Axborot resurs markazi

 

 

ARM direktori Ishmatov Alisher Narkabilovich
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
tel. +998712371945,
el. pochta: a.ishmatov@e-tiiame.uz

 

 

 

ARMning asosiy vazifalari:

1. Institut faoliyati yo‘nalishlari va kitobxonlarning axborotga bo‘lgan talablariga muvofiq xolda kutubxona fondini shakllantirish. Ma’lumot-axborot xizmatini tashkillashtirish va yuritish.

2. ARM zahiralaridan foydalanish qoidalariga muvofiq holda ihtiyoriy fonddan talaba, doktorant, ilmiy xodimlar, o‘qituvchi va boshqa kitobxonlarga axborotga bo‘lgan talablariga binoan kutubxona va axborot-bibliografik xizmatini ko‘rsatish.

3. Institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, o‘quv jarayoni, institut bo‘linmalarining ma’muriy-boshqaruv vazifalarini bajarishiga ko‘maklashish.

4. Foydalanuvchilarni axborot madaniyatini tarbiyalash: kitobxonlarni ma’lumot-taxliliy materiallar bilan ishlashga, shu jumladan avtomatlashtirilgan tartibda tayyorlash. Foydalanuvchilarni kutubxona-bibliografiya bilimlarini asoslariga o‘qitish, yangi an’anaviy bo‘lmagan ma’lumot tashuvchilarda yangi hujjatlar bilan ishlashni o‘qitish tizimini tashkillashtirish.

5. Tashkiliy masalalarni hal qilishda yangicha yo‘llarini izlash, zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari va boshqa zamonaviy texnik vositalarni qo‘llashga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish va bularning asosida ARM tomonidan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish doirasini (ro‘yxatini) kengaytirish va ularning sifatini oshirish.

6. Kutubxona va axborot xizmati savollari bo‘yicha uslubiy ishlar olib borish.

7. Foydalanuvchilarni ma’lumot va adabiyotlar bo‘yicha talablarini yanada to‘liq qanoatlantirish maqsadida institutning tarkibiy bo‘linma va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik, boshqa kutubxonalar, ilmiy-texnik ma’lumot idoralari, muassasa va tashkilotlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish va birlashtirish.

8. Oliy ta’lim muassaslariga kutubxona xizmati masalalari bo‘yicha ma’lumot-axborot va uslubiy yordam ko‘rsatish.

ARMning asosiy funksiyalari:

1. ARM vazifalari asosan, institut ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va ilmiy izlanishlar mavzulari bo‘yicha fondni butlashni ta’minlaydi. Har xil ko‘rinishdagi va turdagi hujjatlarni (shu jumladan elektron ko‘rinishda) sotib olishni tashkillashtiradi: o‘quv, ilmiy, ma’lumot va xabar nashriyotlar, davriy nashriyotlarni, badiiy adabiyotlarni.

2. Fondlarni butlash uchun manbablarni aniqlashtiradi. Zarurat paydo bo‘lganda boshqa kutubxona, muassasa va tashkilotlar bilan kitob almashinuvini amalga oshiradi.

3. Fondlarni optimallashtirish va shakllantirish maqsadida fondlarning tarkibi va ishlatilishini doimiy taxlil qiladi.

4. Vaqti-vaqti bilan fondlarni tekshiradi va ularning tarkibini kutubxona elektron va an’anaviy kataloglar yordamida ochib qo‘yadi. ARMning fondlarini oshkor qiladigan va reklama qiladigan tematik bibliografik ko‘rsatgichlar va axborot ro‘yxatlarini, ARMning faolityaini aks ettiradigan boshqa nashriyotlarni chiqaradi.

5. Doimiy asosda ARM fondlarini butligini, ularni o‘z vaqtida hisobga olish, saqlash va nazorat qilishni ratsional tashkil qilish, saniyatiriya-gigiena choralarini amalaga oshirish, konservatsiya qilish, institut faoliyati doirasiga oid nashriyotlarni raqamli skanerlash va elektron katalogga qo‘shish, o‘zgartirish yo‘li bilan ta’minlaydi.

