Magistratura bo'limi

«Magistratura bo‘limi» boshlig‘i

Yangiyev Asror Abdihamidovich

Texnika fanlari doktori, professor

tel: (71) 237-22-09.

Email: magistr@tiiame.uz

 

 


Magistratura bo‘limi haqida

Institutda bugungi kunga kelib “Magistratura bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi PF–5789-son «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-son qarori asosidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 2-apreldagi 116-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan  “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom” ga  muvofiq faoliyat olib borilmoqda.

Institutda magistratura mutaxassisliklariga mas’ul bo‘lgan kafedralarda magistrantlarning o‘quv jarayoniga eng yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, ya’ni fan doktorlari va professorlar, fan nomzodlari va dotsentlar shuningdek, ishlab chiqarishda yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali amaliyotchilar ham jalb etilgan. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kafedralar tasarrufida bugungi kunga kelib jami 120 nafar malakali pedagog xodimlar, mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarga malakaviy ko‘nikma hosil qilishda ma’ruzalar o‘qish, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni, malakaviy amaliyotlar va stajirovkalarni o‘tishda ilmiy pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. 2019-2020 o‘quv yiliga kelib institutda jami 30 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlandi, 2020-2021 o‘quv yilida esa 34 ta magistratura mutaxassisliklari, jumladan 6 ta halqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida  magistrantlar tayyorlanmoqda, bunda yangi zamonaviy mutaxassisliklar ham ochilganligi inobatga olingan.

  1. 5A230201 - Menejment (suv xo‘jaligida)
  2. 5A230401 - Marketing (suv xo‘jaligida)
  3. 5A233001 - Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
  4. 5A310201 – Elektr ta’minoti (suv xo‘jaligida)
  5. 5A311001 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (suv xo‘jaligida)
  6. 5A313401 - Geodeziya va  geoinformatika
  7. 5A410701 - Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish
  8. 5A430101 - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)
  9. 5A430501 - Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti
  10. 5A340701 - Gidrotexnika inshootlari (suv xo‘jaligida)
  11. 5A430502 - Suv xo‘jaligida Smart (intellektual) o‘lchash tizimlari va asboblari
  12. 5A450101 - GES qurilishi va ulardan foydalanish
  13. 5A450202 - Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
  14. 5A450205 - Gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish
  15. 5A450206 - Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari
  16. 5A450207 - Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish
  17. 5A450301 - Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
  18. 5A450401 - Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi
  19. 5A450402 - Nasos stansiyalaridan foydalanish va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi
  20. 5A630201 - Suv xo‘jaligida ekologiya xavfsizligi
  21. 5A230901 - Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  22. 5A312101 - Energiya tejamkorligi va energoaudit (suv xo‘jaligida)
  23. 5A312401 - Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
  24. 5A141104 - Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi
  25. 5A640101 - Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (qishloq va suv xo‘jaligida)
  26. 5A340704 - Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil etish va texnologiyasi
  27. 5A310106 - Mini va mikro gidroelektrostansiyalar
  28. 5A110802 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  29. 5A630101 - Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro er va suv resurslaridan foydalanish)
  30. 5A630101 - Atrof-muhit muhofazasi (geoaxborot tizimlari)
  31. 5A630101 - Atrof-muhit muhofazasi (qishloq va suv xo‘jaligida)
  32. 5A450208 – Suv sifatini boshqarish
  33. 5A430503 - Intellektual datchiklar va texnologiyalar
  34. 5A430401-Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi

TA’LIM JARAYONI VA ILMIY FAOLIYAT

Magistrlar tayyorlashda ta’lim jarayoni bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya jarayonini rivojlantirish maqsadida turli ilmiy seminarlar tashkil etilib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Magistrantlar o‘zlari bajaradigan magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha fan-taraqqiyotining oxirgi yangiliklaridan xabardor bo‘lishlaridan kelib chiqib, Respublika va xalqaro ko‘rgazmalarida ham faol ishtirok etish bilan birgalikda har yili tashkillashtirilib kelinayotgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi”da magistrantlar qatnashib mamlakatimiz olimlari tomonidan ilgari surilayotgan ilmiy g‘oyalar, ishlanmalardan xabardor bo‘lishmoqdalar.

Magistratura ta’lim jarayonida mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar institutdan tashqari ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot institutlari sharoitida ham olib borilishi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bularga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot instituti” va “Fizika-Quyosh” IICHB, “O‘zergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “O‘zsuvloyiha” OAJ, “O‘zgidromet” markazi “O‘zGIP” MCHJ, “Gidroproekt” AJ, “Uzbekgidroenergo” AJ, “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti”, “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi, Tabiatni muhoqaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, “Suvmash” AJ, “Texnolog” AJ kabi tashkilotlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 26 noyabrdagi 2734-sonli “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”ga buyrug‘iga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida ta’lim va ilm fan vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi majlisida berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlash maqsadida institut rektorining buyrug‘i hamda Ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan tuzilgan DASTUR asosida birinchi marotaba magistirlik dissertatsiya mavzulari bo‘yicha stajirovkani o‘tash Ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari tashkil qilindi. Magistratura bo‘limi tomonidan amaliyot kundaligi, yo‘llanma va barcha kerakli xujjatlar tayyorlab berildi.

O‘QUV JARAYONINING TASHKIL QILINISHI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10-sentyabrdagi 190-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 2-apreldagi 116-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizom asosida magistraturada o‘quv jarayoni olib borilmoqda.

Institutda barcha magistratura mutaxassisliklariga mas’ul bo‘lgan kafedralarda mazkur Nizomga asosan “Magistrantning shaxsiy ish rejasi” da belgilangan “Magistrantning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bo‘yicha kalendari” va “Magistrlik dissertatsiyasining bajarilishi kalendari” yuritilib magistrantlar o‘z faoliyati davrida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarini belgilangan reja asosida olib boradilar.

SHuningdek, mutaxassisliklarning o‘quv rejasida belgilangan fanlar bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilishi dars jadvaliga muvofiq haftaning to‘rt kunida belgilangan va haftaning juma va shanba kunlari magistrantlar mutaxassisliklarga mas’ul bo‘lgan kafedralarda hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot va taqdimotlar qilib borishlari amalga oshirib kelinmoqda. Magistraturada ta’lim jarayoni ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyati olib borilishiga qaratilganligidan kelib chiqib, semestrlar yakuniga ko‘ra magistrantlar kafedralarda ilmiy faoliyat attestatsiyasidan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda belgilangan rejaga muvofiq magistrantlar semestr davomida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida taqdimotlar qilishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

HALQARO ALOQALAR

Institutda 5A630101 - Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro er va suv resurslaridan foydalanish), 5A630101 - Atrof-muhit muhofazasi (geoaxborot tizimlari), 5A630101 - Atrof-muhit muhofazasi (qishloq va suv xo‘jaligida), 5A430503 - Intellektual datchiklar va texnologiyalar, 5A430401-Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida halqaro magistratura tashkil qilingan. Magistrantlar AQSH, Michigan shtati universiteti, Slovak Respublikasi, Nitra shahridagi Slovak qishloq xo‘jaligi universiteti,  AQSH, Missisipi universiteti va Vengriya, Obuda universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olishlari mumkin.