Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Haydarov Zuhriddin Rabiyevich

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi.

Mutaxassisligi – tarixchi.

 

 

 


Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi 1997 yilda tashkil etilgan. Boʻlim oʻz vazifalaridan kelib chiqib, talabalarni milliy istiqlol gʻoyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulugʻ va olijanob maqsadga eʼtiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir institutda oʻtkaziladigan maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy toʻgaraklar, klub va yigʻinlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga talabalar turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilishi hamda institut Axborot resurs markazining maʼnaviy-maʼrifiy hayotini nazorat qilib boradi.

Boʻlim yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda institutning jamoat tashkilotlari yaʼni institut Kasaba uyushmasi qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Xotin-qizlar qoʻmitasi, institut madaniyat saroyi hamda “Gumanitar fanlar” va “Jismoniy madaniyat va sport” kafedralari bilan chambarchas holda faoliyat olib boriladi

Turli yillarda Bahodir Tojiyev (1997-2001 yy.), Qodirjon Shavazov (2002-2003 yy.), Jumaniyoz Ramatov (2004-2009 yy.), Sherzod Rustamov (2009-2012 yy.), Eshmat Qalqonov (2012-2013 yy.), Abdumalik Ibragimov (2013-2014 yy.), Ikrombek Raximov (2014-2016 yy.), Azamat Ishimov (2016-2017 yy.), Dilbar Siddiqova (2017-2018 yy.)lar boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan boʻlsa, 2018 yildan to shu kunga qadar Zuhriddin Haydarov Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimini boshqarib kelmoqda.

Boʻlim oʻz faoliyati davomida institut iqtidorli talabalari bilan ishlash jarayonida respublika hamda halqaro miqyosdagi koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport yoʻnalishlarida oʻtkazilgan tadbirlarda, koʻrik tanlovlar, shu bilan bir qatorda oliy taʼlim muassasalari orasida oʻtkazilib kelinayotgan spartakiadalarda koʻplab yutuqlarga erishib kemoqda.

2010 yilda institut Madaniyat saroyida iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Milliy raqs” toʻgaragida (toʻgarak rahbari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan raqqosa Malika Axmedova)ishtirok etib kelayotgan 11 nafar talaba- qizlarimiz Madaniyat saroyi direktori Jamshid Komiljonov rahbarligida Turkiya davlatining Keseli viloyatida oʻtkazilgan “Halqaro raqslar namoyishi” halqaro festivalida oʻzlarining milliy jozibador raqslari bilan faol ishtirok etgani, 2014 yilda Madaniyat saroyida talabalar uchun tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” toʻgaragida shugʻullanib kelayotgan hazil soʻzlarga mohir iqtidorli talabalardan tanlab olinib institutning “Targʻibot” jamoasi tuzilib, respublika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika koʻrik- tanlovida ishtirok etib, oʻzlarining mahorati, hozir javobligi bilan respublika hamda shahar bosqichlarida 2014, 2017, 2018 yillarda oʻtkazilgan tanlovlarning gʻolibi boʻlgani, shu bilan byuirga respublika oliy taʼlim muassasalari oʻztasida oʻtkazilgan “Soliq bilimdonlari” hamda “Tafakkur sinovlari” intelektual koʻrik- tanlovlarida ham institutimizning bilimi kuchli iqtidorli talabalari oʻz bilimlari bilan faol ishtirok etib, 2014 va 2018 yilning mutlaq gʻolibligini qoʻlga kiritishganini aytib oʻtish joiz.

Yoshlar orasida sportni keng targʻib etish maqsadida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi qoshida tashkil etilgan futbol toʻgaragi aʼzolaridan tashkil topgan “Irrigator” jamoasi ham 2014 yilda “Kamolot kubogi-2014”, 2017 yilda “Yoshlar ittifoqi kubogi-2017”, 2018 yilda Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Mini-futbol” sport turi boʻyicha hamda “Oʻzbekiston futbol federatsiyasi kubogi”ni qoʻlga kiritishdi. Sportning yakkakurash turlari hisoblanmish kikboksing, jui-jit su, turon yakkakurashi turlari boʻyicha ham institutimiz talabalari turli respublika va xalqaro turnirlarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelmoqdalar.

Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish maqsadida ham boʻlim tomonidan talabalar oʻrtasida turli targʻibot-tashviqot hamda tanlovlar muntazam oʻtkazilib kelinmoqda.