6. Foydalanuvchilarga kutubxona va axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi:

6.1. O‘kuv zallarida, o‘quv, ilmiy adabiyotlarni berish abonementlarida va yagona kitobxon bileti asosida adabiyot berish joylarida foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkillashtiradi. O‘rnatilgan tartibda foydalanuvchilarga kutubxona fondiga ochiq kirish huquqini tashkillashtiradi.

6.2. Foydalanuvchilarga asosiy kutubxona xizmatlarini bepul ta’minlaydi:

  • kutubxona fondi haqidagi to‘liq ma’lumotni kataloglar tizimi, kartotekalar va kutubxona axborotining boshqa shakllari yordamida taqdim etadi;
  • chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni izlash va tanlashda konsultativ yordam ko‘rsatadi;
  • kutubxona fondidan chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni vaqtinchalik foydalanishga beradi;
  • elektron katalog va nashriyotlarga kirish huquqini ta’minlaydi;
  • institutning ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatgichlar, adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi, bibliografik ma’lumotlar, bibliografik sharhlar tuzadi, mavzuli kitob ko‘rgazmalarini tashkil qiladi;

6.3. Doimo foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini o‘rganadi.

7. Institut buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxat asosida foydalanuvchilarga ularning talablariga binoan qo‘shimga xazmatlar ko‘rsatadi. Asosiy faoliyatga zarar yetkazmagan holda, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xizmatlarni kengaytirish va kutubxonaning ijtimoiy-madaniy rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini kengaytiradi.

8. Talabalar va foydalanuvchilarning boshqa toifalari uchun kutubxona-bibliografik bilimlar asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkillashtiradi.

9. Amaldagi me’yoriy va huquqiy rasmiy hujjatlarga asosan kutubxona fondidan hujjatlarni muomaladan chiqaradi. Ish yo‘nalishiga taalluqli bo‘lmagan va ortiqachatakrorlangan adabiyotlarni qayta taqsimlashni bajaradi.

10. Kutubxona-bibliorgafiya va axborot faoliyatiga tegishli savollar bo‘yicha mustaqil ravishda yoki institutning boshqa bo‘linmalari, kutubxona yoki tashkilotlar bilan ilmiy va uslubiy konferensiyalar tashkil qiladi va o‘tkazadi.

11. Kutubxonaning faoliyatini hamma yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlarini tashkillashtiradi va o‘tkazadi.

12. Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadi, ilg‘or kutubxona texnologiyalarini tatbiq etadi. Foydalanuvchilarni qiziqishlarini o‘rganish maqsadida turli tadqiqotlarni olib boradi.

13. Institutning xodimlari, ilmiy jamiyatlari va jamoa tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlarni o‘zaro muvofiqlashtiradi.

14. ARM kutubxonalar va boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kutubxona-bibliorgafik va axborot faoliyati savollari bo‘yicha birgalikda ish olib boradi.

15. ARM faoliyati bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, texnologik va ish tartibi hujjatlarini ishlab chiqadi.

ARMning fondi:

2017 yilning 1 oktyabr xolatiga fondda 620 699 dona chop etilgan nashrlardan tashkil topgan, ARMning ma’lumotlar bazalarida 98 000ta bibliografik yozuvlar (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, jurnallar, ruznomalar,maqollar va badiiy adabiyotlar) bundan tashqari 30 000dan ortiq tuliq matinli elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, jurnallar, badiiy adabiyotlar va maqolalardan bor.

ARMda o‘rtacha bir yilda:

— 5850 foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tqaziladi;

— 302.458 tashrif amalga oshiriladi;

— 350.632 adabiyotlar foydalanuvchilarga beriladi;

— 97,0 adabiyotlar ARM fondiga kelib tushadi.

