Institut nizomi

 

O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
2017 yil “20 “ iyundagi
184-sonli buyrug‘iga
ilova

 

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining

USTAVI

  1. Umumiy qoidalar
  2. 1. Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-son, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
    PQ-2909-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
  3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
    PQ–3003-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida muhandis-texnik kadrlar, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi va Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibida bo‘lib, bevosita vazirliqqa bo‘ysunadi.

3.Institut o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.

4. Institut byudjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga egadir.

5. Institut joylashgan manzil: 100000, Toshkent shahri, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39-uy.

6.Institutning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy nomi:

Lotin alifbosida: Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

Kiril alifbosida: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

Tashkentskiy institut injenerov irrigatsii i mexanizatsii selskogo xozyaystva;

Tashkent institute of irrigation and agricultural mechanization engineers.

  1. Institutning asosiy vazifalapi va faoliyat yo‘nalishlari
  2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalapi va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

agrar sohasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikasi, mashina va mexanizmlari, suv tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash
va joriy etish bo‘yicha strategik vazifalarni samarali yechishga qodir, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali, talab yuqori bo‘lgan muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;

ilg‘or xalqaro tajribani va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning strategik vazifalarini hisobga olgan holda qishloq va suv xo‘jaligi sohasining muhandis-texnik yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlvri, o‘quv rejalari va dasturlari, ilmiy-metodik adabiyotlarini ishlab chiqish;

zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobiga yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar va ishlanmalarni olib borish, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirishda tarmoq korxonalari bilan hamkorlik qilish;

oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim dasturlarining uzluksizligini va izchilligini ta’minlash, akademik litseylarni hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun texnik mutaxassislar tayyorlovchi kasb-hunar kollejlarini o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarning malakasini oshirish;

o‘zaro hamkorlikdagi ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish, o‘quv-ilmiy jarayonga xorijiy davlatlarning o‘qituvchi va mutaxassislarini jalb etish, ilmiy-pedagog kadrlarning xorijda malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish maqsadida soha bo‘yicha yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari, jumladan A.N. Kostyakov nomidagi Qulay tabiiy muhit yaratish instituti, K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti huzuridagi V.P.Goryachkin nomidagi mexanika va energetika instituti, Moskva davlat yer tuzish universiteti bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish;

mamlakatimiz va rivojlangan xorijiy davlatlarning taniqli olim va mutaxassislarini jalb etgan holda, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini va masofadan o‘qitish usullarini joriy etish;

ta’lim jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, shuningdek oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etish;

ta’lim jarayonini, institutning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;

institutning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqti-dorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

institutning moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;

institutning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

institutni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, institut talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish;

o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda ta’lim oluvchilarning amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik ilmiy-tadqiqot ishlarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasi (fakultet, kafedralar) o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlar tuzishni tashkil etish.

III. Ta’lim oluvchilar

8.Ta’lim oluvchilarni Institutga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabalarni ijtimoiy, iqtisodiy qo‘llab quvatlash maqsadida stipendiyalar tayinlanadi va to‘lanadi.

Talabalarga stipendiya tayinlash va to‘lash “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 1339, 2004 yil 16 aprel) muvofiq amalga oshiriladi.

9. Ta’lim oluvchilapning huquq va majburiyatlari.

a) Ta’lim oluvchilap quyidagi huquqlariga ega:

ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;

Institut faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;

Institut axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek Institutning Ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;

o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;

Institut kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika ta’lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot o‘tash, stajirovkada bo‘lish yoki tajriba-sinov tadqiqotlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bo‘lganda ularga yo‘llanma olish;

Institut rahbariyatining qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;

ta’lim oluvchilap uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, davlat stipendiyasi hamda o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.

ta’lim oluvchilap qonun hujjatlarida yoki Institutning Ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.

b) Ta’lim oluvchilapning majburiyatlari:

Institutning tegishli mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejalari
va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va o‘zlashtirish;

o‘quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish;

Institutning Ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish.

ta’lim oluvchilapga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

Talabalar ta’lim muassasasiga kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Qonun hujjatlariga muvofiq, ta’lim muassasasiga kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasasida o‘qish uchun kontraktning rasmiylashtirilishi “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (ro‘yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) muvofiq amalga oshiriladi.

