Kadrlar bo'limi

 

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i

Lapasov Jasur Olimjonovich

Тел.:  +99871) 237-19-49

Email: jasur.olimjonovich@mail.ru

 

Kadrlar bo‘limi o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunlari Farmon va farmoyilari, Oliy Majlisi qarorlari, Mehnat kodeksi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, institut Kadrlar bo‘limi Nizomi va har yili institut rektori tomonidan tasdiqlangan Kadrlar bo‘limining yillik ish rejasiga muvofiq yuritadi.

Institut kadrlar bo‘limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • institut rahbariyati va bo‘lim boshliqlari bilan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq zamonaviy talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash jarayoni uchun layoqatli, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga ega, ilmiy yutuqlarga erishgan ijodiy-ilmiy salohiyatli, yuqori idrok va axloqli xodimlarni tanlash-saralash, ishga qabul qilish;
  • professor-o‘qituvchi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va ishdan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi;
  • mehnat daftarchalarini saqlash, to‘ldirish, kadrlar bo‘yicha belgilangan xujjatlarni rasmiylashtirish;
  • ta’tilga chiqish grafiklarini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
  • mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish va ruyxatga olish;
  • rag‘batlantirish va mukofotlash buyicha ma’lumotlarni hisobga olish;
  • xodimlarga nafaka belgilash buyicha xujjatlarni tayyorlash;
  • xizmat safarlarini rasmiylashtirish va xizmat safarlari buyicha buyruqlarni tayyorlash;
  • institut xodimlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shaklantirish va diomiy yangilab borish;
  • ta’limning barcha shakllari bo‘yicha institut talabalarining shaxsiy hujjatlarini qabul qilish, yuritish va saqlash;
  • talabalar bo‘yicha buyruqlarni qayd etish va tekshirish (qabul qilinganligi, boshqa joyga o‘tkazilganligi, tiklanganligi, talabalar safidan chiqarilganligi, rag‘batlantirilganligi va boshqalar);
  • bitiruvchilar va talabalar safidan chiqarilgan talabalar shaxsiy hujjatlarini belgilangan tartibda yuritish va arxivga topshirish;
  • bitiruvchi talabalarga diplomlarni rasmiylashtirish, qayd etish va topshirish;
  • Har oyda tuman bandlikka ko‘maklashish markaziga bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlarni topshirish.

Interaktiv xizmatlar

Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari

Ish joyidan ma’lumotnoma olish

Oliy ma’lumot diplomini tasdiqlash

Bog’lanish

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy. Ma’muriy bino.

Telefon: (+99871) 237-19-49, (+99871) 237-19-29

Faks: (+99871) 237-38-79

Elektron manzil: tiiamekadr@umail.uzpersonnel@tiiame.uz