ARMda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali professor-o‘qituvchilarga va talabalarga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, ularning intellektual salohiyatini, bilimini, ma’naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yo‘nalishda ARMda IRBIS tizimida quyidagi ma’lumot bazalari (MB) foydalanuvchilar uchun yaratilgan:

  • TIQXMMI elektron katalogi MBsida 54036 dona darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy va badiiy adabiyotning elektron katalogi (bibliografik yozuvi) mavjud;
  • TIQXMMI elektron kutubxonasi MBsida 15000 dona darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar va maqolalarning elektron katalogi va ularning to‘liq matnlari joylashtirilgan;
  • Avtoreferatlar elektron katalogi MBsida 12769 dona avtoreferatlarning elektron katalogi va ularning 2500 tasining to‘liq matni mavjud;
  • Ro‘znoma va jurnallarning elektron MBsiga 120 ta davriy nashrlarning va maqollarning 15911 dona elektron katalogi, 4270 dona davriy nashrlarning nomerlari shulardan 2922 tasining “mundarija”si kiritilgan va 11 295 ta maqolalarga elektron katalog hamda maqollarning to‘liq matni joylashtirilgan;
  • TIQXMMI modullarining elektron katalogi MBsida 406 dona modullarning elektron katalogi bilan to‘liq matni kiritilgan.

Ushbu vazifalar yuzasidan bugungi kunda ARMda talaygina ishlar amalga oshirilgan. ARMning fondining salmoqli qismini elektron kutubxona va davriy nashrlar tashkil etadi. Bular darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, ilmiy adabiyotlar, badiiy adabiyotlar ilmiy-ommabop jurnallar, turli xil davlat va nodavlat gazetalari, ilmiy axborotnomalar hamda referativ jurnallar kabi nashrlardir.

Bu ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va 3-serverda “Xar xil xujjatlar” papkasidagi “Axborot resurs markazi” papkasiga joylashtirilgan. Kompyuterga elektron kutubxona o‘rnatilmagan bo‘lsa, u xolda 3-serverda “Xar xil xujjatlar” papkasidagi “Axborot resurs markazi” papkasidan “Elektron kutubxona” yorlig‘ini kompyuterning ish stoliga ko‘chirib o‘tkazilsa elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Elektron kutubxonaga tarmoqqa ulangan hamma kompyuterlar orqali kirish mumkin.

“AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI BILAN XIZMAT KO‘RSATISH” BO‘LIMI

 

Mustayapova Nurilniso Tulebaevna “Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish” bo‘limi boshlig‘i.

Bo‘limning asosiy vazifasi ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish va o‘qish zallari xizmati ARM fondidagi: bosma, elektron ko‘rinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi.

  • ABONEMENT – professor o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Abonementdan 332 ta professor-o‘qituvchilar, 81 ta ishchi-xodimlar ro‘yxatdan o‘tgan. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat ko‘rsatadi. Abonementga a’zo bo‘lish uchun xodimlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 1 dona 2x4 fotosurat, xodimlar bo‘limidan ma’lumotnoma kerak bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas. Abonementda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda respublikamizda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin.

An’anaviy xizmat turlari:

  • foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish;
  • adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga yetkazish;
  • adabiyotlarni uyga berish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;

 

  • PROFESSOR-O‘QITUVChILAR O‘QUV ZALI – ilmiy ish bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zalda foydalanuvchilar uchun 32 ish joyi mavjud bo‘lib, shundan 14 tasi kompyuterlar bilan jihozlangan. Shuningdek, foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlaridan foydalanishlari uchun qo‘shimcha ish joylari ham ajratilgan. Foydalanuvchilar ARM kompyuterlari yoki shaxsiy kompyuterlari orqali Internet tarmog‘iga ulanishi mumkin. Professor-o‘qituvchilar o‘quv zalida ARMda mavjud avtoreferat va dissertatsiyalarning elektron nusxalari jamlangan. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar va o‘quv-qo‘llanmalar ham foydalanuvchiga taqdim qilinadi.