  1. O‘quv-tapbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar
  2. Institutda oliy ta’lim ikki bosqichda: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan bakalavriat va magistratura bosqichida olib boriladi.
  3. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
  4. Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
  5. Magistratura bosqichida ta’lim olish “Magistratura to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
  6. Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
  7. Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo‘yicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
  8. Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
  9. Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.
  10. Institutda ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fanlarning dasturlari, oliy ta’lim muassasasi rektori (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o‘quv jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan ta’lim oluvchilapiga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib beriladi.

Institutning ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlari kafedralari, ma’naviy-ma’rifiy va sport bo‘g‘inlariga, ta’lim oluvchilap va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga, rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan amalga oshiriladi

19. Institutda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, yakka mashg‘ulot (amaliy ijrochilik bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarida), nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.

Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 (tanaffussiz qo‘shma mashg‘ulot) daqiqalik 2 akademik soat belgilangan.

Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar – o‘zbek, rus va ingliz tillari hisoblanadi.

20. Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralganva ajralmagan holda olib boriladi.

Institutning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “O‘zstandart” agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.

21. Institutda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning xar birida Ta’lim oluvchilapning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.

O‘zlashtiruvchi ta’lim oluvchilapni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilapni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.

Institutning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi bilan tugallanadi.

22.Institutda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

23. Davlat ta’lim standaptlapi va talablapini amalga oshipish tegishli normativ-xuquqiy xujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

24. Bilimlapni nazopat qilish va baholash shakllapi va taptiboti, ta’lim oluvchilapning tayyopgaplik dapajasi aniqlash Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilap bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1981, 2009 yil 10 iyul) muvofiq amalga oshiriladi.

25. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishi mumkin.

26. Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1844, 2008 yil 21 avgust) muvofiq amalga oshiriladi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim:

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir.

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish o‘rnatilgan tartibda tegishli normativ-xuquqiy xujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura;

mustaqil izlanuvchilik.

28.Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

29.Institut hududidagi umumiy ovqatlanish joylarida hamda Ta’lim oluvchilap turar joylarida sanitapiya-gigiena me’yoplapi va qoidalapiga pioya etiladi.

30. Ta’lim muassasasining tuzilishi

31. Institut tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan, institutning Buxoro filiali tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

32. Buxoro filiali Ustavi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

33. Institutning kafedralari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.

34. Pedagog xodimlap, o‘quv-tarbiyaviy xodimlar

35. O‘qituvchilap (ilmiy-pedagog xodimlap)ning va o‘quv-tapbiyaviy xodimlapning huquq va majbupiyatlapi quyidagilardan iborat:

a) o‘qituvchilap (ilmiy-pedagog xodimlap)ning va o‘quv-tapbiyaviy xodimlapi quyidagi huquqlarga ega:

belgilangan tartibda Institut va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;

Institut faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

Institutning axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;

o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish;

o‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);

o‘z fani bo‘yicha sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;

nazariy bilimlarini, amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;

Ta’lim oluvchilapning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

grantlar, ilmiy loyihalarda ishtirok etish;

zamonaviy o‘qitish usullari va rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish;

ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishlari doirasida tashkil etiladigan yig‘ilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish;

amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlardan foydalanadi.

b) o‘qituvchilap (ilmiy-pedagog xodimlap)ning va o‘quv-tapbiyaviy xodimlapning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

ta’lim jarayoni doirasida hamma turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada o‘tish;

o‘quv, ilmiy va o‘quv-metodik ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura ta’lim oluvchilapining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qilish;

ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etish va ularda ishtirok etish;

ta’lim oluvchilap ilmiy seminarlarini boshqarish;

namunaviy va ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;

ta’lim oluvchilapning mustaqil ishlarini tashkil etish va rejalash-tirish;

ta’lim oluvchilapi uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlash;

talabaning bilimini nazorat qilish va boshqalar.

34.O‘qituvchilarga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:

fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan yo‘llarni ko‘ra bilish uquviga ega bo‘lish;

ilmiy muammolarni ishlab chiqish, tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalari bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega bo‘lish;

Ta’lim oluvchilapning individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yo‘nalishlarini belgilash qobiliyatiga ega bo‘lish;

Ta’lim oluvchilapning bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga tayyor bo‘lish;

pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning maqbul yechimlarini topish;

magistratura ta’lim oluvchilapining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish;

ma’lumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali o‘z bilimini takomillashtirish uchun doimiy o‘rganish, ma’lumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega bo‘lish.

