Hisobot bo‘limi

Hisobot bo‘limi

Hisobot bo‘limi №2169 Buxgalteriya Xisobining Milliy Standartlari asosida institutning moliyaviy faoliyatini yuritib, moliyaviy hisobotlarni tuzish va yuqori tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida topshirish va ularning xaqqoniyligini  ta’minlaydi.

 Hisobot bo‘limining asosiy vazifalari  quyidagilardan iborat:

- buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish;

- byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qiymatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;

- pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qiymatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish;

- xodimlar va talabalar bilan ish haqi, stipendiyalar va boshqa hisob kitoblarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;

- institutda asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklar  kirim chiqimini o‘rnatilgan tartibda yuritib,  hisobotlarini rasmiylashtirish;

- O‘zbekiston Respubllikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Eng ko‘p beriladigan savollar:

Savol :

  1. Talaba fanlardan akadem qarzdor bo‘lganda stipendiya tayinlanadimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 16 aprelda 1339-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qarori 7-bandiga muvofiq O‘quv semestri uchun reyting nazorati natijalari bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra akademik qarzga (bir yoki undan ko‘p fanlar bo‘yicha 55% dan kam reytingga) ega bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalarining talabalari keyingi o‘quv semestri oyining birinchi kunidan boshlab stipendiya olish huquqidan maxrum bo‘ladilar. Belgilangan tartibda akademik qarzini bartaraf etgan (tegishli fanlar bo‘yicha 55 va undan ko‘p foiz to‘plagan) talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etish muddati tugaganidan keyingi oyning 1-kunidan boshlab, talabaning davomati (reytingi)ga qarab tabaqalashtirilgan koeffitsientlarni qo‘llagan holda keyingi o‘quv semestriga qadar tayinlanadi” dep belgilangan.

  1. Ish xaqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar va stipendiyalarni100% plastik kartochkaga o‘tkazish mumkinmi?

Javob: Ish xaqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar va stipendiyalarni xar bir ishchi xodim va talabalar o‘z xoxshiga ko‘ra shaxsiy arizasiga asosan 100% plastik kartochkaga o‘tkazilishi mumkin.

3. Talabaning kontrakt to‘lovi ortiqcha to‘langan bo‘lsa, uni qaytarib olish imkoni bormi?

Javob:  Talabaning kontrakt to‘lovi ortiqcha to‘langan bo‘lsa, solishtiruv dalolatnomasi tuziladi va shundan so‘ng agar xaqiqatdan xam ushbu to‘lov ortiqcha to‘langanligi aniqlansa to‘lovchining arizasiga asosan ortiqcha xisoblangan to‘lov kelgusi o‘quv yiliga yoki to‘lovchining xisob raqamiga o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.

Bog'lanish:

  1. Bosh xisobchi 237-19-11
  2. Xisob-kitob bo‘limi 237-19-06
  3. Moddiy boyliklar bo‘limi 237-19-53
  4. Talabalar bo‘limi 237-19-79
  5. G‘azna 237-38-67

4. Ish xaqi, pensiya va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni oyma-oy malumotini bilib borish imkoni bormi?                                                              

Javob:

*    Buning uchun xodim tashkilot buxgalteriyasiga murojatkilishi kerak.

*    Buxgalteriya tomonidan UsASBO dasturiga xodimning telefon raqami kiritiladi.

*    Xodim telefoningizdagi TELEGRAM dasturi orqali @Oylikbot botiga kirib.

*    O‘zingizga kerakli bo‘lgan oy uchun xisoblangan ish xaqi, pensiya va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni bilishingiz mumkin.