 

 

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • elektron hujjatlar;
  • elektron darsliklar;
  • kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshqalar.);
  • Lex.uz qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
  • mahalliy oynoma va ro‘znomalar bilan xizmat ko‘rsatish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
  • TALABALAR O‘QUV ZALI – talabalar uchun xizmat ko‘rsatib turgan zallarning eng kattasi hisoblanadi. Zaldan bir vaqtning o‘zida 130 kishi foydalanishi mumkin. Talabalar o‘quv zalining yordamchi fondi 4500 ga yaqin bo‘lib, unda foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, eng yangi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi Prezident asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnoma nashrlar: ensiklopediyalar (sohalarga oid), lug‘atlar jamlangan. Shuningdek, respublikamizda chop etiladigan vaqtli matbuot nashrlari bor. Foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlaridan foydalanishlari uchun qo‘shimcha ish joylari ham ajratilgan.

An’anaviy xizmat turlari:

  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
  • adabiyotlarni faqatgina o‘quv zalidan foydalanishga berish.
  • INTERNET VA KOMPYuTER ZALI – barcha toifadagi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Zalda foydalanuvchilar uchun 20 ish joyi mavjud bo‘lib barchasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan, internet tarmog‘iga ulangan. Internet va kompyuter zali kompyuterlari ARM fondida mavjud to‘liq matnli elektron resurslar, CD va DVD shaklidagi resurslar va barcha sohaga oid adabiyotlar jamlangan. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida elektron darsliklar va videolavhalar ham foydalanuvchiga taqdim qilinadi.

An’anaviy xizmat turlari:

  • elektron hujjatlar;
  • elektron darsliklar;
  • kompyuterdan foydalanish (dasturlarda ishlash - Word, Excel, elektron katalog, Internet, ZiyoNet va boshqalar.);
  • Lex.uz qonun hujjatlari milliy bazasidan foydalanish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
  • elektron ma’lumotni CD, fleshkaga ko‘chirish.
  • 1-O‘QUV KUTUBXONASI – GM, SXAvaM, GTS, Ekonomika va YeF va YeK fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. 1-o‘quv kutubxona fondi 1765 nomda 36000 nusxa darslik va o‘quv-qo‘llanmalardan iborat. ARMga a’zo bo‘lish uchun talabalardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 2 dona 2x4 fotosurat, kontrakt to‘lov shartnomasidan nus’hakerak bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas.

 

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • talabalarni ARMga a’zo qilish;
  • adabiyotlarni uyda foydalanish uchun berish.
  • 2-O‘QUV KUTUBXONASI – QXM, QSXEA fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. 2-o‘quv kutubxona fondi 399 nomda 15677 nusxa darslik va o‘quv-qo‘llanmalardan iborat. ARMga a’zo bo‘lish uchun talabalardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 2 dona 2x4 fotosurat, kontrakt to‘lov shartnomasidan nus’hakerak bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas.

 

 

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • talabalarni ARMga a’zo qilish;
  • adabiyotlarni uyda foydalanish uchun berish.
  • TALABALAR TURAR JOYI ARM FILIALI – institut yotoqxonasida yashovchi barcha fakultet talabalariga xizmat ko‘rsatadi. Filial fondi 1873 nomda darslik va o‘quv-qo‘llanmalardan, 324 nomdabadiiy adabiyotlardan iborat. Foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, eng yangi va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi Prezident asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnoma nashrlar: ensiklopediyalar (sohalarga oid), lug‘atlar jamlangan. Shuningdek, respublikamizda chop etiladigan vaqtli matbuot nashrlari bor.

 

An’anaviy xizmat turlari:

  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
  • adabiyotlarni faqatgina yotoqxona zalidan foydalanishga berish.

“ELEKTRON AXBOROT RESURSLAR” BO‘LIMI

Irgashev Djuma Djavlievich “Elektron axborot resurslar” bo‘limi boshlig‘i

el. pochta: i_juma53@umail.uz

Bo‘limning asosiy vazifalariga ARM fondlarini skanerlash va kataloglashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilib, unda asosiy e’tibor mualiflik huquqini ta’minlagan holda mavjud adabiyotlarni bosqichma-bosqich elektron ko‘rinishga o‘tkazishdan iborat.