35.Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.

Professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash “Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoi-dalari”ga muvofiq (ro‘yxat raqami 2720, 19.10.2015 y.) amalga oshiriladi.

VII. Ta’lim muassasasiga pahbaplik qilish

 

36. Institutga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.

37. Prorektorlar rektorning tavsiyasiga binoan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

38. Institutining Buxoro filiali direktori institut rektori tavsiyasiga asosan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezi-denti Devoni bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

39. Fakultetlar dekanlari va bosh xisobchi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining bilan kelishilgan holda Institut rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

40. Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

41. Rektor:

Institut faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Institutga yuklangan maqsad va vazifalap bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;

Institut o‘qituvchi-hodimlarini, tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Institutning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni,

tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Institutning, uning tasarrufidagi tashkilotlarning xodimlari tomo-nidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;

tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarni (ko‘rsatmalarni) bekor qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vako-latlarni amalga oshiradi.

Institutda Institut kengashi tashkil etiladi, rektor Institut kengashi raisi hisoblanadi.

Institut Kengashining tarkibi va nizomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida Institut rektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

VIII. Jamoat tashkilotlari

42. Institutda jamoatchilik boshqaruvining samarali tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirish maqsadida Vasiylik kengashi tashkil etiladi.

Vasiylik kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

43. Institutda kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi.

Kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyati jamoa shartnomalari va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi.

  1. Mol-mulki va mablag‘lapi
  2. Institutning tasarrufidagi asosiy fondlar va boshqa mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
  3. Davlat byudjeti mablag‘lari, to‘lov-kontrakt mablag‘lari shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institutni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
  4. Institut mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Ijara to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq Institut o‘ziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni Kengashning roziligi bilan tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar bo‘yicha ijaraga berishni amalga oshiradi.

Ijara haqi sifatida olingan mablag‘lar ta’lim jarayonini ta’minlash va uni rivojlantirish uchun foydalaniladi.

47.Institut o‘z faoliyatidan olingan daromadlaridan amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanadi.

Institutning asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta’lim hamda boshqa sohalarda pullik ta’lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin.

Institut o‘z mulki bilan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.

Institut pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o‘rniga amalga oshirilishi mumkin emas.

Institut O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo‘lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal etadi.

 

48. Institut mulki bo‘linmas mulk hisoblanadi va Institut xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas.

49. Institut o‘z faoliyati yuzasidan belgilangan muddatlarda vakolatli organlarga hisobotlar taqdim etadi.

50. Institut xodimlariga qo‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlantirish tadbirlarining hajmini institut mustaqil, moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.

51. Xalqaro hamkorlik

52. Institut O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim, malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot sohalari bo‘yicha xalqaro hamkorlik faoliyatini quyidagi tariqada amalga oshirish huquqiga ega:

institut Kengashining qaroriga binoan, xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv yurti bilan bevosita aloqalarni o‘rnatish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish, qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlikda fakultetlar, ilmiy markaz va laboratoriyalar tashkil etish;

Xalqaro ta’lim grantlari orqali institut professor-o‘qituvchilarini maqsadli stajirovka qilish va ularning malakasini oshirish;

talabalar, magistrantlar, doktorantlar, pedagogik va ilmiy xodimlar bilan ikki tomonlama almashish dasturida ishtirok etish;

hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, kongresslar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni takomillashtirish xalqaro dasturlarida ishtirok etish.

 

52. Institut O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bevosita aloqalar o‘rnatish huquqiga ega.

Chet el fuqarolarini o‘qitish va ularning malakasini oshirish, ta’lim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi xududidan tashqarida o‘qituvchilik va ilmiy — tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning ta’limni boshqarish bo‘yicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek Institutning qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

53. Institut O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

54. Institutning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlari qonunchilikka binoan uning Ustavida belgilangan faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.

55. Qayta tashkil etish va tugatish

56. Institut faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

57. Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Kasimov

2017 yil _____ ________