Faxriy bitiruvchilar

Maxmudov Ernazar Jumayevich

 

1997-2012 yillarda OʻzR FA Suv muammolari instituti direktori, 2012 yildan hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti Bosh ilmiy xodimi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Batafsil

 

 

1944 yil 5 fevralda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Duqchi qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislar institutini 1970 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Mutaxassisligi: muxandis – gidrotexnik. 1990 yildan texnika fanlari doktori, 2015 yildan professor. Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 126 maqola, 5 monografiya, 2 oʻquv qoʻllanma, 1 avtorlik guvohnomasi va 2 patent muallifi. Faoliyati davomida bir qancha hamkorlikdagi Halqaro ilmiy tadqiqot ishlari va ekspeditsiyalari ishtirokchisi, jumladan: Amerika Qoʻshma Shtatlari (1998, 2003 yillar, Florida Universiteti bilan hamkorlikdagi grant hamrahbari), Xitoy Xalq Respublikasi 1997 yildan boshlab (Xitoy FA bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar hamrahbari), Misr Arab Respublikasi (1997 yil, Nil daryosi boʻylab ekspeditsiya), Birlashgan Millatlar Tashkiloti loyihasi doirasida Shveysariya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya davlatlarida (2000 yil, Reyn daryosi boʻylab ekspeditsiya), Italiya, Ispaniya, Portugaliya (2001-2003 yillar) va Peru, Ekvador Halqaro ilmiy grant doirasida (2003 yil, Amozonka daryosida) ekspeditsiyalarda, Yaponiya (2005 yildan boshlab hamkorlikdagi loyihalar), Hindiston (1997 Ganga daryosida ekspeditsiya), Rossiya (2008 yil, Ob daryosi boʻylab Shimoliy dengizgacha ekspeditsiya), Vaxsh, Panj (Sarez koʻli) daryolarining shakllanish joylarigacha, Sirdaryoning Kazalinsk (Qozogʻiston)dan Toʻxtagul suv omborigacha olib borilgan ilmiy tadqiqot ekspeditsiyalar ishtirokchisi. 2012-2015 yillar Amudaryodan Oʻzbekistonga ishonchli va xavfsiz suv taʼminoti tizimini yaratishga qaratilgan ilmiy tadqiqot rahbari. 2011-2016 yillar Oʻzbekiston Hukumatining Qarori bilan Toʻpolang suv ombori va toʻgʻoni qurilishini ilmiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar koordinatori. 2017 yildan Toʻpolang suv ombori resurslari bazasida ichimlik suvi ishlab chiqarish tizimini yaratish ilmiy dasturi rahbari. E.Maxmudov 1965 yilda bilan “Gʻalabaning XX yilligi” davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1984-1990 yillarda Qarshi shahar Kengashida deputat. E.Maxmudov oʻz ilmiy faoliyatini 1970-1975 yillarda TIQXMMI Gidravlika kafedrasi aspirantiva katta oʻqituvchisi lavozimida boshlab, 1975-1977 yillard TIQXMMI Qarshi filiali direktori oʻrinbosari, 1977-1983 yillarda TIQXMMI Qarshi filiali Gidromelioratsiya fakulteti dekani, Qishloq xoʻjaligi va gidrotexnik melioratsiya kafedrasi mudiri, 1983-1984 yillarda TIQXMMI Qarshi filiali direktori oʻrinbosari, 1984-1990 yillarda TIQXMMI Qarshi filiali direktori, 1990-1992 yilarda Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tekshirish instituti katta va yetakchi ilmiy xodimi, 1992-1996 yillarda OʻzR FA Suv muammolari instituti laboratoriyasi mudiri, Zangiota tajriba eksperemental xoʻjaligi direktori, 1996-1997yillarda OʻzR FA Suv muammolari instituti direktori oʻrinbosari, 1997-2012 yillarda OʻzR FA Suv muammolari instituti direktori, 2012 yildan hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti Bosh ilmiy xodimi lavozimida faoliyat olib bormoqda.