Yer resurslarini boshqarish fakulteti

Fakultet dekani

Narbayev Sharofiddin Kengeshovich

Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma: 14:00-16:00

tel.: +998-71-234-88-15

e-mail: narbayev_sh@mail.ru

www.lulc.tiiame.uz


Fakultet haqida

Fakultet 1945 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti (TIQXMII) tarkibida “Yer tuzish” nomi bilan tashkil etildi. Fakultet 2004 yildan 2018 yilga qadar Yerdan foydalanish va yer kadastri nomi bilan faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi 3702-sonli Qaroriga asosan hozirda “Yer resurslarini boshqarish ” nomi bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Fakultet respublikada yer tuzish, yer kadastri, geodeziya, geoinformatika, kartografiya va davlat kadastrlari sohalari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan hisoblanadi. Fakultet dastlab tashkil etilganda uning birinchi rahbari dotsent M.N.Maslov, keyinchalik esa professor P.K.Tatur, dotsentlar J.K.Baranov, V.S.Artamonov, A.N.Nazirov, A.T.Abdurazzoqov, professor O.Ramazonov, dotsent Q.Raxmonov, professor S.Avezbayev va dotsent Z.Muqimovlar yetakchilik qilishdilar. 2019 yildan buyon PhD dotsent Sh.Narbayev fakultetga rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet tarkibida dastlab bitta “Geodeziya” kafedrasi mavjud boʻlgan boʻlsa, keyingi yillarda “Yer tuzishni loyihalash”, “Qishloq aholi yashash joylarini loyihalash va obodonlashtirish”, “Aerofotogeodeziya”, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik”, “Yer tuzish va yer munosabatlari”, “Yer kadastri”, “Kartografiya” kafedralari tashkil etilgan.

Bugungi kunda fakultetda “Yerdan foydalanish”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Davlat kadastrlari” va “Oliy matematika” kafedralari faoliyat koʻrsatmoqda. Kafedralarda respublikamiz ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshayotgan olimlar va yetuk professorlar A.Chertoviskiy, S.Avezbayev, B.Xudoyorov, A.Altiyev, U.Nigmadjanov, dotsentlar Q.Raxmonov, I.Musayev, A.Babajanov, Sh.Narbayev, X.Xayitova, O.Koʻcharov, T.Ergashev, Sh.Lakayev, R.Oymatov, A.Inamov va malakali oʻqituvchilar talabalarga taʼlim-tarbiya berishmoqdalar. Fakultetda yer tuzish va yer kadastri, geodeziya va kartografiya sohalari boʻyicha ishlab chiqarish bilan uzviy aloqalarni taʼminlash, talabalarga bilim berish va professor - oʻqituvchilarning malakasini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil qilish maqsadida “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi va uning tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquv, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.