Talabalar turar joylari

Talabalar turar joyi Respublikaning uzoq viloyat va shaxarlaridan kelib  institutda  tahsil olayotgan  talaba va  magistrantlarini o‘qish vaqtida yotoqxona  joylari  bilan  ta’minlashga mo‘ljalangan.

Hozirgi kunda  institut uchta to‘qqiz qavatli  talabalar turar joyi va ikkita  yosh olimlar va tadqiqotchilar uyiga ega.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti  tarkibida  rivojlangan  infra  tuzilmaga ega bo‘lgan bitta mustaqil ish yurituvchi talabalar turar joylari mavjud.

*2-talabalar turar joyi

*3-talabalar turar joyi

*4-talabalar turar joyi

*Yosh  olimlar va aspirantlar uyi

Sharoiti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti  talabalar  turar joylarida  talabalarning  xayotini yaxshilash zamonaviy  axborot  texnologiyalari joriy etilayotgani talabalar turar joylarining moddiy-texnik  bazasi yangilanib to‘ldirilgan. Kompyuter  xonalari va axborot resurs markazi  filiali   bilan ta’minlangan.

2-3-talabalar turar joylari  xar bir yotoqxona  404 talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy  maydoni 8011 m2 dan iborat. Yotoqxona  9 qavatdan iborat. Yashash xonalari 202-tadan xonani tashkil qiladi.

4- talabalar turar joyi  400 talabaga mo‘ljallangan bo‘lib,  uning umumiy  maydoni 7991 m2 ni tashkil  etadi. Yotoqxona 9 qavatdan  iborat. Jami yashash xonalari  soni 160 tadan iborat bo‘lib, 80 ta seksiyani  tashkil etadi.

Xar 4 talabaga bir seksiya ajratilgan bo‘lib, seksiya 2 xonadan iborat. Katta xona dam olish uchun, kichik  xona esa ovqatlanish  va dars tayyorlash  uchun mo‘ljallangan. Xar seksiyada aloxida yuvinish xonasi (dushxona) va xojatxona mavjud. Seksiyalar mebellar bilan jixozlangan. Yotoqxonaning  xar bir qavatida 2 tadan oshxona  va talabalar uchun xar bir qavatda dazmollash xonasi, kir quritish xonasi, dam olish xonasi mavjud. Ma’naviyat-ma’rifat xonalarida  talaba yoshlarimiz  yurtimizda va jaxonda bo‘layotgan voqea va xodislardan xabardor bo‘lishlari uchun 8 turdagi  gazeta jurnallar bilan ta’minlangan.

MANZIL:

Manzil: Toshkent shaxar Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 1-uy.

Yo‘nalishlari: Xamid Olimjon metro stansiyasi, Minor metro stansiyasi, avtobuslar 2, 89, 95, 38, 88 gidrometsentr bekati.

2-Talabalar turar joyi boshlig‘i

Mullajonov Iskandar Tadjiboevich

Telefon 8(371)237-19-28

Manzil: Toshkent shaxar Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 1-uy.

3-Talabalar turar joyi boshlig‘i

Qurbonov Ilhomjon O‘rinovich

Telefon 8(371)237-19-12

Manzil: Toshkent shaxar Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 1-uy.

4-Talabalar turar joyi mudirasi

Aminova Raima Asattullaevna

Telefon 8(371)237-19-92