ARMda mavjud bo‘lgan nashrlarni PDF elektron ko‘rinishga o‘tkazish, o‘tkazilgan nashrlarga maxsus Acrobat® 7.0 Professional, Acrobat® 7.0 Elements, ABBYY Fine reader dasturlari orqali ishlov berish hamda elektron ko‘rinishdagi nashrlarni avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi dasturiga sifatli yuklash imkonini beradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi dasturiga talabalar, professor-o‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun adabiyotlarning to‘liq matni va elektron kartochkalar saqlanadigan ma’lumotlar bazasini kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi;
  • kam sonli ko‘p so‘raladigan adabiyotlarni to‘liq matnini yaratib, elektron katalogdagi kartochkasiga adabiyotning to‘liq matni ulanadi;
  • talabalar, professor-o‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni ARM elektron katalogidan tez va oson qidirish usullarini o‘rgatadi;
  • elektron katalogda mavjud bo‘lgan xatolarni muntazam tahrirlab boradi;
  • talabalar, professor-o‘qituvchilar va foydalanuvchilar topshirgan elektron adabiyotlarning elektron kartochkasini yaratib, to‘liq matni bilan ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
  • to‘liq matnli adabiyotlar bazasini sistemazitsiya qiladi;
  • foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni boshqa ARMdan kelishgan holda olib kelib ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
  • talabalar, professor-o‘qituvchilar va foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi dasturi bo‘yicha konsultatsiya beradi;
  • elektron kutubxonadan foydalanish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;

“ILMIY-USLUBIY AXBOROT-MA’LUMOT (DAVRIY NASHRLAR)” BO‘LIMI

Tillashayxova Shaxnoza Erkinovna “Ilmiy-uslubiy axborot-ma’lumot (davriy nashrlar)” bo‘limi mudiri

Bo‘limning asosiy vazifasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliga oid Qaror, Farmon, Qonunlarni bibliografik tavsifini yaratib, elektron katalogini shakllantiradi;
  • TIQXMMI to‘g‘risida chop etilgan maqolalar bilan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradi;
  • professor-o‘qituvchilar, magistrlar ehtiyoji bo‘yicha turli mavzulardagi bibliografik so‘roqlar bo‘yicha mavzuga doir og‘zaki va yozma ma’lumotlar beradi;
  • foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan bibliografik axborot sifatini oshirib boradi;
  • aniq mavzular bo‘yicha adabiyotlar yig‘ib berish va foydalanuvchilar talablariga ko‘ra adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatini tuzib beradi;
  • mahalliy davriy nashrlardan o‘zbek va rus tillaridagi 21 nomdagi gazeta va 35 nomdagi jurnallarni qabul qilib, ularga texnik ishlov beradi;
  • elektron kartochkadagi jurnal mundarijasi to‘ldirilib, skaner orqali jurnallarni to‘liq matni yaratiladi va bazaga hujjatlarni ulaydi.

AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARINI BUTLASH, KATALOGLASHTIRISH VA TUZISH” BO‘LIMI

Tuxtaeva Feruza Tulkunovna “Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tuzish” bo‘limi boshlig‘i.

Xizmatning asosiy vazifasi ARMning axborot-kutubxona fondlarini tizimli to‘ldirish yo‘li orqali shakllantirib boradi. “Axborot-kutubxona muassasalarda axborot-kututbxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida” (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan № 2567) yo‘riqnoma asosida hisobga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini olib boradi. ARMni axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlashda kitob sotuvchi firmalar, nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari turkumlashtirish, tahlil va fondning holatini o‘rganish ishini olib boradi.

Komplektlash, kataloglashtirish va tuzish manbaalari:

  • nashriyotlar va kitob do‘konlari, firmalari orqali;
  • bosmaxonalar, boshqa korxonalar va xususiy firmalar;
  • obuna yo‘li bilan;
  • kitobxonlardan, kitobning mualliflari tomonidan va tashrif buyuruvchilar tomonidan sovg‘a tariqasida fondni to‘ldirish;
  • axborot-kutubxona resurslariga texnik ishlov berish, adabiyotlarni sohasi bo‘yicha klassifikatsiya qilish va bibliografik tavsifini tuzish, ARM elektron katalogini tashkil qilish va shu orqali ARM fondini zamonaviy ilmiy-amaliy talablarga javob beradigan qilib ochib berish.