Xo'jalik bo'limi

Foydalanish texnika va xo‘jalik bo‘limi                                                   

Bo‘lim institutning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, kafedra, laboratoriya, ma’ruza xonalarida bilim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, talabalar uylarida yashash uchun zaruriy ijtimoiy-maishiy sharoitni ta’minlash uchun hizmat qiladi. Shuningdek, davlat mulkini asrab avaylash, saqlash institut xududida, o‘quv binolarida, talabalar uylarini tiklash-ta’mirlash ishlarini bajarib, xududni  ko‘kalamzorlashtirish  ishlarini  tashkillashtiradi. Foydalanish  texnika va xo‘jalik  bo‘limi  tarkibi  quyidagilardan  iborat

1 Bosh energetik

2 O‘quv ilmiy baza

3 O‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi

4 Qurilish guruxi

5 Issiqlik qozonxonasi

6 Mexanika  bo‘limi

Foydalanish texnika va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i

Bozorov Baxtiyor Xakimovich

Tel: +99871 237-19-82,    +99890 993-52-59

 

O‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi

Institutning o‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi tarkibiy qismi duradgorlik, mexanika, payvandlash va chilangarlik sexlaridan tashkil topgan bo‘lib, u yerda talabalarning  o‘quv  amaliyoti olib boriladi. Talabalarga amaliyotda mexanika, payvandlash va chilangarlik  mashg‘ulotlaridan  maxorat  darslari  o‘tkaziladi.

Shu  bilan  birga  o‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi ishchi xodimlari kafedra va bo‘limlardan kelib tushgan talabnomalar asosida ta’mirlash,tuzatish ishlarini olib borishadi. 

 

Murojaat uchun: O‘quv ishlab-chiqarish ustaxonasi mudiri

Bo‘ronov   Xayrulla  Xayitbaevich.

Tel: 237-19-03,  +99894 634-17-40

O‘quv ilmiy baza    

O‘quv ilmiy bazada mavjud avtotransport vositalari mobaynida institut tomonidan kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha  texnik  xizmat  ko‘rsatishni amlga oshirib  keladi. Bazada jami 13 ta transport vositasi mavjud bo‘lib, shundan 7 tasi o‘quv mashq mashinasi, 1 ta yuk tashish transporti, 1 ta xizmat ko‘rsatuvchi avtobus, 4 ta xizmatchi va navbatchi avtomashinalaridir. Transport vositalari mavsum xolatiga qarab tayyorlanib, yillik texnik va metrologiya ko‘riklaridan o‘tkaziladi.

Bazada “Yo‘l xarakati koidalari” xamda “Avtotrasport vositasining tuzilishi” ma’ruza xonalari mavjud bo‘lib, davlat standartlari asosida jixozlangan. Baza xududida “Estakada”, texnik xizmat ko‘rsatish yamasi, transportlarini saqlash  bokslari  mavjud.

Bundan tashqari o‘quv ilmiy  bazada institut talaba, xodimlari va boshqa fuqarolar  uchun “V” toifali xaydovchilarni tayyorlash kursi o‘z faoliyatini olib bormoqda. 2017 yil xisobiga YXX.B RIB ro‘yxatidan xozirgi kunda 6 ta gurux o‘tgan bo‘lib, har bir guruxda 25 tadan o‘quvchi taxsil olmoqda. Dars samaradorligini oshirish uchun 4 ta o‘qituvchi  va 7 ta instruktor faoliyat yuritmoqda. O‘quv kursi uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori bir o‘quvchi uchun 1600000 so‘mni tashkil etmoqda. Institut O‘quv ilmiy bazasi ko‘p yillardan  buyon minglab fuqarolar, talaba va ishchi xodimlar uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Murojaat uchun: O‘quv ilmiy baza boshlig‘i

Ziyatov Kurbanboy

Tel:  235-87-31  +99897 772-08-80