulfiya «O‘ylar», «Shalola» kabi she’riy to‘plamlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharla’l Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Zulfiya asarlari

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/shalola.jpg

Зулфия

Шалола: Шерълар.-1 жилд.- (Асарлар: Уч жилдлик).- Тошкет: G‘офур G‘улом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.- 414 б.

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/zulfiya-003.jpg

Зулфия

Мушоира: Шерълар, достонлар, либретто, таржималар. -2 жилд.- (Асарлар: Уч жилдлик).- Тошкет: G‘офур G‘улом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.- 414 б.

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/zulfiya-004.jpg

Зулфия

Qуёшли qалам: Достон.- Тошкет: Камалак, 21 б.

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/zulfiya-005.jpg

Зулфия.

Тонг билан шом аро: Сайланма.-Тошкент: Шарк, 2006.-168 б.

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/zulfiya-006.jpg

Зулфия.

Строки памяти: Стихи и поэма.- Москва: Сов. писател, 1978. -197 с.

http://tiiame.uz/storage/web/source/1/Erkin/Elektron%20kutubxona/Zulfiya/zulfiya-007.jpg

Зулфия

Такое сердце у меня: Стихотворения и поэмы.-Ташкент: Изд. лит. и иск-ва им. Г.Гуляма, 1978.-374 с.