2014-2015 annotatsiyalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA  INSTITUTI

 

Mutaxassisligi 5A450401 – «Gidrotexnik inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi»

Kafedra GTI va MK

Ilmiy rahbar   t.f.n., dotsent Kadirova M.-G. A.

O‘quv yili 2015

Magistratura talabasi Jamolov F.

 

MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

Mavzuning dolbzarbligi. O‘zdavsuvxo‘jaliknazorat inspeksiyasi kuzatuvlari natijasida Xandam kanali inshootlar bo‘g‘ini suv to‘sish inshootlari texnik holati qoniqarsiz deb baholandi. Bunga asoslanib “Xandam kanali inshootlar bo‘g‘ini suv va elektr energiyani tejash hisobidan foydalanish sharoitlarini yaxshilash” mavzusidagi magisterlik dissertatsiyasi dolbzarb.

‎‎ Ishning maqsadi va vazifalari. Maqsad - Xandam kanali inshootlar bo‘g‘ini suv to‘sish inshooti ishini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Vazifalari: inshoot holatini ko‘rib chiqish va suv sathini boshqaruvchi zatvor-avtomat tejamli konstruksiyasini taklif qilish, bajarilgan ishi bo‘yicha xulosa va takliflarni ishlab chiqish.

‎ Tadqiqot ob’ekti va predmeti. ‎Tadqiqot ob’ekti - Xandam kanali PK89+93da joylashgan inshootlar bo‘g‘ini suv to‘sish inshooti, tadqiqot predmeti – ushbu inshootni foydalanish sharoitlarini yaxshilash.

‎‎Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Adabiyotlar va Internet materiallarini o‘rganib chiqishi uslublarini ishlatilishiga asoslangan nazariy tadqiqot uslubiyati. 

Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Xandam kanali foydalanish sharoitiga o‘xshash suv to‘sish inshooti sharoitlarini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan chora- tadbirlari.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Tadqiqot natijalarini Xandam kanali foydalanish sharoitiga o‘xshagan suv to‘sish inshootlari uchun ishlatish va tatbiq qilish mumkinligi.

Ish tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya kompyuterda terilgan 76 sahifada berilgan bo‘lib, titul varaq, o‘zbek va ingliz tilida dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi, kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat, 2 ta jadval va 10 ta rasm keltirilgan.

Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Xandam kanali suv to‘sish inshooti zamonaviy holati tahlil qilindi, inshoot zatvorlari o‘rniga o‘rnatiladigan gidravlik zatvor-avtomatlarga quyiladigan asosiy texnik shartlar va talablar ishlab chiqildi, suv to‘sish inshooti uchun tejamli zatvor-avtomat konstruksiyasi taklif qilindi, inshootdan foydalanishni yaxshilash chora-tadbirlari va bajarilgan ishi bo‘yicha xulosa va takliflari ishlab chiqildi.

Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi.

Magisterlik dissertatsiyasi mavzusi dolbzarb deb isbotlandi. Suv to‘sish inshootidan foydalanish sharoitlarini yaxshilash uchun zarur chora- tadbirlari ishlab chiqildi, dissertatsiya natijalarini amalga oshirish taklif qilindi.

 

 

Ilmiy rahbar  

 

_________________________________

 

Imzo

Magistratura talabasi

__________________________________

 

Imzo