"Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish" bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifasi ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish va o‘qish zallari xizmati ARM fondidagi: bosma, elektron ko‘rinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi.

  • ABONEMENT – professor o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Abonementdan 332 ta professor-o‘qituvchilar, 81 ta ishchi-xodimlar ro‘yxatdan o‘tgan. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat ko‘rsatadi. Abonementga a’zo bo‘lish uchun xodimlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 1 dona 2x4 fotosurat, xodimlar bo‘limidan ma’lumotnoma kerak bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas. Abonementda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda respublikamizda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin.

An’anaviy xizmat turlari:

  • foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish;
  • adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga yetkazish;
  • adabiyotlarni uyga berish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;

 

ISh VAQTI:

Dushanba-juma  8:30 dan 16:30 gacha,

Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.

 

  • PROFESSOR-O‘QITUVChILAR O‘QUV ZALI – ilmiy ish bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zalda foydalanuvchilar uchun 32 ish joyi mavjud bo‘lib, shundan 14 tasi kompyuterlar bilan jihozlangan. Shuningdek, foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlaridan foydalanishlari uchun qo‘shimcha ish joylari ham ajratilgan. Foydalanuvchilar ARM kompyuterlari yoki shaxsiy kompyuterlari orqali Internet tarmog‘iga ulanishi mumkin. Professor-o‘qituvchilar o‘quv zalida ARMda mavjud avtoreferat va dissertatsiyalarning elektron nusxalari jamlangan. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar va o‘quv-qo‘llanmalar ham foydalanuvchiga taqdim qilinadi.

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • elektron hujjatlar;
  • elektron darsliklar;
  • kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshqalar.);
  • Lex.uz qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
  • mahalliy oynoma va ro‘znomalar bilan xizmat ko‘rsatish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;

 

ISh VAQTI:

Dushanba-juma  8:30 dan 16:30 gacha,

Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.

 

  • TALABALAR O‘QUV ZALI – talabalar uchun xizmat ko‘rsatib turgan zallarning eng kattasi hisoblanadi. Zaldan bir vaqtning o‘zida 130 kishi foydalanishi mumkin. Talabalar o‘quv zalining yordamchi fondi 4500 ga yaqin bo‘lib, unda foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, eng yangi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi Prezident asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnoma nashrlar: ensiklopediyalar (sohalarga oid), lug‘atlar jamlangan. Shuningdek, respublikamizda chop etiladigan vaqtli matbuot nashrlari bor. Foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlaridan foydalanishlari uchun qo‘shimcha ish joylari ham ajratilgan.

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
  • adabiyotlarni faqatgina o‘quv zalidan foydalanishga berish.

 

ISh VAQTI:

Dushanba-juma  8:30 dan 18:00 gacha,

Shanba 8:30 dan 15:00 gacha.

 

  • INTERNET VA KOMPYUTER ZALI – barcha toifadagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zalda foydalanuvchilar uchun 20 ish joyi mavjud bo‘lib barchasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Internet va kompyuter zali kompyuterlari ARM fondida mavjud to‘liq matnli elektron resurslar, CD va DVD shaklidagi resurslar va barcha sohaga oid adabiyotlar jamlangan. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar va videolavhalar ham foydalanuvchiga taqdim qilinadi.

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • elektron hujjatlar;
  • elektron darsliklar;
  • kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshqalar.);
  • Lex.uz qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
  • elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish.

 

ISh VAQTI:

Dushanba-juma  8:30 dan 16:30 gacha,

Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.

 

1-O‘QUV KUTUBXONASI – GM, SXAvaM, GTS, Ekonomika va YeF va YeK fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. 1-o‘quv kutubxona fondi 1765 nomda 36000 nusxa darslik va o‘quv-qo‘llanmalardan iborat. ARMga a’zo bo‘lish uchun talabalardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 2 dona 2x4 fotosurat, kontrakt to‘lov shartnomasidan nus’ha  kerak bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas.

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • talabalarni ARMga a’zo qilish;
  • adabiyotlarni uyda foydalanish uchun berish.

 

ISh VAQTI:

Dushanba-juma  8:30 dan 16:30 gacha,

Shanba 8:30 dan 13:30 gacha.

 

2-O‘QUV KUTUBXONASI – QXM, QSXEA fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. 2-o‘quv kutubxona fondi 399 nomda 15677 nusxa darslik va o‘quv-qo‘llanmalardan iborat. ARMga a’zo bo‘lish uchun talabalardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 2 dona 2x4 fotosurat, kontrakt to‘lov shartnomasidan nus’ha  kerak bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas.

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • talabalarni ARMga a’zo qilish;
  • adabiyotlarni uyda foydalanish uchun berish.

 

ISh VAQTI:

Dushanba-juma  8:30 dan 16:30 gacha,

Shanba 8:30 dan 13:30  gacha.

 

  • TALABALAR TURAR JOYI ARM FILIALI – institut yotoqxonasida yashovchi barcha fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. Filial fondi 1873 nomda darslik va o‘quv-qo‘llanmalardan, 324 nomda  badiiy adabiyotlardan iborat. Foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, eng yangi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi Prezident asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnoma nashrlar: ensiklopediyalar (sohalarga oid), lug‘atlar jamlangan. Shuningdek, respublikamizda chop etiladigan vaqtli matbuot nashrlari bor.

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
  • adabiyotlarni faqatgina yotoqxona zalidan foydalanishga berish.

 

ISh VAQTI:

Dushanba-juma  18:00 dan 21:30 gacha,

Shanba 15:00 dan 17:30 gacha.