Anъаnаviy XIX - yosh olimlаr, mаgistrаntlаr vа iqtidorli tаlаbаlаrning ilmiy-аmаliy аnjumаni
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
“Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari”
AN’ANAVIY XIX - YOSH OLIMLAR, MAGISTRANTLAR VA IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-AMALIY ANJUMANI
14-15 may 2020 yil
Anjumanning asosiy maqsadi:
Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolarini yechish maqsadida ilmiy-uslubiy va huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash borasida yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama etish va ommalashtirishdan iborat.
2020 yilning 14 may kuni soat 10:00 da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Qishloq va suv xo‘jaliginnng zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XIX - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshlaydi.
Anjumanda quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda ish olib boriladi:
Sho‘ba |
Anjuman yo‘nalishlari nomi |
1. |
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish |
2. |
Suv resuslarini boshqarish, ekologiya va atrof muhit muhofazasi |
3. |
Gidrotexnika va Gidroenergetika muammolari |
4. |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash |
5. |
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash |
6. |
Qishloq va suv xo‘jaligining energetika va avtomatlashtirish sohalarida zamonaviy energotejamkor texnologiyalar |
7. |
Er resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish va muxofaza qilish |
8. |
Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy muammolar, menejment va marketing |
9. |
Qishloq va suv xo‘jaligi masalalarida matematik modellashtirish usullari va axborot texnologiyalarini qo‘llash |
10. |
Qishloq va suv xo‘jaligida hayot faoliyati xavfsizligi |
11. |
Qishloq va suv xo‘jaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik ma’naviy omillari |
Tashkiliy qo‘mita raisi, professor Umurzakov O‘ktam Pardaevichning tabrik so‘zi
-Konferensiya sayti: https://tiiame.uz/oz/page/anjuman
https://t.me/Yosh_olim_va_talabalar_anjumani
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar PDF
Maqollalar ro‘yxati: Microsoft Excel (.xlsx)
Maqolalarning to‘liq matni- https://drive.google.com/drive/folders/1_wzJZ2NdfvOFUJbxPvrT9KpPQYoXZhCZ
Maqolalarning prezentatsiyalari https://drive.google.com/drive/u/0/folders/1iEHxUhck4F0k4X_dPPwZidjhLz_e6re_
Maqolalar va taqdimotlar yuzasidan savol-javoblar:
Savol berish tartibi:
1. Savol beruvchi to‘g‘risida ma’lumot (F.I.Sh., ish joyi/fakulteti, kursi, telegram raqami);
2. Savol kimga yuborilishi kerak (maqola nomeri, maqola muallifining F.I.Sh.si, maqola mavzusi)
3. Savol yozish (ixtiyoriy shaklda) Masalan;
Akbarov Dilmurod; TIQXMMI magistranti; 912077555;
Maqola raqami 124; muallif: Nishanbaev N, Maqola mavzusi: INTENSIV BOG‘ KULTIVATORNING RIVOJLANISh MASALALARI.
Savol - Maqolangiz bilan tanishib chiqdim, rahmat. Savolim, siz keltirgan usul avvalgi usullardan nima uchun afzalligi maqolada keltirilmagan ekan shuni tushuntirib bera olasizmi?
4. Savolni yuborish 1-6 seksiyalar bo‘yicha telegram orqali @dakbarov (91 207-75-55), 7-11 seksiyalar bo‘yicha @MutalovAlisher (99 815-94-73) profillariga yuboriladi. Savollar maqola muallifiga yetkaziladi va javoblar ham ushbu profillar orqali sizga yuboriladi. Savol javoblar jarayoni 15 may soat 18.00 ga qadar davom ettiriladi.
KONFERENSIYaNING OChILIShI ZOOM ORQALI AMALGA OShIRILADI.
Podklyuchitsya k konferensii Zoom https://us02web.zoom.us/j/83320801748 Vremya: 14 maya 2020 09:00 AM Islamabad, Karachi, Tashkent
Parolsiz ulanadi
******************************************************************
Anjumanning ish tartibi:
2020 yil 14 may, payshanba
10:00 – 10:05. TIQXMMI rektori O‘.P.Umurzakovning tabrik so‘zi
Taqdimotlar:
10:05 – 10:14. Hafizov B. – 2 kurs magistrant, O‘zR Prezidenti stipendianti
Sovershenstvovanie organizatsionno - ekonomicheskogo mexanizma razvitiya innovatsionnыx protsessov v APK
10:14 – 10:23. Eshmatov S. – doktorant,O‘zR Prezidenti stipendianti
Meva –sabzavotchilikda terimdan keyingi boshqaruvni takomillashtirish
10:23 – 10:28. Imomov Sh.J. –Ilmiy tadqiqotlar innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
Anjumanning ish tartibi to‘g‘risida.
Murojaat uchun:
Akbarov Dilmurod @dakbarov (91 207 75 55), Mutalov Alisher @MutalovAlisher (99 815 94 73)