Ishlar boshqarmasi

Ishlar boshqarmasi boshlig’i

Xasanov Baxtiyor Urishovich

Iqtisod fanlari nomzodi, professor

+99871-237-19-20

 

 


Faoliyati

Ishlar boshqarmasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim va Suv xo‘jaligi vazirliklari buyruqlari, ko‘rsatmalari hamda boshqa idoralarning me'yoriy smeta va dalolatnomalariga asoslangan holda institutning moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlariga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • o‘z-o‘zini ta'minlash asosida, samarali faoliyatga yo‘naltirilgan, institutni iqtisodiy rivojlantirishning konsepsiyasini ishlab chiqadi hamda tadbiq etilishini ta'minlaydi.
  • davlat ta'lim standartlari va Malaka talablari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta'minlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish.
  • institutning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va xo‘jalik ishlariga rahbarlik qilish.
  • moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlariga oid masalalar bo‘yicha institut ilmiy Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari va farmoyishlarini bajarilishini tashkil etish.
  • ilg‘or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa ta'limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta'minlash.
  • tadbirkorlik ishlarini takomillashtirish natijasida institut iqtisodiy samaradorligini bevosita ta'minlaydi, byudjetdan tashqari mablag‘ ishlash choralarini ko‘radi.
  • institut nomidan turli ish va xizmatlar bajarishag shartnomalar, tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy rejalar tuzadi.
  • byudjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirish maqsadida kichik va o‘rta biznes bo‘limlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
  • ichki texnik va texnologik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda byudjetdan tashqari mablag‘ ishlash maqsadida yordamchi ishlab chiqarish (nashriyot, xo‘jalik ashyolarini ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish va h.k.) tashkil etish, o‘quv va ilmiy tajriba hamda yordamchi xo‘jaliklarda chiqqan maxsulotlardan tushgan mablag‘lani professor-o‘qituvchi va xodimlarni rag‘batlantirishga, institutni moddiy texnika bazasini yaxshilashga qaratadi.
  • moliyaviy kredit va hisob muammolarini o‘z vaqtida bajarish.
  • moddiy texnika va boshqa boyliklarni ishlatishini hisobga olish, davlat byudjetiga to‘lanadigan to‘lovlarni, sosial ta'minot organlariga o‘tkaziladigan badallarni va h.k. o‘z vaqtida bajarishni nazoratga olish.
  • material-texnik bazasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va nazorat qilish.
  • kapital ta'mirlash, joriy ta'mirlash, kommunal xizmatlari va elektr energiya harajatlarini belgilangan darajada tejamli sarflanishini nazoratga olish va moliyaviy harajatlarni tahlil qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilib oladi hamda sifatiga javob beradi.
  • ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan sharnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar berish.
  • o‘rnatilgan tartibda institutning yillik reytingini aniqlash, tanqidiy tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish.
  • institutning moddiy-texnika bazasi va uni hozirgi zamon talabiga javob berish uchun qilinadigan ishlar, institut hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish rejalarini tuzish rejasini tuzish. O‘quv binolari va Talabalar turar joylaridagi binolarni o‘t o‘chiruvchi anjomlar bilan to‘ldirish, unga ketadigan moliyaviy harajatlarni nazoratga olish
  • o‘quv-laboratoriya binolari va institutning boshqa inshootlarining (issiqlik va gaz tarmog‘i, suv, elektr, aloqa ta'minoti) avariyasiz holatini tashkil qilish.
  • institutning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha ish olib borish.
  • institutda va Talabalar turar joylaridagi tozalikni, olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini nazorat qilish va moliyaviy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal etish.
  • institutda davlat grantlari asosida tahsil olayotgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha taqsimot komissiyasi bilan uchrashuvlar tashkil etish.
  • bitiruvchilarni ish joylari bilan ta'minlash maqsadida korxona va tashkilotlardan buyurtma olish va ular bilan shartnoma tuzish. Korxonalarining bevosita ishtirokida bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash.
  • o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida hozirgi zamon talabidagi o‘quv uskunalari va asboblari, o‘qitishning texnik qurilmalari hamda stol-stullarni kerakli xonalarda yangilash ishlarini olib borish, ularga ketadigan moliyaviy harajatlarni smeta asosida nazoratga olish.
  • institut xo‘jalik faoliyatining asosiy turlari bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy smeta, harajatlarni yillik va kelajak rejalarini tayyorlashini va bajarilishini ta'minlash.
  • institutning xo‘jalik ishlarini bajaruvchi bo‘linmalarning iqtisodiy ko‘rsatmalarini tahlil qiladi, harajatlarning iqtisodiy samaradorligini va maqsadga muvofiqligini baholaydi, institutning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatining kelgusi rejalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • mehnatni muxofaza qilish, yongin va texnika xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar tashkil etish, kvalifikasiya hay'ati ishini tashkil etish va injener-texnik xodimlarning malakasini oshirish.
  • o‘quv jarayonini ta'minlash maqsadida jihozlar, qurilmalar va materiallar sotib olish, maishiy-ijtimoiy binolar va yotoqxonalarni mebel' hamda inventarlar bilan ta'minlash bo‘yicha shartnomalar tuzish.
  • institut hududidagi xonalarni, sport inshootlarini, jihozlarni ijaraga berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni ekspert baholashni amalga oshirish.
  • tashkilotlar bilan o‘zaro iqtisodiy va tadbirkorlik hamkorligi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
  • institutga foyda keltiruvchi ta'lim investisiya, nou-xau va shu ishga yo‘naltirilgan byudjet va tijorat korxonalari bilan hamkorlikni shakllantiradi.
  • mehnat va turmush sharoitini normallashtirish tadbirlarini tashkil qilish, sanitar va profilaktik sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy ko‘riklar, emlash, dezinfeksiya va boshqalarni o‘tkazish, jamoatchilik asosida ishlovchi to‘garaklarni va universitet miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarni moddiy jihatdanta'minlash (havaskorlik to‘garaklari, sport seksiyalari va boshqalar).
  • Suv xo‘jaligi vazirligi korxonalari hamda boshqa vazirlik va tashkilotlarda mutaxassislarga extiyoj bo‘yicha mehnat bozorini va marketing xizmatini tashkil qilish.
  • institutda mablag‘ni tejash sohasida iqtisodiy-tadbirkorlik masalalarni va takliflarni muhokamaga qo‘yish, ularni institut Ilmiy Kengashiga olib chiqish.
  • institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o‘tkazish, tashqi attestasiya-akkreditasiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, vazirliklar va institut rektorining virtual qabulxonalari hamda talabalar va ota-onalar qabulxonalariga tushgan murojaatlarni Ishchi guruh a'zolari bilan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, murojjatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan lavozim vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan qaragan mansabdor shaxslarga intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • amaldagi qonunchilik asosida boshqa vazifalarni bajarish.